Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalarini soliqqa tortish

Material sanasi 04.05.2026
Norezident kompaniya buyurtmachi bilan Oʻzbekiston hududida servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha uzoq muddatli shartnoma tuzgan va buyurtmachi manzili va xizmat koʻrsatish joyi (Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, OKMK sanoat zonasi) boʻyicha tuzilgan shartnoma doirasida doimiy muassasa orqali faoliyat yuritadi. Biz bir vaqtning oʻzida boshqa buyurtmachiga (Toshkent viloyati, Piskent tumani) xuddi shunday xizmatlarni koʻrsata olamizmi? Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ... 

Material sanasi 06.03.2025
«Korxona Rossiya fuqarosi bilan konsalting xizmatlari koʻrsatish haqida shartnoma tuzdi. Bu fuqaro oʻz mamlakatida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan. U Oʻzbekistonda YaTT sifatida roʻyxatdan oʻtmagan va istalgan 12 oylik davr mobaynida respublikada 183 kundan ortiq yashamagan. Bunday holatda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?» Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasi Xalqaro soliq solishni ma’murlashtirish boshqarmasi boʻlim boshligʻi Rano ALIShAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 06.02.2025
«Oʻzbekistondagi mehmonxona oʻz mehmonlarini, shu jumladan Booking.com onlayn-bronlash xizmatlarini koʻrsatuvchi agentlik orqali joylashtiradi. Booking.com sayti foydalanuvchilari mehmonxona xonalarini bronlash va toʻlovni amalga oshirishi mumkin. Booking.com gonorari bronlash summasining ma’lum foizini tashkil etadi. Booking.com – Niderlandiya rezidenti, ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim mavjud, ammo rezidentlik sertifikati yoʻq. Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?» Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 13.12.2024
«Yuridik shaxslarga xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama xarajatlarini korporativ valyuta kartalari orqali toʻlashga 19.05.2023 yildagi VMQ-207-son qarori bilan ruxsat berilgan. Korxona Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi reklama berish xarajatlarini korporativ valyuta kartasi orqali toʻladi. Bu holda u qanday soliqlarni toʻlashi kerak?» Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 22.11.2024
«Angren» MIZ ishtirokchisi boʻlgan korxona asosiy faoliyat turi - qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha Soliq kodeksining SK 473-moddasiga asosan soliqlar boʻyicha imtiyozlarga ega. Korxonaning depozitlardan boshqa daromadlari ham mavjud. Imtiyoz boshqa daromadlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkinmi?» Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ... 

