Issiqxona xoʻjaliklari PF-181 Farmon boʻyicha qanday imtiyozlarga ega boʻladi

preview

Eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlariga minimal eksport narxlarini belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Issiqxona xoʻjaliklari esa –  SKga tuzatishlar kiritilgandan keyin – Prezidentning 08.10.2025 yildagi «Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-181-son Farmoniga muvofiq sezilarli soliq imtiyozlariga ega boʻladilar.

Barcha muhim tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Demak:

  • 2026 yil 1 yanvardan 2028 yil oxirigacha issiqxona xoʻjaliklari faoliyatidan olgan daromadi joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etadigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% miqdorida belgilanadi.

 

  • 2025 yil 1 oktyabr holatiga mavjud issiqxona xoʻjaliklarining soliq qarzini toʻlash muddati foizlar hisoblanmagan holda 2028 yil oxiriga qadar uzaytiriladi va ushbu soliq qarzini toʻlash har chorakda teng ulushlarda 2029 yilgacha amalga oshiriladi. Bunda soliq qarzini toʻlash uchun:

– ma’muriy va moliyaviy jarimalar, shuningdek, issiqxona xoʻjaliklariga qoʻllanilgan barcha hisoblangan penyalartoʻliq hisobdan chiqariladi;

– issiqxona xoʻjaliklarining bank hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari qaytarib olinadi.

  • Yuridik va jismoniy shaxslarning issiqxona xoʻjaliklari boʻyicha yer soligʻi yer fondi toifasidan qat’i nazar, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha hisoblanadi. Bunday holda, 2025 yil yanvar oyidan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalari boʻyicha hisoblangan yer soligʻi summasi qayta hisoblab chiqiladi.

 

  • Kredit majburiyatlari bajarilmaganligi munosabati bilan tijorat banklari balansiga oʻtkazilgan garov bilan ta’minlangan issiqxonalar va koʻchmas mulk ob’yektlarini sotish boʻyicha aylanmalar 2028 yil 1 yanvarga qadar QQS toʻlashdan, shuningdek, koʻrsatilgan ob’yektlar tijorat banklari balansiga qabul qilingan paytdan boshlab yangi mulkdorga sotilgunga qadar boʻlgan davr uchun yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi.

 

  • Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida qurilgan issiqxona komplekslarini foydalanishga qabul qilishda va ularga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda koʻrsatilgan yer uchastkalarini Yer kodeksining 43-moddasiga asosan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan chiqarish talab etilmaydi. Koʻrsatib oʻtilgan majmualar va ular joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin esa tijorat banklariga ularni kreditlar boʻyicha ta’minot sifatida qabul qilishni rad etishga ruxsat berilmaydi.
  • Issiqxona infratuzilmasi ob’yektlarini (qozonxona, saralash-qadoqlash sexi, issiqxonalar uchun ehtiyot qismlar ombori, xoʻjalik binolari) issiqxonalar uchun ajratilgan yer maydonining 5 foiziga, biroq 20 gektardan koʻp boʻlmagan maydonga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasini oʻzgartirmagan holda qurishga ruxsat etiladi.
  • Tijorat banklariga quyidagilar topshirildi:

1) 1 oy muddatda faoliyat yuritayotgan issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazsin va xatlov natijalariga koʻra 2025 yil 1 oktyabrgacha istiqbolli deb topilgan issiqxona xoʻjaliklariga berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzlarni qoplash jadvallarini kelgusi pul oqimlaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqsin va hisoblangan jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarsin;

2) qarz sifatida banklar balansiga qabul qilingan issiqxona majmualarini tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali salohiyatli investorlarga bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri sotish choralarini koʻrsin. Shu munosabat bilan 2027 yil oxirigacha quyidagilarga ruxsat beriladi:

– tijorat banklari va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalari tomonidan vakolatli davlat organining roziligisiz qarzdorligi boʻlgan issiqxona xoʻjaliklarining ustav kapitalidagi ulushlarni sotib olish yoki yangi xoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish;

– issiqxona komplekslari faoliyatini tiklash jarayonida tijorat banklari va xoʻjalik jamiyatlari huzuridagi investitsiya kompaniyalari, ularning jami ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan investitsiya kompaniyalari toʻgʻridan-toʻgʻri xaridlarni amalga oshirsin.

  • Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida, xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning barqarorlik reytingidan qat’i nazar, moliyaviy imtiyozlar ham joriy etiladi. Shu jumladan – turli kompensatsiyalar toʻlash, imtiyozli kreditlar va boshqalar.
  • Tabiiy gazda ishlaydigan issiqxona xoʻjaliklari oktyabr-mart oylarida har oy uchun 50 foiz miqdorida boʻnak toʻlovlari shartlarida tabiiy gazning kafolatlangan hajmi bilan ta’minlanadi.
  • 29.02.2024 yildagi «Respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 107-son VMQ oʻz kuchini yoʻqotgan.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text211086_issiqhona_hujaliklari_pf-181_farmon_buyicha_qanday_imtiezlarga_ega_buladi