Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga QQS qanday qaytariladi

preview

Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Barcha muhim tafsilotlar va qaytarish tartibi – buxgalter.uz sharhida:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

Yangi Vaqtinchalik nizom 07.11.2024 yildagi 745-son VMQga ilovalar tarkibiga kiritildi . U 2028 yil 1 yanvargacha amal qiladi.

Hujjat:

1) chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga hisobot davri uchun byudjetga toʻlagan QQSning bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi;

2) aniqlashtirilgan soliq deklaratsiyasi topshirilishi natijasida hosil boʻlgan ortiqcha toʻlov summasiga taalluqli emas.

Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarining faoliyat turi iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida aniqlanadi.

Qaysi chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga toʻlangan QQSning bir qismi qaytariladi

2025 yil 1 apreldan boshlab quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda ular tomonidan byudjetga toʻlangan soliqning 50%i har oyning 25 sanasigacha avtomatik ravishda qaytariladi:

1) mulkchilik yoki ijara huquqida foydalaniladigan yer uchastkalarining mavjudligi;

2) hisobot davrida topshirilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliqning ushbu hisobot davrining 1-20 sanasi oraligʻida byudjetga toʻliq toʻlanishi. Hisobot davriga oldingi oylarda ortiqcha toʻlangan soliq summasi ham hisobga olinadi;

Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish huquqini yoʻqotmaslik uchun hisobotni qanday toʻldirish va QQSni xatosiz va aniq muddatda toʻlash kerak, tavsiyada oʻqing > > >

3) hisobot davrida ishlab chiqarilgan yirik va mayda shoxli chorva goʻshti, sutini, parranda goʻshti va tuxumlari (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) sotishdan olingan jami daromad barcha tovarlar (xizmatlar) sotishdan olingan daromadning kamida 90%ini tashkil etishi;

4) hisobvaraq-fakturalar yoki kassa cheklari sotilgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi va amalga oshirilayotgan faoliyatning aniq belgilari yoki turlariga mos keluvchi MXIKni aks ettirishi.

E’tibor bering

Sanoat yoʻli bilan qayta ishlangan goʻsht, sut, parranda goʻshti va tuxum uchun toʻlangan soliqning bir qismi qaytarilmaydi.

 

Chorvador va parrandachilar uchun QQSning bir qismini qaytarish tartibini biz tavsiyada bosqichma-bosqich yozib berdik > > > U yerda batafsil sxema bor – nima qilish kerak va qaysi muddatlarda.

E’tibor bering

Agar xoʻjalik yurituvchi sub’yektning soliqlar, moliyaviy jazolar va jarimalar boʻyicha qarzlari mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ularni toʻlashga yoʻnaltiriladi.

Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan toʻlangan soliq summasi kamaytirish tomonga oʻzgargan taqdirda, kamaytirilgan summaga proporsional ravishda qaytarilgan soliqning bir qismi byudjetga toʻlanishi kerak.

 

QQSning bir qismini qaytarishni qisman yoki toʻliq rad etishning asoslari

Agar sub’yekt yuqorida keltirilgan barcha mezonlarga javob bermasa (tegishli mahsulot sotishdan olinadigan daromadning yetarli boʻlmagan ulushi, soliqni toʻliq toʻlamaslik, MXIKni notoʻgʻri koʻrsatish va h.k.), soliqning bir qismini qaytarishdan rad etishi mumkin.

 

Bunday holda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga 1 ish kuni ichida soliqning bir qismini qaytarishni rad etishning asosli sabablari koʻrsatilgan xabarnoma keladi.

Agar notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim etish, hujjatlarni soxtalashtirish faktlari aniqlansa, qaytarilgan soliq summalari penya hisoblab byudjetga undirib olinadi.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text209086_chorvachilik_va_parrandachilik_hujaliklariga_qqs_qanday_qaytariladi