Material sanasi 04.11.2024
«Korxona Ispaniya rezidenti (rasmiy distribyutor) boʻlgan xorijiy kompaniya bilan Oʻzbekiston hududida dasturiy ta’minotdan foydalanish huquqini oddiy (mutlaq boʻlmagan) litsenziya shartlarida taqdim etish boʻyicha litsenziya shartnomasini tuzmoqchi. Dasturga egalik huquqi Qozogʻiston yuridik shaxsiga tegishli. Ispaniya kompaniyasi oʻz davlatining rezidentlik sertifikatini taqdim etdi. Ushbu vaziyatda norezident daromadlaridan soliq boʻyicha qanday oqibatlar yuzaga keladi?» Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 04.10.2024
«Qozogʻiston rezidenti - yuridik shaxs bizga yuklarni xalqaro tashish boʻyicha transport xizmatlari koʻrsatmoqda. Bunday vaziyatda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi va qanday hisobotlarni taqdim etish kerak?» Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 11.09.2024
«Chakana savdo korxonasi YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor ) shaklidagi chet el kompaniyasi bilan import shartnomasini tuzdi. U xizmatlar koʻrsatadi, jismoniy shaxs sifatidagi oʻzining rezidentlik sertifikatini taqdim etgan. Bu holda biz qanday soliqlarni toʻlaymiz?». Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 10.09.2024
«Norezidentning doimiy muassasasi foydaga ega, biroq yil davomida dividendlar (sof foyda) toʻlamagan. SKning 347-moddasiga asosan, sof foyda deganda jami daromad va joriy soliq davri (kalendar yil) uchun xarajatlar oʻrtasidagi farq tushuniladi. Agar doimiy muassasa yil davomida dividendlar toʻlamagan boʻlsa, u sof foydadan olinadigan soliqni yil yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarishi va toʻlashi kerakligini toʻgʻri tushunyapmizmi?». Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 05.09.2024
«QQS toʻlovchi boʻlgan korxona transport xizmatlarini koʻrsatadi, shuningdek avtotransportni ijaraga beradi. Oʻzbekistonga Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan ta’sischiga tegishli maxsus texnika va yengil avtomobillarni olib kirib, shartnomalar boʻyicha ishlarni bajarish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu texnikadan foydalangan holda bajarilgan ishlar boʻyicha qanday soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlash kerak boʻladi?». Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 05.09.2024
«Angliyaning «A» kompaniyasi Oʻzbekistonning «V» korxonasiga uskunani montaj qilish xizmatlarini koʻrsatdi, xizmatlar haqiqatda Oʻzbekistonda koʻrsatildi. Shartnoma boʻyicha xizmatlarning umumiy qiymati – 40 ming AQSh dollari. Uskunani montaj qilish va ishga tushirish dalolatnomasi imzolangan. «V» korxonasi Angliyaning rezidentlik sertifikatini soʻragan va norezidentning daromadlaridan soliqni ushlab qolmagan holda, koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishga tayyor edi. Ammo Angliyaning «A» kompaniyasi talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechdi va qarzdorlikni Oʻzbekistonning rezidenti boʻlgan boshqa «S» korxonasiga oʻtkazdi. Barcha tomonlar bu haqda lozim darajada xabardor qilingan va bunga rozi. Endi «V» korxonasi shartnoma summasini «S» korxonasiga toʻlashga rozi, biroq, 20% stavka boʻyicha soliqni ushlab qolgan holda, basharti Angliyaning «A» kompaniyasi Angliyaning rezidentlik sertifikatini taqdim etmasa. Lekin «S» korxonasi soliqlarni Oʻzbekistonda oʻzi toʻlaydi, Angliyaning «A» kompaniyasi esa haqiqatda «V»dan daromad olmaydi. «V» korxonasi shartnoma boʻyicha summani Oʻzbekistonning «S» korxonasiga toʻlashda rezidentning daromadlaridan soliqni ushlab qolishi kerakmi?». Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 03.07.2024
«Biz landshaft dizayni bilan shugʻullanamiz. Bizning yangi xorijiy hamkorimiz (Niderlandiya) nafaqat urugʻlik materiallarini yetkazib berish, balki vaqti-vaqti bilan xodimlarimiz uchun qatnab oʻqiydigan oʻquv treninglarini oʻtkazishni (maslahatchilar Oʻzbekistonga kelishadi) taklif qilmoqda. Hamkorimiz treninglarni olib borish uchun Oʻzbekistonda doimiy muassasa ochishi kerakmi?». Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 14.06.2024
Korxona tovarlarni import qiladi. BYuDning 20-satrida FOB deb yozilgan. Tovarimizni yetkazib berish uchun xitoylik transport kompaniyasi bilan shartnoma tuzganmiz, bu kompaniya oʻz transportida yetkazib bergan. Kompaniya Xitoyning soliq rezidenti ekanligini tasdiqlovchi sertifikatni oʻz vaqtida taqdim etgan. ... 

Material sanasi 30.04.2024
“Bizning DM Oʻzbekistonda daromad olmaydi, pulimiz xorijdan keladi. DMni yopish chogʻida foyda soligʻini qanday hisoblab chiqarish kerak? Manfiy QQSni qanday musbatga oʻtkazish mumkin?” Buxgalter Pro tizimi foydalanuvchisining savoliga “ Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori ... 

Material sanasi 29.03.2024
«Latviya kompaniyasi bilan yukni Serbiya-Chexiya-Oʻzbekiston yoʻnalishi boʻyicha transportirovka qilishga doir shartnoma tuzdik. Latviya kompaniyasi Latviya rezidentligi sertifikatini taqdim etdi. Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisida bitim mavjud. Biz norezidentdan ... 

Material sanasi 21.02.2024
«Men yakka tartibdagi tadbirkorman. Savdo bilan shugʻullanaman. Tovarlarning aksariyat qismi sotilgan. Men pulni YaTT hisobraqamidan yechib olsam, dividendlardan olinadigan soliqni toʻlaymanmi?» Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi ... 

Material sanasi 19.02.2024
“Korxona ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi xalqaro bitim qoidalarini qoʻllash uchun soliq organlariga hujjatlar toʻplamini taqdim etdi, u quyidagilarni oʻz ichiga olgan: rezidentlik sertifikatining asli va tarjimasi, sertifikat notarial tasdiqlanganligi toʻgʻrisida hujjat va apostil. ... 

Material sanasi 06.02.2024
« Tashkilot Soliq kodeksining resurs soligʻi boʻyicha 471, 472-moddalariga koʻra imtiyozlardan foydalanadi. Ushbu imtiyozlarni berish shartlaridan biri – ishlab chiqarishni kelgusi rivojlantirish maqsadida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini investitsiyalarga qayta yoʻnaltirishdir. Ya’ni, imtiyoz ... 

Material sanasi 19.01.2024
« Norezident daromad olgandan va uning daromadidan soliq ushlab qolinganidan keyin rezidentlik sertifikatini taqdim etdi. Bunday vaziyatda soliqni qaytarish mumkinmi va qaytarish tartibi qanday?» Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasi Soliq solish uslubiyati departamenti Xalqaro soliq ...