Sifatsiz mahsulot muomalaga kirsa

preview

2026 yil 19 yanvardan boshlab sifatsiz mahsulotini oʻz vaqtida qaytarib olgan tadbirkorlar uchun javobgarlik yengillashtiriladi va unga sertifikat bergan muvofiqlikni baholash organlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

Fuqarolik kodeksi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, standartlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:

  • muvofiqlikni baholash qoidalari buzilganligi oqibatida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda, muvofiqlikni baholash organi tovarning (ishning, хizmatning) sotuvchisi, ishlab chiqaruvchisi (ijrochisi) bilan birgalikda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun solidar javobgar boʻladi;
  • sifatsiz mahsulotning kamida 70 foizini muomaladan qaytarib olgan ishlab chiqaruvchi, uning vakolatli shaхsi, sotuvchi yoki import qiluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text211266_sifatsiz_mahsulot_muomalaga_kirsa