Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda

preview

Qonun chiqaruvchilar ish vaqtidan tashqari ishning eng koʻp davomiyligini oshirdilar: endi u yiliga 120 soatdan ortiq boʻlishi mumkin. Shuningdek, ishning 1 kundagi birinchi ikki soati uchun ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash darajasi pasaytiriladi.

Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Mehnat kodeksiga 11.11.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1095-son Qonun bilan tuzatishlar kiritildi.

Ularga asosan:

  • MK 190-moddasi 1-qismidagi «va yiliga bir yuz yigirma soatdan» degan soʻzlar chiqarib tashlandi. Tegishincha, tuzatishlar kuchga kirgan paytdan e’tiboran ish vaqtidan tashqari ishning eng koʻp davomiyligi surunkasiga ikki kun davomida 4 soat bilan, mehnat sharoitlari noqulay  boʻlgan  ishlarda esa - kuniga 2 soat bilan cheklanadi;
  • 262-moddaning 1-qismi yangi tahrirda qabul qilindi. Endi ish vaqtidan tashqari ishning birinchi 2 soati uchun har bir soat uchun kamida bir yarim hissa, keyingi har bir soat uchun esa kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi.

Ilgari ish vaqtidan tashqari ishning har bir ish soati uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanishi kerak edi.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text211840_ish_vaqtidan_tashqari_ish_uchun_haq_tulash_masalalarida_nimalar_uzgarmoqda