“Chet elga tur sotib oldik. Qiymatiga parvoz qilish va yashash uchun mehmonxonaga toʻlov kiradi. Bizga QR-kodli chek berishdi, lekin bizga 1% keshbek boʻlmaydi, deyishdi. Bu toʻgʻrimi?”.
Buxgalter.uz tushuntiridi: ...
“QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona temir yoʻlda logistika bilan shugʻullanadi, temir yoʻl vagonlarini Qozogʻiston yuridik shaxsidan ijaraga oladi. Ijaraga olish paytida vagonlarning bir qismi Qozogʻistonda, bir qismi – Oʻzbekistonda boʻladi. Boriladigan yoʻnalish: Oʻzbekiston – Qozogʻiston – Rossiya – Estoniya. Korxona mazkur holda soliq agenti sifatida QQS toʻlashi kerakmi? Valyuta shartnomasi boʻyicha ijara narxi QQS hisobga olinmagan holda koʻrsatilgan, shartnoma – qisqa muddatli, 90 kunlik”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
“Kompaniya Oʻzbekistonda va uning tashqarisida marketing xizmatlari koʻrsatishni rejalashtirmoqda. Marketing xizmatlari eksportida QQS toʻlanadimi?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
“Korxona import boʻyicha va reeksport rejimida butlovchi qismlarni olib kiradi. IM 74 va EK 11 BYuDni rasmiylashtiramiz. SKning 277-moddasi 2-qismiga asosan reeksportda QQS toʻlanmaydi. Biz 30.09.2022 yildagi PF-228-son Farmonga asosan reeksport boʻyicha foyda soligʻining 0% stavkasini qoʻllashimiz mumkinmi? Agar – mumkin boʻlmasa, qaysi NHH biz reeksportni foyda soligʻi boʻyicha toʻliq jami daromadga kiritishimiz va 15% stavka boʻyicha hisoblab chiqarishimiz kerakligini tasdiqlaydi?”.
Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA javob berdi: ...
“Majburiy ijro byurosi uskunani xatladi va uni elektron doʻkon orqali auksionga qoʻydi. Korxonaga uskuna realizatsiya qilinganligi toʻgʻrisida qanday hujjatlar taqdim etilgan boʻlishi kerak?”.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan “Balance Calculate” XK direktori, “Profi Training” NTMning buxgalteriya hisobi boʻyicha sertifikatlangan treneri Venera MALIKOVA tushuntirib berdi: ...
“Korxona 2018 yilda YaSTni toʻlashga oʻz vaqtida oʻtmadi (oʻz vaqtida xabarnoma bermadi). Butun yil davomida mahsulotlarni realizatsiya qilishda QQS hisoblanmadi. Keyinroq, soliq organi bu huquqbuzarlikni aniqladi va qoʻshimcha QQS summasini hisobladi. Qoʻshimcha hisoblangan QQS – bu korxonaning xarajati, sababi xaridor uni toʻlamaydi. Buxgalter qoʻshimcha hisoblangan summani 3100-“Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar” buxgalteriya schyotida aks ettirdi. Ushbu summaning bir qismini – 2018 yilda, qoldigʻini – 2019 yilda hisobdan chiqardi. 2019 yildan boshlab korxona umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisiga aylandi, qoʻshimcha hisoblangan QQS summasini buxgalter chegirib tashlanadigan xarajatlarga olib bordi. Biroq, soliq organining ta’kidlashicha, bu – chegirib tashlanmaydigan xarajatlar, sababi ular 2018 yilda amalga oshirilgan. Bu toʻgʻrimi?
Vaziyatni “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntirdi: ...
“Ulgurji savdo korxonasi yuqori likvidli tovarlarni birja orqali monopol ishlab chiqaruvchilardan xarid qilgan holda, ularni realizatsiya qiladi. Kameral tekshiruv natijalariga koʻra soliqchilar 24.11.2022 yildagi PQ-430-son qarorning 3-bandi 3-xatboshisi asosida qoʻshimcha QQS va foyda soligʻi summasini hisoblashdi. Soliq toʻlovchi ushbu norma shartlariga u javob bermaydi va binobarin, buni unga qoʻllash mumkin emas, deb hisoblaydi. Soliqchilar oʻzgacha fikrda”.
Ushbu masalaning yechimi amaldagi normalarni qoʻshimcha aniqlashtirish va tushuntirishlarni talab qiladi. Vakolatli davlat organlari mutaxassislarining e’tiborini nimaga qaratish lozimligi haqida soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi: ...
“Korxona, QQS toʻlovchisi, yuklarni xalqaro tashish bilan shugʻullanadi. Biz 2022 yilning noyabr-dekabr oylarida chet eldan avtotransport sotib oldik, byudjetdan “bojxona” QQSni qaytarildi. Endi ushbu avtotransportni bojxona qiymati boʻyicha sotmoqchimiz. Agar sotilgan avtotransport uchun biz uni realizatsiya qilishda QQSni toʻlasak, ilgari qoplab berilgan QQSni byudjetga qaytarish kerakmi?”.
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Balance Calculate” XK direktori, “Profi Training” NTMning buxgalteriya hisobi boʻyicha sertifikatlangan treneri Venera MALIKOVA javob berdi: ...
“Korxona asosiy vositalarni sotib oldi. Shartnoma keshbekni nazarda tutadi. Xaridor uni olish uchun shartlarni bajardi, sotuvchi qoʻshimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtirdi va keshbek summasini xaridorning hisobraqamiga qaytardi. Natijada xaridorda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Keshbekni buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?”.
Savollarga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
“Oʻzbekiston korxonasi Qozogʻistondagi chet el korxonasi ta’sischisi hisoblanadi. UFga hissani mol-mulk (temir yoʻl vagonlari) bilan kiritadi. Bu soliq solish maqsadlarida eksport hisoblanadimi? Agar temir yoʻl vagonlari hissa sifatida oʻtkazish paytida Oʻzbekistonda joylashgan boʻlsa, nol stavkali QQSni qoʻllash mumkinmi?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni Soliq qoʻmitasi Soliq solish metodologiyasi departamenti direktori Yigitali NARZIYeV tushuntirdi: ...
“Soliqchilar korxonaga soliq auditini tayinlashdi. Soliq organida tushuntirishlaricha: “dastur sizni xavf darajasi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar jumlasiga kiritgan”. Biz oʻzimizni soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “sariq” rangda koʻryapmiz. Hisobotlarni oʻz vaqtida topshiramiz, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlaymiz, ortiqcha toʻlov mavjud, jinoyat ishlarida ishtirok etmaganmiz va bizga nisbatan boshqa e’tirozlar mavjud emas, oʻtgan uch yil uchun QQS boʻyicha kameral tekshiruvdan qoʻshimcha soliq summasi hisoblanmagan holda muvaffaqiyatli oʻtdik”.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi: ...
“Ishlab chiqarishni kengaytirish va mahsulotlarni yirik tarmoqli supermarketlar orqali realizatsiya qilishni rejalashtiryapmiz. Ayrim tarmoqlar bilan muzokaralarda bizga bir qator tashkiliy talablar qoʻyishdi, xususan, bizda soliq uzilishining yuqori koeffitsiyenti boʻlmasligi kerakligini ta’kidlab oʻtishdi. Bu nimani anglatadi va unga qanday ta’sir qilish mumkin?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi: ...
Kontragentdan “uchib kelgan” soliq uzilishi koeffitsiyenti siz uchun QQS toʻlovchisi guvohnomasi amal qilishining toʻxtatib turilishiga yoki hisobga olingan soliq summasiga tuzatish kiritilishiga sabab boʻlmaydi. Ammo u nimagadir ta’sir qiladi... Bu haqda Soliq qoʻmitasida eslatib oʻtishdi: ...
“Firma 2023 yil 24 fevralda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida soliq solishning umumbelgilangan tizimini tanladik. DSIda maqomi – QQS toʻlovchisi. Biroq QQS toʻlovchisi guvohnomasini olish uchun ariza bermadik, sababi direktor zudlik bilan xizmat safariga joʻnab ketdi. Faoliyat yuritilmadi, QQS boʻyicha nol koʻrsatkichli hisobot topshiramiz. Lekin soliq inspeksiyasi hali bizda QQS toʻlovchisi guvohnomasi mavjud emasligi tufayli aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot topshirishni talab qilmoqda. Bu toʻgʻrimi?”.
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Balance Calculate” XK direktori, “Profi Training” NTMning buxgalteriya hisobi boʻyicha sertifikatlangan treneri Venera MALIKOVA javob berdi: ...
