Yangi

1 yanvardan boshlab qanday hisobotlarni hisobot.gov.uz orqali yuborish mumkin boʻladi

24.11.25
2026 yil 1 yanvardan boshlab barcha tadbirkorlik sub’yektlari 14 ta davlat organi uchun 105 turdagi majburiy hisobotlarni hisobot.gov.uz Yagona hisobot tizimi orqali yuborishlari mumkin boʻladi. Milliy ekologiya qoʻmitasi va shunga mos ravishda ekologiya boʻyicha hisobotlar hozircha ular orasida yoʻq. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Keshbek toʻlangan chekka qanday tuzatishlar kiritish mumkin

24.11.25
Avval xabar qilinganidek, 2025 yil 20 noyabrdan 10 dekabrgacha (2025 yil 10 dekabr ham kiradi) tadbirkorlik sub’yektlari 2025 yil uchun elektron cheklar va onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tuzatishlari mumkin. Shu bilan birga, Soliq qoʻmitasi keshbek toʻlangan cheklarni ham oldindan keshbek summasini oʻz hisobidan byudjetga qaytarish orqali tuzatish mumkinligini ma’lum qildi. Buxgalter.uz buni qanday amalga oshirish mumkinligiga aniqlik kiritdi:

Tahririyat fikri: Raqobat qoʻmitasi umumiy ovqatlanish korxonalarini nima haqida ogohlantirdi?

21.11.25
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi umumiy ovqatlanish korxonalari uchun ogohlantirish e’lon qildi. Koʻpchilik bu xabarni xizmat uchun foiz olishni taqiqlash sifatida qabul qildi. Bizningcha, matndan bunday toʻlov taqiqlangan degan ma’no kelib chiqmaydi. Mana dalillar:

Chek summalarini qanday tuzatish mumkin: Soliq qoʻmitasining tushuntirishi

21.11.25
2025 yil 20 noyabrdan 10 dekabrgacha (2025 yil 10 dekabr ham kiradi) tadbirkorlik sub’yektlari 2025 yil uchun elektron cheklar va onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tuzatishlari mumkin. Soliq qoʻmitasi buni qanday amalga oshirish boʻyicha tushuntirish berdi:

Diqqat: «Norma» yangi ofisga koʻchmoqda

21.11.25
Hurmatli foydalanuvchilar! Bizda yangilik bor: bugun, 21 noyabr kuni, biz yangi ofisga koʻchib oʻtamiz!

Ijtimoiy karta orqali tovarlar uchun toʻlov qilinsa, sotish cheki nimalarni aks ettirishi kerak

20.11.25
2025 yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy karta orqali xarid qilishda toʻlangan QQSni qaytarish tartibi amal qiladi. Shu munosabat bilan onlayn-NKT cheklariga muayyan talablar qoʻyiladi. Nazorat-kassa texnikasida qanday sozlashlarni amalga oshirish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga binoan onlayn-NKMga xizmat koʻrsatish sohasidagi ekspert, «RIG» MChJ direktori Rustam YoQUBOV tushuntirib berdi:

Soliq qoʻmitasiga yangi rais tayinlandi

20.11.25
Farrux Jahongirovich Poʻlatov Soliq qoʻmitasi raisi etib tayinlandi, deya xabar berdi Prezident matbuot kotibi oʻzining rasmiy kanalida.

Cheklar nazorat ostida: kassa talablarga javob bermasa, nima qilish kerak

19.11.25
Onlayn-NKT ishlab chiqaruvchilari va TXKM 2025 yil 28 noyabrga qadar majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarni chakana realizatsiya qilishda markirovka kodini koʻrsatmasdan yoki undan takroran foydalangan holda onlayn-NKT kassa cheklarini berishni texnik jihatdan istisno qilishlari shartligi toʻgʻrisida ogohlantirildi. Koʻrsatmani bajarmaganlar davlat reyestridan chiqarishgacha boʻlgan «qat’iy choralar» bilan tahdid qilinmoqda. Biz onlayn-NKMga xizmat koʻrsatish sohasidagi ekspert, «RIG» MChJ direktori Rustam YoQUBOVdan ushbu ma’lumotga izoh berishini soʻradik:

2026 yildan qonunchilikdagi oʻzgartirishlarga tayyorligingizni tekshiring

17.11.25
2026 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda soliq solish, soliq ma’muriyatchiligi va mehnat haqidagi qonunchilikka kiritilgan jiddiy oʻzgartirishlar kuchga kiradi. Yangi qoidalar boʻyicha ishlashga qanchalik tayyorligingizni tez tekshira olishingiz uchun 10 ta savoldan iborat test tayyorladik. 5 daqiqada

«ASL BELGISI» MAT 2025 yil 28 noyabr – 1 dekabr davrida rejali ishlar haqida ogohlantirdi

14.11.25
«Asl belgisi» MAT xizmatlari 2025 yil 28 noyabrdan 1 dekabrgacha boʻlgan davrda ishlamaydi. Sababi – barcha tovar guruhlari aylanmasi ishtirokchilari uchun xTrace platformasiga oʻtish bilan bogʻliq rejali ishlar. Shuningdek, MAT direksiyasi yangilangan «shaxsiy kabinetlar»ni sinovdan oʻtkazishni 15 noyabrgacha yakunlashni tavsiya qiladi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida: