Yangi
16.09.21
14.09.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-714-son Qonun bilan respublikaning ayrim hududlari uchun yana bitta maxsus soliq rejimi joriy etilmoqda. Alohida hududlarga Fargʻona viloyatining Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi, shuningdek Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa - 2 koʻchasi kiritildi. Tafsilotlar - norma.uz portali sharhida.
16.09.21
Prezident tomonidan 14 sentyabr kuni “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Norma.uz portali yangiliklar haqida batafsil yozadi:
15.09.21
Prezident tomonidan 14 sentyabr kuni «Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi.
14.09.21
Prezidentning 10.09.2021 yildagi PF-6310-son Farmoni bir qator bojxona tartib-taomillarini soddalashtiradi. “Norma” portali yangiliklar haqida batafsil yozdi.
13.09.21
Elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirilgan imtiyozlar nafaqat hujjatni shakllantirishda, balki keyinchalik u bilan ishlashda ham koʻrinishi kerak. Buxgalter.uz iltimosiga binoan ushbu pozitsiyani soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA asoslab berdi.
08.09.21
Moliya vazirining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Tafsilotlarni norma.uz sayti tushuntirdi:
08.09.21
Prezident tomonidan 2021 yil 7 sentyabr kuni “Eksportchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat kreditlar ajratish, bojxona toʻlovlari boʻyicha kechiktirish, jarima sanksiyalarini toʻxtatish va transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishni nazarda tutadi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida.
07.09.21
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Prezidentining 11.08.2021 yildagi PF-6277 Farmoni bilan fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga beriladigan nafaqa hamda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʻrniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (bundan buyon – bolalar nafaqasi) tayinlanadi. Mazkur va boshqa nafaqalarni PF-6277 ga muvofiq tayinlash va hisoblash qoidalari toʻgʻrisida buxgalter.uz uchun maxsus “Norma” ekspertlari, huquqshunoslar Lenara XIKMATOVA va Sardor JUMAShOV gapirib berishdi:
31.08.21
1 sentyabrdan boshlab qonun hujjatlaridagi navbatdagi oʻzgartirishlar kuchga kiradi. Buxgalter.uz rahbarlar, buxgalterlar va kadrlar xodimlari bilishlari lozim boʻlgan yangiliklar sharhini taqdim etadi.
30.08.21
27 avgust kuni Senatning XVIII yalpi majlisida boshqa qonunlar qatorida
“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun ham ma’qullandi. Buxgalter.uz asosiy jihatlarni ajratib koʻrsatdi.