Yangi
16.02.26
«Aytingchi, 1 korxona shakli hisobotida «MFY» 12 va 22-satrlari bor. Bu yerga nimani yozishim kerak?
Savolga javob beramiz:
13.02.26
Nazorat-kassa texnikasidan foydalanuvchi tadbirkorlar my3.soliq.uz tizimidagi shaxsiy kabinetlariga unchalik yoqimli boʻlmagan mazmundagi ikkita bildirishnoma olishdi.
Ulardan biri soliq organlari xoʻjalik yurituvchi sub’yektni uning roʻyxatdan oʻtkazilgan joyidan topa olmagan yoki u bir oy mobaynida oʻz kassa apparatidan foydalanmagan taqdirda onlayn-NKT va virtual kassani roʻyxatdan chiqarish mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Ikkinchisi – majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilgan barchaga QQSni qoplashdan bir yil muddatga mahrum qilish bilan tahdid qiladi.
Vahima qilmang! Onlayn-NKMga xizmat koʻrsatish sohasidagi ekspert, «RIG» MChJ direktori Rustam YoQUBOV bilan birgalikda muammolarning oldini olish yoʻllarini koʻrib chiqamiz:
11.02.26
Buxgalterlar 2026 yil yanvar oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini shakllantirishda ularda toʻlangan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari summasi soliq bazasiga tushmaganligiga duch kelishdi. Hisob-kitobda hammasi Hisob-kitobga 4-ilovadagi 011-satrda va 5-ilovadagi 012-satrda toʻgʻri aks ettirildi. Lekin 7-ustundagi 040-satrda faqat mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad summasi koʻrsatiladi.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi:
10.02.26
Kompaniya jismoniy shaxsdan avtomobilni ijaraga oldi. Bunda ijaraga beruvchi Toshkent shahrining bir tumanida, ijaraga oluvchi esa boshqa tumanida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Buxgalter hisobotni qayerga topshirishi kerak – yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joyga yoki jismoniy shaxs roʻyxatdan oʻtgan joyga?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA javob berdi:
09.02.26
Chet ellik fuqarolar Oʻzbekiston kompaniyalarida ishlashi yoki bu yerda oʻz biznesini ochishi mumkin. Shaxsiy va ishbilarmonlik masalalarini hal qilishda ular har bir holatda davlat organlarining «ostonasiga qadam qoʻyishlari» shart emas. Ular ba’zi xizmatlarni elektron shaklda olishlari mumkin.
Buxgalter.uz xorijiy fuqarolarga kerak boʻlishi mumkin boʻlgan asosiy onlayn xizmatlar roʻyxatini tuzdi.
06.02.26
Yangi qoidalarga koʻra, agar EHFda «Qurilish-montaj ishlari» MXIK (11307011001000000) qoʻllanilgan boʻlsa, hisobvaraq-faktura my3.soliq.uz saytida roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnoma asosida tuzilishi kerak.
Agar sizda 2026 yil 1 fevralgacha QMI shartnomalari (masalan, Didox tizimida – «DSI shartnomasi») yuborilgan boʻlsa, my3.soliq.uz saytida ular allaqachon yuborilgan shartnomalar roʻyxatida boʻlishi kerak. Agar yoʻq boʻlsa, roʻyxatdan oʻtishga toʻgʻri keladi.
Buni qanday amalga oshirish mumkinligini buxgalter.uz iltimosiga binoan Didox mijozlar bilan ishlash boʻyicha menejeri Yekaterina KULDAShEVA tushuntirib berdi:
04.02.26
«Kichik xususiy firma egasi direktorni almashtirishga qaror qildi – avvalgi direktorni ishdan boʻshatdi, lekin yangisini rasmiylashtira olmadi, chunki my.mehnat.uz saytida tashkilot kabinetiga kirishning iloji boʻlmadi. Ishdan boʻshatilgan direktorning ERIsi ishlamay qoldi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Eskisini ishdan boʻshatib, yangisini qabul qilmaslik mumkin emas-ku, axir bitta tashkilotda bir vaqtning oʻzida ikkita direktor boʻlishi mumkin emas-ku?»
Buxgalter.uz tushuntiradi:
03.02.26
Korxona Oʻzbekiston norezidentlariga vositachilik xizmatlari koʻrsatib, ularning tovarlarini komissiya shartnomalari boʻyicha realizatsiya qilmoqda.
Ushbu vaziyat boʻyicha soliq oqibatlari – buxgalter.uz sharhida:
02.02.26
Jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatida yoki daromad olish uchun foydalaniladigan oʻzining yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulki qiymatini baholovchi tashkilotlar yordamida mustaqil baholashga haqli. Bunday baholash natijalari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq bazasi sifatida tan olinadi.
Buning uchun koʻchmas mulk egasi soliq organlariga baholovchi tashkilotning hisobotini taqdim etishi lozim. Buxgalter.uz nima va qanday qilish kerakligini aniqlashtirdi:
02.02.26
Xodim sud qarori bilan bolaga aliment toʻlaydi. Soliq bazasi qanday aniqlanadi va ushlab qolinadigan summa qanday hisoblanadi?
Buxgalter.uz tushuntiradi: