Yangi

Xorijiy kompaniyaning UFga qoʻshgan mulkiy hissasi soliq solish maqsadida eksport hisoblanadimi

23.12.25
«Oʻzbekiston korxonasi – ta’sischi xorijiy korxonaning ustav kapitaliga hissa sifatida xorijga temir yoʻl vagonlarini joʻnatadi. Bunday topshirish soliq solish maqsadida eksport hisoblanadimi va unga QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash mumkinmi?» Buxgalter.uz tushuntiradi:

Oʻzbekistonda «13-ish haqi»ni qanday qilib bexato hisoblash va toʻlash kerak

19.12.25
Direktor «13-ish haqi» toʻlanishini e’lon qildi. Yaxshi yangilik, lekin buxgalterda savollar tugʻilishi mumkin: toʻliq boʻlmagan yil ishlaganlarga – yaqinda ishga qabul qilinganlarga, dekretdan chiqqanlarga, toʻlovdan oldin ishdan boʻshaganlarga, oʻrindoshlik asosida, toʻliq boʻlmagan stavkada ishlaganlarga va shu kabilarga mukofotni qanday hisoblash kerak. Oʻzbekistonda «13-ish haqi»ni toʻlash qoidalarini buxgalter.uz saytida tahlil qilamiz:

Muddatli bitim: QQS boʻyicha soliq bazasi qanday aniqlanadi

18.12.25
Muddatli bitim standart bitimdan shunisi bilan farq qiladiki, majburiyatlarning bajarilishi darhol sodir boʻlmaydi. Bunday bitimlar boʻyicha buxgalter QQS boʻyicha soliq bazasini toʻgʻri aniqlashi va bitimning bozor qiymatini tasdiqlashi muhimdir. Maqolada muddatli bitimlar nima ekanligini, ular boʻyicha QQS soliq bazasini qanday aniqlashni va soliqni qanday hisoblab chiqarishni koʻrib chiqamiz.

Ish haqini «teskari» qanday hisoblash mumkin: uning formulasi va namunasi

18.12.25
Rahbar yangi xodim bilan «qoʻlga beriladigan» ma’lum miqdordagi ish haqi toʻgʻrisida kelishib oldi, buxgalterga esa mehnat shartnomasi uchun ma’lum miqdor kerak. Ish haqini teskari hisoblash bu muammoni ikki daqiqada hal qiladi. Maqolada ish haqini «teskari» hisoblash formulasi va JShDS stavkasi 12% boʻlgan hisob-kitob misoli keltirilgan.

Xodim ish haqini naqd pulda toʻlashni talab qilsa

17.12.25
«Tashkilot xodimlarning 100 foiz ish haqini bank kartalariga oʻtkazib beradi. Ammo xodim ish haqini naqd pulda berishni talab qilmoqda. Ish beruvchi qonunchilik talablaridan kelib chiqib qanday yoʻl tutishi kerak?» Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan «Norma»ning kadrlar masalalari boʻyicha eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

1S:Buxgalteriya 8.3 dasturida valyuta oldi-sotdisi operatsiyalari qanday aks ettiriladi

11.12.25
Yetkazib beruvchilar va hamkorlar bilan hisob-kitob qiladigan, shuningdek, chet el valyutasida eksport tushumini oladigan tashkilotlar valyutani sotadi va sotib oladi. Buxgalterlarning konvertatsiya operatsiyalarini 1Sda aks ettirishda eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolari – bu konvertatsiya hisobvaraqlaridagi muallaq qoldiqlar va notoʻgʻri kurs farqlari. Buxgalter.uz iltimosiga binoan «AALOEXPERT» MChJ buxgalteriya kompaniyasi asoschisi, bosh buxgalter Anastasiya ALFYoROVA ushbu masala boʻyicha amaliy tavsiyalar bilan oʻrtoqlashdi:

Korxona chet el kompaniyasidan yuk avtomobilini ijaraga olsa

10.12.25
Vaziyat: Oʻzbekiston korxonasi Toshkentda xorijiy kompaniyadan yuk mashinasini 20 kunga ijaraga oladi. Ishlarni amalga oshirish joyini qanday aniqlash mumkin? Oʻzbekiston korxonasi QQS toʻlashi shartmi? Buxgalter.uz tushuntiradi:

MIB xodimning qarzini toʻlashni talab qilsa, buxgalter nima qilishi kerak

05.12.25
«Soliq toʻlovchining kabinetiga MIBning xodim uchun qarzdorlikni soʻndirish toʻgʻrisidagi talabi kelib tushdi. Xodimning ta’kidlashicha, u qarzni allaqachon toʻlagan, biroq MIB veb-saytida qarz faol holatda aks ettirilgan. Qolaversa, bu borada xodim bilmaydigan qandaydir sud qarori borligi ma’lum boʻldi. Bu vaziyatda qanday yoʻl tutishimiz kerak va oxir-oqibat uning maoshidan ortiqcha mablagʻ toʻlasak, nima boʻladi?» Biz shunga oʻxshash vaziyatga duch kelganmiz va oʻz misolimizda undan kompaniya uchun ham, xodim uchun ham eng kam xavf-xatarlar bilan qanday chiqib ketishni tushuntirib bera olamiz. Buxgalter.uz tushuntiradi (va qayta chop etishda manbani koʻrsatishni iltimos qiladi):

Korporativ karta orqali toʻlanganda EHF rasmiylashtirish mumkinmi

03.12.25
«Korxona xizmat avtotransporti uchun benzinni korporativ karta orqali toʻlagan. Ammo buxgalter keyingi oyning 10-sanasigacha NKT chekini roʻyxatdan oʻtkazishga ulgurmadi. Bunday holatda QQSni hisobga olishni hisobotda aks ettirish uchun yetkazib beruvchidan EHF taqdim etishni talab qilish mumkinmi?» Buxgalter.uz tushuntiradi:

IT-park rezidenti ta’sischiga dividendlarni qanday toʻlashi kerak

02.12.25
Korxona – IT-park rezidenti, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi ta’sischiga dividend toʻlashni rejalashtirmoqda. Dividendlarni toʻlashda soliqni ushlab qolish kerakmi? Qaysi hisobotni taqdim etish kerak? Buxgalter.uz tushuntiradi: