Yangi

Korxonadagi naqd pullar: kassa limitini bank bilan kelishish kerakmi

19.11.26
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqladi. Naqd pul tushumini bankka topshirish tartibi va muddati hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun bank kassasidan naqd pul olish muddatlari, shuningdek, korxona kassasidagi naqd pul qoldigʻining ruxsat etilgan limitini belgilash boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalar oʻtmishga aylanadi. Markaziy bankning yangi Yoʻriqnomasi kuchga kirishi bilan –19.02.2027 yildan boshlab – qoidalar oʻzgaradi: korxonalar kassada qancha naqd pul qoldirishni oʻzlari belgilaydilar, ammo buning uchun javobgarlik ham ularning zimmasida boʻladi. Kompaniyalar daromadni qanday topshirishlari va ish haqini qanday toʻlashlari haqida bizning sharhimizda koʻrib chiqamiz.

Statistika hisoboti shakllarida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda: loyiha sharhi

17.11.26
Statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Milliy statistika qoʻmitasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Hozirda 1-korxona yillik shaklini topshirishdan ozod qilingan kichik korxona va mikrofirmalar ushbu imtiyozdan mahrum boʻlishlari mumkin. Oʻrta korxonalar uchun 12-korxona shaklini oylik emas, choraklik qilish taklif qilinmoqda. Statistika hisobotlarini topshirish muddatlari, hisobot beruvchi tashkilotlar doirasi va koʻrsatkichlar tarkibi ham oʻzgaradi. Umuman olganda, Milliy statistika qoʻmitasi loyihasida 3 ta shaklni bekor qilish va yana 16 tasini qayta koʻrib chiqish koʻzda tutilgan. Loyihani muhokama qilish uchun atigi 10 kun vaqt ajratilgan. U bilan tanishish va takliflarni NHH loyihalari muhokamasi portalida qoldirish mumkin (loyiha ID raqami – 11905). Aynan nimani oʻzgartirishni taklif qilishayotganini tahlil qilamiz.

Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi

13.11.26
Avval xabar berganimizdek, Prezidentning «Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga (06.05.2026 y. PF-78-son) muvofiq Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy boʻlimlari tashkil etildi. Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi. 11.11.2026 yildagi 616-son VMQ bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Yangi qabul qilingan qarorning idora va elektron xizmatlar faoliyatini belgilaydigan yangiliklari bizning sharhimizda.

PF-243-son Prezident Farmoni boʻyicha soliq va bojxona imtiyozlari: yirik investorlar qanday preferensiyalarga ega boʻladi

12.11.26
Prezidentning 10.11.2026 yildagi PF-243-son Farmoni bilan maxsus hududlarda qiymati 50 mln AQSh dollaridan yuqori boʻlgan yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirayotgan investorlar uchun kengaytirilgan soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar paketi belgilandi. Bizning sharhimizda prezident farmoni bilan investorlarga kafolatlangan soliq, bojxona va moliyaviy imtiyozlar haqida soʻz boradi.

JST qoidalari boʻyicha eksport va import kvotalari: 610-son VMQ nimalarni oʻzgartiradi

12.11.26
Vazirlar Mahkamasining 06.11.2026 yildagi 610-son qarori miqdoriy cheklovlar (kvotalar) orqali eksport va importni tartibga solishning yagona va shaffof mexanizmini joriy etadi. Hujjat bilan mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo boʻlishga tayyorgarlik koʻrishi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksporti va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Qarorning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari boʻlgan yuridik shaxslarga bevosita taalluqli asosiy jihatlarini koʻrib chiqamiz.

Moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish va sugʻurtaga e’tibor: «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunda nimalar oʻzgarmoqda

11.11.26
Oʻzbekistonda moliyaviy xizmatlar reklamasiga qoʻyiladigan talablar qat’iylashtirilib, ijtimoiy axborot doirasi kengaytirilmoqda. 10.11.2026 yildagi OʻRQ-1187-son Qonun «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonunga aniq, ammo muhim oʻzgartirishlar kiritmoqda: endi aholiga, shu jumladan tadbirkorlarga sugʻurta savodxonligi faolroq oʻrgatiladi, banklar va mikrokredit tashkilotlari esa qarz oluvchilarni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy xatarlar haqida ochiq ogohlantirishi shart. Kreditlash va sugʻurta mahsulotlariga qiziqishning keskin oʻsishi fonida yangiliklar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy intizomni oshirishga qanday qaratilganini koʻrib chiqamiz.

Nazoratning yangi tartibi: tekshiruvlarni videotasvirga olish va elektron hisob yuritish tizimi

11.11.26
Oʻzbekistonda tadbirkorlik muhiti oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda: davlat raqamlashtirish, shaffoflik va biznesning haqligi prezumpsiyasiga urgʻu bermoqda va shu bilan birga qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. «Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi regulation.adliya.uz portalida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi (loyiha IDsi: 11152). Muhokamada 2026 yil 26 noyabrgacha havola orqali ishtirok etish mumkin. Qonun loyihasida taklif etilayotgan yangiliklar haqida batafsil – buxgalter.uz sharhida.

QQS va yer soligʻi shakllariga kiritilgan oʻzgartirishlar rasman tasdiqlandi

10.11.26
Soliq qoʻmitasining 09.10.2026 yildagi 2026-21-son qarori bilan DSQning «Soliq hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 2020-03-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar QQS shakllari hamda Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisob-kitobiga taalluqlidir. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan – 2026 yil 6 noyabrdan kuchga kirdi.

«Yovvoyi» plyajlardan madaniyatli dam olishgacha: suv boʻyida turizmni tashkil etishning yangi tartibi

09.11.26
Oʻzbekistonda suv omborlari atrofida dam olish va turizm zonalarini yaratish qoidalari tasdiqlandi. Endi u yerdagi boʻsh turgan yerlar tasdiqlangan master reja boʻyicha va xavfsizlik qat’iy nazorat qilingan holda ochiq auksionlar orqali tadbirkorlarga beriladi. Kim yer olishi mumkin va boʻlajak kurortlarga qanday talablar qoʻyilmoqda – bu xususda bizning sharhimizda oʻqing.

2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi

06.11.26
02.11.2026 yildagi yangi OʻRQ-1186-son Qonun biznes uchun yongʻin xavfsizligi talablarini oʻzgartiradi. Oʻzgartirishlar bilan bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligiga doir minimal texnik talablar, tekshiruvlarning yangi tartibi, ayrim ob’yektlarni majburiy sugʻurta qilish, yongʻinlar oqibatida odamlarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik darajasida joriy etilmoqda. Qonun rasmiy e’lon qilinganidan uch oy oʻtgach, 2027 yil 5 fevraldan kuchga kiradi – yangi talablarga tayyorgarlik koʻrishga ulguring.