Yangi

PF-246-son Farmon boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishda yagona QR-koddan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

16.04.26
PF-246-son Farmon boʻyicha Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan toʻlovlarni amalga oshirishda yagona QR-kod orqali toʻlov xizmatlarini koʻrsatish qoidalari tasdiqlandi va 16 apreldan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

2026 yil 14 iyuldan boshlab qishloq xoʻjaligi yerlariga soliq solish masalalarida nimalar oʻzgaradi

15.04.26
Soliq kodeksi va MJtKga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻi stavkasini oshirish va muayyan vaziyatda qoʻllaniladigan ma’muriy jarimalar toʻgʻrisida oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar 3 oy oʻtgach kuchga kiradi. Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida:

2-sonli MHMS: hisob siyosati va hisob baholarining yangi qoidalari

15.04.26
Moliyaviy hisobotning milliy standarti (2-sonli MHMS) – «Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asoslari: hisob siyosati va hisob baholari» tasdiqlandi (11.04.2026 y. AV roʻyxat raqami 3810-son) va 2027 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. Standartni Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha yuridik shaxslar (bundan jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar va byudjet tashkilotlari mustasno) qoʻllaydilar. 2-sonli MHMSning asosiy yangiliklari haqida qisqacha – buxgalter.uz sharhida:

Oʻzbekistonda bond omborlari qanday ishlaydi

14.04.26
1 iyuldan boshlab Oʻzbekistonda tajriba tariqasida bojxona erkin omborining yangi shakli – bond omborlari tashkil etilmoqda. Ularning faoliyat yuritish xususiyatlari, soliq solinishi va tovarlarni bond omborlaridan realizatsiya qilishda bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibi – buxgalter.uz sharhida.

154-son VMQga koʻra QQS toʻlovchilar va endi shunday boʻlishni rejalashtirayotganlar uchun nimalar oʻzgardi

13.04.26
QQS toʻlovchilarni soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4 ta muhim oʻzgartirish kiritildi. Bu sizga qay darajada ta’sir qilishi mumkinligini tekshiring. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

«E-aktiv» rasman bekor qilindi

13.04.26
22.09.2021 yildagi «Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 595-son VMQga tadbirkorlarning xoʻjalik operatsiyalarini «E-aktiv» tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qiluvchi tuzatish kiritildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Zargarlik tarmogʻi korxonalariga toʻlangan QQSning bir qismi PQ-207-son qarorga asosan qanday shartlarda qaytariladi

10.04.26
«Tadbirkorlik sub’yektlarini ragʻbatlantirish va ularning qonuniy faoliyat yuritishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 745-son VMQ yana bitta Vaqtinchalik nizom bilan toʻldirildi. Bu safar zargarlar (ishlab chiqarish, chakana savdo) ragʻbatlantiriladi. Yangi Vaqtinchalik nizom oʻtgan yilning iyul oyida qabul qilingan PQ-207-son Prezident qaroriga muvofiq ularga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi. Qaytarish shartlari va sxemasi – buxgalter.uz sharhida:

Oʻzbekistonda «spin-off» korxonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladi

07.04.26
Oʻzbekistonda muassislari – oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar boʻlgan «spin-off» korxonalar tashkil etiladi. Bu Prezidentning 04.04.2026 yildagi PF-54-son Farmonida nazarda tutilgan. Albatta, ular koʻplab imtiyoz va preferensiyalar, jumladan, «zarar koʻrish huquqi»ga ega boʻlishadi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Oʻzbekistonda soliq yukini qanday kamaytirish rejalashtirilmoqda

07.04.26
«Soliq yukini kamaytirish maqsadida Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi QHTBTda 18 aprelga qadar muhokama qilinadi. Ishlab chiquvchi – Adliya vazirligi! Tuzatishlar uchta soliq – QQS, foyda soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga ta’sir qiladi. Ushbu NHH qabul qilingandan keyin soliq yuki kimga va qanday qilib kamaytirilishini buxgalter.uz saytida koʻrib chiqamiz:

Toshkent xalqaro moliya markazi qanday shartlar asosida tashkil etiladi va unga qanday imtiyozlar beriladi

02.04.26
Prezidentning 30 martdagi PF-48-son Farmoni bilan tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi ishtirokchilari misli koʻrilmagan 50 yil davomida foyda soligʻi va QQS toʻlashdan ozod etiladi. Shuningdek, JShDS boʻyicha 2 ta imtiyoz –rezidentlikka qarab, QQS, ijtimoiy, yer va boshqa soliqlar, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar nazarda tutilgan. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: