Yangi

QQS va bojxona toʻlovisiz olib kiriladigan uskunalar roʻyxati kengaytirildi

25.09.23
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalarni olib kirish QQS va bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi. Ushbu roʻyxat 19.09.2023 yildagi 482-sonli VMQ bilan toʻldirildi.

Ma’muriy sudlarga qanday soliq nizolari topshiriladi

12.09.23
2024 yil 1 yanvardan e’tiboran iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan soliq organlari ishtirokidagi ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga oʻtkaziladi. Shuningdek, soliq nizolari boʻyicha da’vo qilinadigan muddatlar ham qisqartiriladi. Joriy qilingan yangilik haqida Soliq qoʻmitasining soliq solish metodologiyasi departamenti mutaxassislari batafsil ma’lumot berdilar.

Sizda kameral tekshiruv: soliqchilarni kutish kerakmi

12.09.23
Kameral tekshiruv doirasida soliq toʻlovchining hududiga kirish, hududni va binoni koʻzdan kechirish, soliq toʻlovchidan hujjat talab qilib olish hamda uni chaqirish, soliq toʻlovchining hujjatlari va ashyolarini olib qoʻyishga endi QQSni qoplash masalasi koʻrib chiqilgandagina yoʻl qoʻyiladi. Qolgan barcha kameral tekshiruvlarda bularni qilish taqiqlanadi. Joriy qilingan yangilikka Soliq qoʻmitasining soliq solish metodologiyasi departamenti mutaxassislari tushuntirish berdilar.

Kimlarning QQS toʻlovchisi guvohnomasi toʻxtatib turilishi mumkin

11.09.23
QQS toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma endi faqat soliq toʻlovchi soxta yoki tovarsiz bitimlarni amalga oshirganligi aniqlangan holatlarda toʻxtatib turiladi. Qolgan barcha holatlarda QQS guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish tartib-taomili Prezidentning 04.09.2023 yildagi PQ-292-son qarori bilan bekor qilindi. Yangiliklarni Soliq qoʻmitasining Soliq solish metodologiyasi departamenti mutaxassislari tushuntirib berdilar.

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti yakunlari: korxonalar qanday moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi

06.09.23
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da (04.09.2023 yildagi PQ-292-son qaror) tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Ular jumlasida mablagʻlari yetarli boʻlmaganlar uchun kreditlarni soʻndirishning yangi tartibini joriy etish, imtiyozli kreditlarning har xil turlari mavjud. Demak, biznes qanday qoʻllab-quvvatlanishi haqida – bizning sharhimizda.

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boʻyicha soliq tizimida nimalar oʻzgaradi

06.09.23
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Yoʻl xaritasi tasdiqlandi. Unda soliq organlarining tadbirkorlar bilan hamkorligiga alohida e’tibor berilgan. Belgilangan vazifalardan koʻpi amalga oshirilmoqda va tadbirkorlar ushbu ishning natijasini koʻrishmoqda.

2023 yil 1 sentyabrdan nimalar oʻzgaradi

31.08.23
Sentyabr oyida qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartirishlarning navbatdagi paketi kuchga kiradi. Buxgalter.uz yangiliklar toʻplamini taqdim etadi.

Tashkilotni soliq maslahatchisi xulosasi bilan tugatish: qoidalar oʻzgardi

25.08.23
2023 yil 22 avgustdan maxsus Nizomga soliq toʻlovchilarni ixtiyoriy tugatishda soliqlarga doir xulosa berishga taalluqli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kuchga kirdi. 19.08.2023 yildagi 400-son VMQda nazarda tutilgan yangiliklar oʻz tashkilotini ixtiyoriy tugatayotgan tadbirkorlarning soliq maslahatchilari bilan hamkorligini qanday oʻzgartirishi va bunda nimani koʻzda tutish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:

Soliq tekshiruvlari toʻgʻrisidagi nizomga yangi normalar kiritildi

17.08.23
2022 yilning noyabr oyida Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish toʻgʻrisidagi Prezidentning PF-244-son Farmoni qabul qilindi. 14.08.2023 yildagi 382-son VMQ normativ-huquqiy hujjatlarni Farmondagi yangiliklar bilan muvofiqlashtirdi.

Korxonani tugatish soddalashtirildi

14.08.23
Davlat xizmatlari markazlari tugatish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish chogʻida boshqa vakolatli davlat organlari bilan muloqot qilganda idoralararo oʻzaro hamkorlik axborot tizimlaridan faolroq foydalanadi. Bu tadbirkorlarni ba’zi sarsonliklardan halos qiladi. Tafsilotlar 09.08.2023 yildagi 348-son VMQda.