Yangi

2025 yilda qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlagan yuridik shaxslar moliyaviy hisobotni topshirishlari kerakmi?

28.01.26
Ikkita normativ-huquqiy hujjat – 3567-son Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom va Prezidentning 10.11.2022 yildagi PQ-419-son qarori – bu masalada bir-biriga zid. Bu nafaqat buxgalterlarni, balki soliq maslahatchilarini ham chalkashtiradi. Eng tajribalilari tavakkal qilgandan koʻra, yana bir marta hisobot topshirishni afzal koʻrishadi. Boz ustiga, BHMS boʻyicha hisobotni topshirishning soʻnggi muddatlari tobora yaqinlashmoqda... Soliq qoʻmitasi ushbu huquqiy kolliziya yuzasidan tushuntirish berdi:

Oʻzbekistonda BHMS oʻrniga MHMS ishlab chiqish boshlandi

20.01.26
Oʻzbekistonda amaldagi BHMSni moliyaviy hisobotning milliy standartlariga (MHMS) almashtirish rejalashtirilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-2027 yillarda ishlab chiqiladigan MHMS loyihalari roʻyxatini e’lon qildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.

Suv soligʻi ma’lumotnomasida yer osti suvlari (quduqdan) boʻyicha ma’lumotlarni qanday toʻldirish kerak

20.01.26
20 yanvar – suv soligʻi boʻyicha ma’lumotnomani taqdim etishning soʻnggi kuni – buxgalterlar aynan quduqlar qismida suv resurslari boʻyicha ma’lumotnomani qanday toʻldirishlari, hisobotda nimalar aks ettirilishi va ma’lumotlar qayerdan olinishi kerakligi haqida tushuncha yetishmagani sababli qiyinchiliklarga duch kelishdi. Korxona quduqdan suv olsa, hisobotni qanday toʻldirish kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirish berdi:

Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun 2026 yildagi bonus dasturi

20.01.26
Koʻp yillik an’anaga koʻra, «Norma» kompaniyasi onlayn va oʻrnatiladigan dasturiy mahsulotlar (tizimlar) foydalanuvchilariga turli bonuslar taqdim etadi.

Nima uchun kompaniyaning yeri va mol-mulki boʻlmasa ham, my.soliq.uz saytida «Avtomat» boʻlimini zudlik bilan tekshirish kerak

16.01.26
15 yanvar kuni (yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha hisobot topshirish muddatidan 5 kun oldin) my.soliq.uz saytidagi «Avtomat» boʻlimida koʻpchilikda hisobotlarning qoralama nusxalari shakllantirildi. Nima uchun «Avtomat» boʻlimini «boʻsh» kompaniyalar boʻyicha ham tekshirish muhimligini TA-VAT buxgalteriya kompaniyasi asoschisi Aleksandra TOLMAChEVA tushuntirdi:

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar QQS boʻyicha imtiyoz olishlari uchun qanday MXIKdan foydalanishlari kerak

16.01.26
Zargarlik buyumlari tarkibiga kiruvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qiymatining yangi imtiyozli MXIKlari yaratildi. MXIK ma’lumotlaridan foydalangan holda EHFda koʻrsatilgan summa QQS boʻyicha hisobotda realizatsiya sifatida aks ettirilmaydi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Ta’tillar va FHT shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha YaMMTda nimalar oʻzgardi

16.01.26
«YaMMT» IDAK direksiyasi 2026 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshirilgan YaMMTdagi yangiliklar boʻyicha ish beruvchilarning savollariga javob berdi . Ular tizimda roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga taalluqli: – fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar (FHT); – barcha turdagi ta’tillar. Tafsilotlar – buxgalter

1 korxona shakli yillik statistika hisobotini qanday topshirish kerak (1 KV oʻrniga)

16.01.26
Korxonalar endi yillik 1 KVni topshirmaydi, u tarixda qoldi. Uning oʻrniga yillik statistika hisobotining yangi turi – 1 korxona shakli «Tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot» tasdiqlandi. Aynan uni e-Stat 4.0 orqali elektron shaklda topshiramiz. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisobot topshirgan boʻlsangiz, «avtomat» shakl bilan nima qilish kerak

16.01.26
Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetlarida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari boʻyicha ma’lumotnoma va yer soligʻi boʻyicha hisob-kitobning proaktiv shakllari – qoralamalar koʻrinishida paydo boʻldi. Buxgalterlarda tabiiyki, nima qilish kerak, degan savol tugʻiladi. Biz «Yangi texnologiyalar» IAM vakillariga savol berdik, javob bilan boʻlishamiz:

Toshkent shahri tumanlari boʻyicha 2026 yil uchun yer soligʻi koeffitsiyentlari tasdiqlandi

15.01.26
10 yanvarga qadar xalq deputatlari kengashlari yer soligʻi boʻyicha koeffitsiyentlarni soliq organlariga oʻtkazishi kerak edi. 15 yanvar holatiga koʻra, ayrim tumanlar boʻyicha ma’lumotlar haligacha portalda mavjud emas, 2026 yil uchun soliq organlari saytidagi kalkulyator yangilanmagan. Toshkentning qaysi tumanlari uchun stavkalar allaqachon e’lon qilinganini sharhimizda oʻqing. Qolganlarini qabul qilinishi bilanoq ma’lum qilamiz: