Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
«Tashkilot xodimlarning 100 foiz ish haqini bank kartalariga oʻtkazib beradi. Ammo xodim ish haqini naqd pulda berishni talab qilmoqda. Ish beruvchi qonunchilik talablaridan kelib chiqib qanday yoʻl tutishi kerak?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan «Norma»ning kadrlar masalalari boʻyicha eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:
Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va «Javob beramiz!» tayyor javoblarining butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro xizmatiga kirishni rasmiylashtiring.
– Banklar aholi va xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning naqd pulga boʻlgan talablarini oʻz vaqtida qondirilishini ta’minlashi shart. Shu jumladan – ish haqini toʻlash talabini ham qondirish zarur
.
Bunda, bir tomondan, ish haqi qanday shaklda (naqd, naqdsiz, qanday nisbatda) toʻlanishi masalasi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra tartibga solinadi.
Boshqa tomondan – ushbu shart ish beruvchining xizmat koʻrsatuvchi bank bilan shartnomasida qayd etilgan boʻlishi kerak. Agar bank bilan tuzilgan shartnomada tashkilotda ish haqi 100 foiz bank kartalariga oʻtkazish orqali berilishi koʻrsatilgan boʻlsa, bank ish haqi uchun naqd pul bermaslikka haqli.
Binobarin, siz bu ikki jihatni – bank bilan shartnoma va xodimlar bilan kelishuvlarni muvofiqlashtirishingiz kerak.
Xodim bilan kelishuvlar nuqtai nazaridan:
- agar xodimning mehnat shartnomasida ish haqi naqd pulda toʻlanishi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, ish beruvchi tomonlarning kelishuviga koʻra ushbu shart oʻzgartirilgunga qadar ushbu shartga rioya qilishi shart;
- shunday boʻlishi ham mumkinki, xodim dastlab ish haqini kartaga oʻtkazishga yozma rozilik bergan (mehnat shartnomasini shunday shart bilan imzolagan). Bunda ish beruvchi xodimning naqd pulda toʻlash toʻgʻrisidagi talabini, hatto u taqdim etilgan taqdirda ham, qanoatlantirishi shart emas;
- agar yozma rozilik boʻlmasa, lekin xodim avval ham ish haqini kartaga olgan va e’tiroz bildirmagan boʻlsa, keyinchalik naqd pulda toʻlashni talab qilishni ham asossiz deb hisoblash mumkin, deb hisoblaymiz.
Bunday nizoli vaziyatlarning oldini olish uchun ishga qabul qilish chogʻidayoq ish haqini toʻlash shaklini aniq belgilab qoʻyishni va buni hujjatlar bilan – mehnat shartnomasida yoki xodimning ish haqini uning bank kartasiga oʻtkazishga yozma roziligi tarzida mustahkamlab qoʻyishni tavsiya qilamiz.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()