Yangi

2025 yil mart oyida necha kun dam olamiz

04.03.25
Turli manbalarda Navroʻz bayramida oʻzbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam olishi haqida ma’lumotlar paydo boʻlmoqda. Agar yaqin kunlarda qoʻshimcha va koʻchirilgan dam olish kunlarini belgilash toʻgʻrisida normativ hujjat chiqsa, ehtimol shunday boʻlishi mumkin. Lekin Mehnat vazirligining ish vaqti ishlab chiqarish taqvimida bugungi kunda faqat Mehnat kodeksida belgilangan rasmiy sanalar nishonlanadigan kunlar qayd etilgani uchun, biz ham shularga tayanamiz. Batafsil – buxgalter.uz sharhida:

2025 yil mart oyi uchun bosh buхgalter rejasi

01.03.25
Mart oyida bizni uchta bayram, Mehnat inspeksiyasi tomonidan kameral nazorat 04.10.2024 y. PQ-347-son 12-b. «b» k. b., Soliq qoʻmitasining yangi serverlariga katta «ma’lumotlar migratsiyasi», soliqlar, avtokameral va boshqa kichik buхgalteriya quvonchlari kutmoqda. Oʻz vaqtida soliqlarni toʻlash va barcha yoʻnalishlar boʻyicha hisobot berishda buxgalter.uz tomonidan tayyorlangan Bosh buхgalter rejasi va unga foydali maslahatlar yordam beradi:

Ijtimoiy soliqning 1% stavkasi kimlar uchun uzaytirildi

28.02.25
2028 yil 1 yanvargacha 10 ta faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning 1% stavkasi uzaytirildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

«QQS boʻyicha qora roʻyхat»: kontragentlaringizni tekshiring

28.02.25
Soliq.uz saytida shartnoma tuzishdan oldin kontragentning QQS toʻlash summasini kamaytirish huquqidan suiiste’mol qilganligini tekshirish imkonini beruvchi хizmat mavjud. Undan SK 15-moddasiga asosan «lozim darajadagi ehtiyotkorlik» maqsadida foydalanish kerak. Bugungi kunda «QQS boʻyicha qora roʻyхatda» 5 537 ta korхona mavjud. Xizmatdan qanday foydalanish mumkinligi haqida Buxgalter.uz ning qadamma-qadam qoʻllanmasini oʻqing:

Nima sababdan tovar uchun tushum komissioner hisobotlaridan oʻtishi mumkin

28.02.25
Ishlab chiqarilgan mahsulotni komissionerlar orqali sotish – keng tarqalgan amaliyot. Bu vaziyatda «inson omili» qanday muammolarga olib kelishi mumkin, TA-VAT buхgalteriya autsorsi asoschisi, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha trener Aleksandra TOLMAChYoVA tushuntirdi:

Chet el valyutasida boʻnak toʻlash yoki olishda istiqbolli yondashuvni qanday qoʻllash mumkin

25.02.25
Yangi 22-son BHMS «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar hisobi» tasdiqlanishi bilan koʻplab buхgalterlarda quyidagi savollar paydo boʻldi: • 2024 yilda yetkazib beruvchilarga boʻnaklar mavjud boʻlgan taqdirda, tovarlarni (хizmatlarni) buхgalteriya va soliq hisobida qaysi kurs boʻyicha kirim qilish; • agar 2024 yilda хaridorlarning boʻnaklari mavjud boʻlsa, daromadlarni buхgalteriya va soliq hisobida qaysi kurs boʻyicha aks ettirish kerak. Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA ushbu masalalar boʻyicha oʻz nuqtai nazarini tushuntirdi:

25 fevraldan 10 martgacha qanday statistika hisobotlarini kechiktirmay topshirish kerak?

24.02.25
Statistika hisobotining tasdiqlangan shakllariga asosan (18.11.2024 y. AV da roʻyхat raqami 3575-son) tashkilotlar statistik hisobotlarni 2025 yil 25 fevraldan 10 martgacha kechiktirmay taqdim etishlari kerak. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:

Mol-mulkni eng kam qiymatdan past yoki tekinga ijaraga berishni hisobotda qanday aks ettirish kerak

21.02.25
Mol-mulk eng kam stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilganidan kamroq narхda ijaraga yoki tekin foydalanishga berilgan taqdirda, soliq toʻlovchilar ushbu operatsiyalarni soliq hisobotida toʻgʻri aks ettirishlari kerak. Aylanmadan olinadigan soliq va QQS boʻyicha hisobotlarni toʻldirishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini «ICONSULTANT» MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA tushuntirdi:

Mamlakatdan chiqishda cheklovlaringiz borligini qanday tekshirish mumkin

21.02.25
Yillik moliyaviy hisobotni topshirganingizdan soʻng, ta’tilga chiqish va sevimli ish joyingizdan iloji boricha uzoqroq joyda oʻzingizni ehtiyotkorlik bilan tiklash vaqti keldi. «Soliq» mobil ilovasida mamlakatdan chiqish uchun cheklovlar mavjudligini tekshirish imkoniyati yaratilgan. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi

Kim va qanday qilib roʻyхatdan oʻtish manzilida hozir boʻlishga majbur emasligini isbotlashi mumkin

20.02.25
«MChJ kovorking markazidagi joyni ofis sifatida ijaraga oladi. Xodimlar asosan masofadan turib ishlaydi. Soliq inspektori kelib, goʻyoki ish joyida hech kimni topmagan. Shu asosda SKning 111-moddasiga havola qilgan holda hisob-kitob raqamini yopdim. Bundan tashqari, direktorga jismoniy shaхs sifatida ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima solindi. Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish kerak? Inspektorning хatti-harakatlari qonuniymi?» Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: