Yangi

Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi

02.11.26
Xususiy tibbiyot klinikasi soliq idorasidan yetkazib beruvchi oldidagi yarim milliard soʻmdan ortiq qarzdorlik mavjudligi haqidagi xabarnomani toʻliq hisob-kitob qilgan kontragent boʻyicha olgan. Bir oy oʻtgach, uning hisobiga inkasso qoʻyildi, bu esa, buxgalterning soʻzlariga koʻra, klinika faoliyatini toʻxtatib qoʻydi. Bu safar hammasi yaxshilik bilan tugadi: undiruv tezda toʻxtatildi. Ammo ma’lum boʻlishicha, xatolarga har ikki tomon ham yoʻl qoʻygan. Keysni va xuddi shunday vaziyatga tushib qolmaslik yoʻllarini koʻrib chiqamiz.

2027 yilga moʻljallangan uglerod soligʻi va boshqa soliq tashabbuslari: soliq siyosatida nimalarni oʻzgartirish taklif etilmoqda

28.10.26
Oʻzbekistonda uglerod soligʻi joriy etilishi mumkin. Aytgancha, bu 2027 yilga moʻljallangan soliq takliflari toʻplamidagi korxonalar oldindan bilishi kerak boʻlgan yagona gʻoya emas. Buxgalter.uz saytida yangi soliqni joriy etish tashabbusi bilan kim chiqqani, u kimlarga ta’sir qilishi mumkinligi va shuningdek, soliq siyosatida yana qanday oʻzgarishlar taklif etilgani haqida soʻzlab beramiz.

TIF ishtirokchisi sifatida tovarlarning bojxona qiymatini oldindan baholash

28.10.26
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi normativ-huquqiy hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi (loyiha ID raqami: 11820). Yangi Nizom TIF ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash boʻyicha bojxona organlari tomonidan dastlabki qaror qabul qilish tartibini belgilaydi. Asosiy yangilik – dastlabki qarorlarni qabul qilishning markazlashtirilgan tartibini joriy etishdir. Muhokamada 2026 yil 6 noyabrgacha havola orqali ishtirok etish mumkin. Ushbu yangilik tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining kundalik faoliyatiga qanday ta’sir koʻrsatishini bizning sharhimizda koʻrib chiqamiz.

Biznesni roʻyxatga olish – 2026: hisobot holatini qanday tekshirish va xatolarni tuzatish mumkin

27.10.26
Biznes roʻyxatidan oʻtganlar diqqatiga! Agar siz sertifikat olgan boʻlsangiz, bu hali hisobotingiz topshirilganini anglatmaydi.

Sovuq suv boʻyicha hisobot berishni unutmang

26.10.26
Har oy 25 sanasidan oyning oxirgi sanasigacha soat 09:00 dan 18:00 gacha «Oʻzsuvta’minot» yuridik shaxslarning sovuq suv boʻyicha koʻrsatkichlarini qabul qiladi. Asosiy tafsilotlar – bu yerda:

2026 yil noyabr oyi uchun bosh buxgalter rejasi

26.10.26
2026 yilning noyabr oyi dam olishga vaqt qoldirmaydi – taqvim soliqlar, boʻnaklar, majburiy toʻlovlar va hisobotlarni topshirishning yakuniy muddatlari bilan toʻlib-toshgan. Har bir soliq boʻyicha tayyor ekspert tavsiyalaridan foydalaning.

PF-175 boʻyicha soliq imtiyozlari: reyting, mehmonxonalar, startap investorlar va turoperatorlar

23.10.26
Prezidentning 27.08.2026 yildagi PF-175-son Farmoni bilan bir vaqtning oʻzida bir nechta soliq imtiyozlari shartlari oʻzgartirildi. Soliq va bojxona imtiyozlari hamda QQSning bir qismini qaytarish endi Barqarorlik reytingidagi darajaga bogʻliq emas, mehmonxonalar uchun mol-mulk va yer soligʻining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash uzaytirildi, startap-investorlar uchun JShDS boʻyicha imtiyoz joriy etildi, turoperatorlar esa 2027 yildan boshlab QQSning nol stavkasiga ega boʻladi. Ushbu oʻzgarishlar biznesga qanday ta’sir qilishi haqida «Norma» eksperti Irina Axmetova batafsil ma’lumot beradi.

BHMning 400 baravari miqdorida naqd pul limiti va mehmonxonalar hamda umumiy ovqatlanish korxonalaridagi markirovkalash: PF-175-son Farmon nimalarni oʻzgartirdi

22.10.26
Prezidentning 27.08.2026 yildagi PF-175-son Farmoni bilan kassirlar va buxgalterlar har kuni qoʻllaydigan ikkita qoida oʻzgartirildi. Tovarlar va xizmatlar uchun naqd pul orqali hisob-kitob qilishning chegaraviy miqdori endilikda BHMga bogʻlandi va qat’iy belgilangan 25 mln soʻm oʻrniga BHMning 400 baravarini tashkil etadi. Mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun esa markirovkalanadigan tovarlar roʻyxati kengaytirildi, ularning kodlari sotib olingandayoq yakuniy iste’molga realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi. PF-175-son Farmonning asosiy oʻzgarishlarini va ularni buxgalteriya hamda kassirlar faoliyatiga joriy etish boʻyicha amaliy qadamlarni «Norma» eksperti Irina AXMETOVA tahlil qiladi.

Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi

15.10.26
Markirovkalangan tovarni sotishda sotuvchi raqamli markirovka kodini onlayn-NKT chekida aks ettirishi kerak. Shundagina «Asl belgisi» tizimi tovarni yakuniy iste’molchiga sotilgan deb roʻyxatdan oʻtkazadi. Oxirgi bir yil ichida qoidalar sezilarli darajada oʻzgardi. Endi kassa, agar u onlayn rejimda boʻlsa, kassirning xatolarini oldini olish uchun kodsiz, takroriy kodli va muddati oʻtgan tovar uchun chekni avtomatik ravishda bloklaydi. Umumiy ovqatlanish korxonalari va mehmonxonalar davlatdan juda katta yordam oldi, jumladan, ularga markirovkalangan tovarlar bilan ishlash qoidalari boʻyicha imtiyozlar berildi. Bu kimga va nimaga tegishliligini «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL tushuntiradi.

Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak

15.10.26
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2026 yildagi PF-100-son Farmoni bilan QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan soliq toʻlovchilar uchun foyda soligʻining nol darajali stavkasi belgilandi. Mazkur imtiyoz 2026 yil 1 iyundan 2030 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi. Vuxgalter.uz Soliq qoʻmtasiga murojaat qilib, QQSni soddalashtirilgan tartibda toʻlashga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot topshirishi haqidagi masalaga aniqlik kiritdi.