Yangi

Kim alkogol bilan ulgurji va chakana savdo qilishi mumkin

25.09.19
Moliya vazirligi alkogol bilan ulgurji savdo qiluvchi korxonalar ustav fondida majburiy ravishda davlat ulushi mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi talabni bekor qilishni taklif qildi.

Onlayn-NKM va virtual kassaning joriy etilishi buxgalteriya hisobiga qanday ta’sir koʻrsatadi

19.09.19
Buxgalterlar «virtual kassa» atamasi paydo boʻlishi bilan endi savdo tushumi ham virtual hisobga olinadi deb hazil qiladigan boʻldilar. Biroq qonun chiqaruvchilar butkul boshqa natijani: tushum hajmini aniqlashni va toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar hisoblab chiqarilishining yanada aniq boʻlishini kutmoqdalar.

Elektron hisobvaraq-fakturalarga oʻtish uchun buxgalter yana nimani bilishi zarur?

18.09.19
Koʻp buxgalterlar my.soliq.uz saytidagi oʻzlarining shaxsiy kabinetlarida, E-factura» boʻlimida elektron hisobvaraq-fakturalar (25.06.2019 yildagi 522-son VMQ) bilan ishlashni faol sinab koʻrishmoqda.

Lizingda QQS boʻyicha qanday imtiyozlar bor?

18.09.19
2020 yil 1 yanvarga qadar mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar uni realizatsiya qilish chogʻida QQS toʻlashdan ozod etiladi. Bu Prezidentning 4.04.2019 yildagi PQ-4268-son qarorida belgilangan. Shuningdek 2020 yil 1 yanvarga qadar lizing boʻyicha QQSni hisoblab chiqarishning alohida tartibi belgilangan. buxgalter.uz iltimosiga binoan, lizing operatsiyalariga soliq solishda murakkablik tugʻdirayotgan, shu jumladan PQ-4268-son qaror yuzasidan savollarga moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOV javob beradi.

III chorak uchun kimlar kuzatiladi?

18.09.19
Joriy yilning III choragida tanlanma kuzatuvga kiritilgan kichik korxonalar va mikrofirmalar roʻyxati tasdiqlandi va Davstatqoʻm saytida (stat.uz) e’lon qilindi.

25 sentyabrgacha uchta hisobot topshirish va soliqlarni toʻlash lozim

16.09.19
Joriy yilning sentyabr oyidagi soliq kalendarining yaqinlashib kelayotgan «qizil» sanalari haqida hurmatli buxgalterlarimizga eslatib oʻtamiz.

Shaxsiy kabinetda soliq toʻlovchilarni qanday yangiliklar kutmoqda

13.09.19
my.soliq.uz portalidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida yangi imkoniyatlar paydo boʻladi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi bosh inspektori Akmal Haydarov soʻzlab berdi.

QQS stavkasini 20 dan 15 foizga kamaytirishga va’da bermoqdalar

13.09.19
Oʻzbekistonda QQS boʻyicha tub oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda. Hukumat soliq stavkasini 20 dan 15 foizga kamaytirish boʻyicha choralar koʻradi, deb xabar berildi Davlat soliq qoʻmitasida.

SK loyihasi: bizni qanday moliyaviy sanksiyalar kutmoqda

13.09.19
Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasi moliyaviy sanksiyalarning miqdorlari va qoʻllanilishi tartibini oʻzgartiradi, shuningdek ularning yangi turlarini joriy etadi.

Adliya vazirligiga qonun hujjatlaridagi muammolarni telegram-bot orqali xabar qiling

12.09.19
Sizningcha tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ortiqcha talablar, qarama-qarshiliklar yoki eskirgan normalar mavjud boʻlsa yoki ularni takomillashtirish zarur deb hisoblasangiz – xabar bering.