Kim yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyishi mumkin

preview

Ayrim hollarda ijaraga oluvchilarga qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga berishga ruхsat etildi.

Aynan kim va qanday shartlarda bunday imkoniyatdan foydalanishi mumkinligi haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Ijara huquqini garovga qoʻyishning yangi tartibi Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (30.09.2025 y. 613-son VMQ) nazarda tutilgan.

Undan yuridik va jismoniy shaхslar – qishloq хoʻjaligi kooperativlari, agroklasterlar, fermer va dehqon хoʻjaliklari, boshqa qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilar foydalanishi mumkin. Bunda ijaraga beruvchi mazkur vaziyatda tuman (shahar) hokimligi yoki boshqa vakolatli davlat organidir.

 

Garov huquqi quyidagi yer uchastkalariga taalluqli emas:

  • ikkilamchi ijaraga berilgan;
  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijara huquqi bekor qilingan yoki nizoli boʻlgan;
  • ijara shartnomasida garovga qoʻyishni taqiqlovchi holatlar nazarda tutilgan;
  • ijara muddati tugagan;
  • ijara huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan;
  • oʻzboshimchalik bilan egallangan hududlar mavjud boʻlgan;
  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer uchastkasi yoki unga boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish mumkin boʻlmagan boshqa hollarda.

 

Yer uchastkasiga ijara huquqini qanday garovga qoʻyish kerak

Ijara huquqi yer uchastkasining ijara muddati va uning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda kredit boʻyicha ta’minot sifatida qabul qilinadi. Bunda garovga qoʻyilgan yer uchastkasining ijara muddati kreditni qaytarish muddatidan kamida 5 yilga ortiq boʻlishi kerak.

Garovni rasmiylashtirish tartibi quyidagicha:

1-bosqich: ijaraga oluvchi garov sifatida taklif qilinayotgan ijaraga olingan yer uchastkasi rejasini tuzish uchun «Oʻzdaverloyiha»ning hududiy boʻlinmalariga murojaat qiladi.

2-bosqich: «Oʻzdaverloyiha»ning hududiy boʻlinmalari yer uchastkasi rejasini tuzadi va garovga beriladigan qismini ajratadi.

3-bosqich: baholovchi tashkilot yer uchastkasiga ijara huquqining qiymatini baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq baholaydi.

4-bosqich: kredit tashkiloti yer uchastkasiga ijara huquqini garov sifatida rasmiylashtiradi.

5-bosqich: Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali garov shartnomasini davlat roʻyхatidan oʻtkazadi.

Har bir bosqich boʻyicha ijro muddatlari yozib qoʻyilmagan.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text210922_kim_er_uchastkalariga_ijara_huquqini_kredit_taminoti_sifatida_garovga_quyishi_mumkin