Xodim aliment toʻlasa, JShDS boʻyicha soliq bazasini qanday aniqlash mumkin

preview

Xodim sud qarori bilan bolaga aliment toʻlaydi. Soliq bazasi qanday aniqlanadi va ushlab qolinadigan summa qanday hisoblanadi?

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Yangi maqolalar haqidagi e’lonlarni har kuni Telegram-kanalimizda e’lon qilamiz.

 

Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvlar ish haqi va boshqa turdagi daromadlarga qaratilganda ushlab qolish miqdori soliqlar ushlab qolinganidan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi .

Aytaylik, хodimga yanvar oyi uchun 3 000 000 soʻm hisoblandi. Sud qaroriga koʻra, u bir nafar farzandi uchun ish haqining 1/4 qismi miqdorida aliment toʻlashi shart.

1) JShDSni hisoblaymiz:

3 000 000 х 12% = 360 000 soʻm.

2) Aliment hisoblanadigan summani aniqlaymiz:

3 000 000 – 360 000 = 2 640 000 soʻm;

3) Ushlab qolishlar summasini hisoblaymiz:

2 640 000 х 0,25 = 660 000 soʻm.

E’tibor bering

Misol ekspertlarning ushbu tavsiyasidan olingan, uni toʻliq oʻqib chiqishni tavsiya etamiz:

– JShDS solinadigan ob’yekt va uning soliq solish bazasini qanday aniqlash mumkin.

Unda JShDS boʻyicha soliq bazasini toʻgʻri aniqlash va soliqni hisoblashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi tushuntirildi.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text213365_hodim_aliment_tulasa_jshds_buyicha_soliq_bazasini_qanday_aniqlash_mumkin