“Chet ellik shaxslardan olingan xizmatlar boʻyicha QQS hisob-kitobini birincha marta toʻldirayapman. Nimalarni hisobga olish kerakligini aytib bersangiz? U oʻsib boruvchi yakun bilan toʻldiriladimi?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
“Korxona realizatsiya qilingan tovarlarning tannarxi asossiz oshirilganligi toʻgʻrisida xabarnoma oldi. Tannarxni hisob-kitob qilish formulasidan DSXO tizimi xizmatlar importini hisobga olmasligi koʻrinadi.
Korxona tovarlarni import qiladi. Transport xizmatlari uchun import shartnomasi tuzilgan. Xizmatlar koʻrsatish yakunlari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar TSOYaEATda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Transport xizmatlari qiymati boshqa hech qayerda aks ettirilmaydi, sababi xizmatlarga QQS solinmaydi (xizmatlar Oʻzbekistonda koʻrsatilmagan). Hisobvaraq-faktura bunday xizmatlar uchun taqdim etilmaydi. Bunda xizmatlar qiymati 4-son BHMSga asosan tovarning tannarxiga kiritiladi.
Soliq organi mazkur xizmatlar boʻyicha dalolatnomalar summasini hisobga olishi uchun transport xizmatlari summasini qanday toʻgʻri aks ettirish kerak? Norezidentlar (XXR rezidentligi sertifikati mavjud) tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun 29 va 137 kodli hisobotlarni toʻldirish kerakmi?”.
Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
“QQS toʻlovchisi guvohnomasi toʻxtatib turildi. Ushbu davrda tashkilot tovarlarni import qildi, bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida toʻlangan QQS hisobga olmagan. Soliq organlari tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, guvohnomaning amal qilishi tiklanganidan keyin SKning 4-moddasi asosida hisobotlarni qayta topshirish yoʻli bilan “bojxona” QQSni hisobga olish mumkinmi?”.
Moliyaviy va soliq maslahatchisi Feruza SULTONOVA oʻz fikrlari bilan buxgalter.uz bilan oʻrtoqlashdi: ...
“Uskunaning Xitoydan yetkazib berilishida Xitoy transport kompaniyasi xizmatlaridan foydalanmoqchimiz. Yuk Oʻzbekistonning bojxona chegarasigacha yetkazib beriladi. Bunda soliq solish boʻyicha qanday majburiyatlar yuzaga keladi?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
«MChJ – MIZ (Maxsus iqtisodiy zona) ishtirokchisi (eksport – 90%dan ortiq) oʻz hududida boshqa tuman va viloyatlardan kelgan xodimlar uchun yotoqxona, ularning farzandlari uchun bolalar bogʻchasi va biznes-hamkorlarni, shu jumladan – chet eldan kelgan biznes-hamkorlarni qabul qilish uchun rezidensiya qurmoqda. Ushbu ob’yektlar korxonaning balansida aks ettiriladi. Yotoqxonada yashash, bolalar ta’minotiga doir xarajatlar va rezidensiyaning mehmonlarni qabul qilish xarajatlarini MChJ toʻlaydi. MIZ ishtirokchisi oʻzining ijtimoiy ob’yektlari boʻyicha soliqlarni toʻlashi kerakmi? Ularda yashovchi va xizmatlardan foydalanuvchi shaxslarda soliq majburiyatlari yuzaga keladimi? Ushbu ob’yektlarni ochish va ularni balansga kiritish uchun korxonada qanday hujjatlar boʻlishi kerak? Ushbu ob’yektlarning soliq hisobini qanday yuritish lozim?».
Savollarga «Norma» eksperti Olga BUSAROVA javob berdi: ...
«2022 yil 24 fevralda korxona 2023 yil 31 dekabr oxirigacha toʻliq toʻlov shartlari bilan noturar joy boʻlgan binolarni sotib oldi. 2022 yil 1 martda toʻlov shartlari belgilangan, ammo foizlar va toʻlovlar jadvali koʻrsatilmagan notarial shartnoma tuzildi. Buxgalteriya hisobvaraq-fakturani umumiy summaga yopdi. 5-sonli BHMS qoidalarini hisobga olgan holda, korxona koʻchmas mulk qiymatini Markaziy Bank kursi boʻyicha kamaytirishga (chegirishga) haqlimi? Agar ha boʻlsa, u toʻlovning umumiy summasiga QQS summasini hisobga oladimi?».
Savolga «Norma» eksperti Dilorom Saidova javob berdi: ...