ETTYuX

Material sanasi 24.04.2026
ETTYuXni taqdim etishda rekvizitlar yoki boshqa ma’lumotlar notoʻgʻri koʻrsatilgan, texnik xatolik tufayli yuk xati ikki marta yaratilgan, tashish bekor qilingan – haqiqiy yuklab joʻnatish amalga oshirilmagan va hokazo. Buxgalterga allaqachon yaratilgan ETTYuXni tuzatish yoki oʻchirish zarurati tugʻilishi sabablari koʻp boʻlishi mumkin. Buni Didox misolida qanday amalga oshirish mumkinligini buxgalter.uz iltimosiga binoan Didox elektron hujjat aylanishi operatori loyiha rahbari Anton LI tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 14.04.2025
Kompaniya mart oyi oʻrtalarida Fargʻonaga yuk joʻnatdi. Tashish uchun rasmiy shartnoma tuzmasdan «koʻchadan» - xususiy haydovchi jalb qilindi. Joʻnatish paytida elektron tovar-transport yukxati rasmiylashtirilmagan, hisobvaraq-faktura esa 31 martda yozib berilgan. Bunda kompaniya faqat bitta savol bilan murojaat qiladi: agar «Ekspeditor» haqida ma’lumot boʻlmasa, ETTYuX shaklining «Ekspeditor» ustunini qanday toʻldirish kerak? Buxgalter.uz vaziyatni tahlil qildi: ... 

Material sanasi 20.03.2025
EHF va ETTYuX rasman birlashtirildi: Vazirlar Mahkamasining 18 martdagi 168-son qarorida muayyan vaziyatlar uchun EHF va ETTYuXni birlashtirish nazarda tutilgani. Bundan tashqari, u alohida sohalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib tovar-transport yukxatini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 14.11.2024
Soliq qoʻmitasi ETTYuX tizimini «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning yagona darcha tizimi bilan integratsiya qildi. Natijada soliq toʻlovchi qoʻlda toʻldirishi kerak boʻlgan ETTYuX maydonlari soni qisqartirildi. Bu – yaxshi yangilik: buxgalteriyada ish ham, xatolar ham kamayadi. Gap nima haqida? ... 

Material sanasi 02.10.2024
Oʻzbekistonda elektron TTYu (tovar-transport yuk xati) tizimi hali ishlab chiqish va takomillashtirish bosqichida turibdi. Va ETTYuX haqidagi qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar doim ham texnik yangiliklar bilan bir xil tezlikda boʻlmayapti. Siz doimo dolzarb talablardan xabardor boʻlishingiz va tovar-transport yuk xatlari bilan ishonchli ishlay olishingiz uchun, biz amaldagi qoidalarni tushunishga yordam beradigan va ishni soddalashtiradigan barcha asosiy jihatlarni toʻpladik. Va albatta, biz oʻzgarishlarni kuzatib borishda davom etamiz va ushbu qoʻllanmadagi ma’lumotlarni yangilab boramiz! ... 

Material sanasi 30.08.2024
«Korxonada yuk qabul qiluvchi tomonidan imzolanmagan juda koʻp ETTYuX toʻplanib qolgan. Nima qilish kerak? Qanday oqibatlar boʻlishi mumkin? Yuk qabul qiluvchi imzolamagan ETTYuX rasmiylashtirilgan paytdan boshlab 10 kun oʻtgach tasdiqlangan hisoblanadimi – EHF kabi?» Bu savollar bugungi kunda koʻplab korxonalar uchun dolzarb. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Elektron tovar-transport yuk xatlarini rasmiylashtirishning amaliy jihatlari» vebinari doirasida Soliq qoʻmitasi qoshidagi «Yangi texnologiyalar» ITM boʻlim boshligʻi Nodir MUHAMMADOV tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 20.08.2024
Barcha soliq toʻlovchilar 1 sentyabrgacha 2024 yilning aprel-avgust oylarida turli sabablarga koʻra rasmiylashtirilmagan ETTYuXlarni qoʻshimcha rasmiylashtirishlari kerak. Atigi 10 kun qoldi, shuning uchun buni kechiktirmang. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi. ... 

Material sanasi 14.08.2024
Avgust oyining birinchi oʻn kunligida Soliq qoʻmitasi qayta ishlashga berilgan xom ashyo va undan tayyorlangan mahsulotlarni tashishda elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish qoidalarini oʻzgartirdi. Agar ilgari tashish turi sifatida "Ombordan omborgacha" koʻrsatilgan boʻlsa, endi "Qayta ishlashga topshirish" maxsus funksionali paydo boʻldi. Yangi funksional bilan ishlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga koʻra Didox elektron hujjat aylanishi operatorining mutaxassislari tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 14.08.2024
Yaqin vaqtgacha sotuvchilar jismoniy shaxslarga tovar yetkazib berishda ETTYuX rasmiylashtirmas edilar. Endi qoidalar oʻzgarmoqda. Elektron tovar-transport yuk xatining yangi turi – bir tomonlama ETTYuX paydo boʻldi. Va elektron hujjat aylanishi operatorlari saytlarida yangi funksional ishga tushdi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra undan qanday foydalanish haqida Didox loyihasi rahbari Anton LI hikoya qildi: ... 

Material sanasi 13.08.2024
1 iyuldan boshlab ETTYuX rasmiylashtirishi shart boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari safiga qoʻshilgan soliq toʻlovchilar murakkab vaziyatga tushib qoldilar. Yirik soliq toʻlovchilardan farqli oʻlaroq, ular oʻtgan davr uchun barcha ETTYuXlarni taqdim eta olmaydilar. Bunday vaziyatda nima qilish kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Rustam SOBIROV gapirib berdi: ... 

Material sanasi 01.08.2024
Elektron hujjat aylanishi operatorlari ETTYuX shaklidagi ba’zi qatorlarni majburiy toʻldiriladigan toifadan majburiy boʻlmagan toifaga oʻtkazilgani haqida xabar berdilar. Vaziyatni Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi "Yangi texnologiyalar" IAM yetakchi mutaxassisi Nodir MUHAMMADOV "Norma" PRMning "Tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirishning amaliy jihatlari" mavzusidagi vebinarida tushuntirib berdi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ... 

Material sanasi 12.07.2024
Ba’zan xaridor tovarni toʻliq yoki qisman qaytaradi. Yoki shartnoma shartlari oʻzgaradi (masalan, sotuvchi bilan xaridor joʻnatilgan tovar miqdorining kamroq boʻlishi haqida qayta kelishib olishadi). Va shunda yuk qabul qiluvchining omboriga yetkazib berilgan tovarning bir qismini yuk joʻnatuvchiga qaytarish kerak boʻladi. ... 

Material sanasi 09.07.2024
Buxgalter.uz ETTYuni rasmiylashtirish yuzasidan savollar va javoblarning navbatdagi toʻplamini tayyorladi, aynan ularni boshqalardan koʻproq elektron hujjat aylanishi operatorlariga berishadi. Tovarlarni tashishda maxsus transportdan foydalanilmasa, omborlar joylashuvining turli variantlarida, tovarlar marketpleys orqali realizatsiya qilinganda va boshqa vaziyatlarda elektron tovar-transport yuk xati qanday rasmiylashtiriladi? Repost uchun minnatdor boʻlamiz! ... 

Material sanasi 03.07.2024
2024 yil 1 iyuldan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtiradi. Soliq qoʻmitasi va elektron hujjat aylanishi operatorlari vebinarlarda soliq toʻlovchilarning eng koʻp beriladigan savollariga javob berishdi. Buxgalter.uz ogʻzaki javobni ishga tikib boʻlmasligini tushunadi. Ammo me’yoriy yoʻriqnomalar paydo boʻlmaguncha bu – katta yordam. Soliq qoʻmitasi «tashuvlar ishtirokchilari takliflari asosida tizimni takomillashtirish»ga va’da berdi. Va – eng asosiysi – ETTYuni rasmiylashtirishda yoʻl qoʻyilgan xatolar uchun jarimalar hozircha nazarda tutilmagan. Siz uchun idoraning ETTYu yuzasidan javoblarining dolzarb toʻplami: ... 

Material sanasi 10.05.2024
Soliq qoʻmitasi yirik soliq toʻlovchilarga aprel oyi uchun barcha tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etdi. Buni 2024 yil 1 iyunga qadar amalga oshirish lozim. Ular uchun hozircha TTYuni elektron shaklda rasmiylashtirish majburiy boʻlmagan soliq toʻlovchilar buni oʻz ixtiyoriga koʻra amalga oshirishlari mumkin. ... 

Material sanasi 01.05.2024
«Biz yetkazib beruvchilarmiz. Xorazmdagi xaridor bilan shartnoma tuzdik. Tovar xizmat avtotransportimizda muayyan kunda Toshkentdagi muayyan joyga (biror bir avtomobillar joʻnaydigan joyga yoki chorrahaga yoxud avtomobillar saqlash joyiga) yetkazib beriladi, Xorazmdagi xaridor bilan bogʻliq barcha toshkentlik yetkazib beruvchilar tovarni shu yerga olib kelishadi. U yerda tovar furaga qayta yuklanadi. Fura barcha yetkazib beruvchilar tomonidan toʻldiriladi va Xorazmga yoʻl oladi. Fura uchun xaridor haq toʻlaydi. Xizmat mashinamiz omborimizga boʻsh holda qaytadi. Agar tashishning bir qismini yetkazib beruvchi, boshqa qismini esa xaridor yigʻma furada amalga oshirsa, elektron tovar-transport yuk xatini qanday rasmiylashtirish kerak?» Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni SQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAM yetakchi mutaxassisi Nodir MUHAMMADOV tushuntirdi: ... 

Material sanasi 05.04.2024
Buxgalter.uz manziliga TTYuni joriy etishga taalluqli savollarning kelib tushishi davom etmoqda. E’tiboringizga Soliq qoʻmitasi mutaxassislaridan navbatdagi javoblar toʻplamini havola qilamiz. Yuk joʻnatuvchi – yirik soliq toʻlovchi emas, yuk oluvchi esa – ha ETTYuni rasmiylashtirmaganlik uchun ... 

Material sanasi 02.04.2024
1 apreldan boshlab yirik soliq toʻlovchilar tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirishadi. Kuni kecha SQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAMning yetakchi mutaxassisi Nodir MUHAMMADOV ishtirokida vebinarlar turkumi boʻlib oʻtdi. Buxgalter.uz soliq toʻlovchilarning savollari va ularga javoblarni yozib oldi. ... 

Material sanasi 29.03.2024
1 apreldan boshlab yirik soliq toʻlovchilar tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimiga oʻtadi (ETTYu). Bunda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida «ICONSULTANT» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA gapirib berdi: ... 

Material sanasi 20.03.2024
Soliq qoʻmitasi test rejimida tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish boʻyicha xizmatni ishga tushirdi. TTYuni elektron shaklda rasmiylashtirish yirik soliq toʻlovchilar uchun 2024 yil 1 apreldan, barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun esa 2024 yil 1 iyuldan boshlab majburiy boʻladi. Bugunoq barcha funksional bilan ishlay boshlashi mumkin. Buxgalter.uz funksionalni baholadi. ...