Yangiliklar
02.11.23
Barcha davlat mulki ob’yektlarini savdoga chiqarish, auksionlar va ularning natijalari toʻgʻrisida axborot joylashtiriladigan Portal yaratiladi. Ushbu tizim soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
VMning Portalni tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 2023 yil 28 oktyabrdagi 572-son qarori qabul qilindi.
31.10.23
Onlayn-NKM cheklarida yangi rekvizit – tovarlarning kelib chiqishi paydo boʻldi. Ilgari u hisobvaraq-fakturalarga joriy etilgandi. Buxgalter.uz Soliq qoʻmitasiga savollar bilan murojaat qildi:
1. Chekdagi ushbu rekvizit majburiymi?
2. Chekda tovarning kelib chiqishi koʻrsatilmasa, nima boʻladi?
3. Chekda tovarning kelib chiqishini aks ettirishni qanday sozlash kerak?
Savollarga Soliq qoʻmitasining Soliq solish uslubiyati departamenti mutaxassislari javob berishdi:
27.10.23
1 noyabrdan boshlab qonun hujjatlariga navbatdagi oʻzgarishlar toʻplami kuchga kiradi. Buxgalter.uz sharhida – muhim yangiliklar haqida.
24.10.23
Onlayn-NKTning sotish cheklarida yoʻl qoʻyilgan texnik xatolarni tuzatish mumkin boʻlgan muddat oʻzgartirildi. U 10 kunga – sotish cheki shakllantirilgan oy uchun QQS yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq hisobotini topshirish sanasiga qadar uzaytirildi.
Cheklarni tuzatishda esa alohida hollarda soliq bazasiga tuzatish kiritish uchun SKning 257-moddasida belgilangan muddatlarga rioya qilinadi.
Oʻzgartirishlar VMning 18.10.2023 yildagi 548-son qarori bilan kiritildi.
23.10.23
2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq toʻlovchi QQS, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirishni tanlashi mumkin boʻladi. Tegishli Nizom 18.10.2023 yildagi 548-son VMQ bilan tasdiqlangan.
06.10.23
Soliq qoʻmitasi 1 oktyabr holatiga yirik soliq toʻlovchilarning yangilangan roʻyxatini e’lon qildi. 737 ta soliq toʻlovchining maqomi yirik soliq toʻlovchilar etib qayta malakalangan. Ular 5 kun mobaynida shaxsiy kabinetlariga xabarnoma olishadi.
Roʻyxatga yangi kiritilganlar qanday vazifalarni zudlik bilan hal qilishlariga toʻgʻri kelishi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi.
27.09.23
Navbatdagi oʻzgarishlar toʻplami yangi oy boshlanishi bilan kuchga kiradi. Tadbirkorlar uchun eng muhim yangiliklarni biz buxgalter.uz toʻplamida sanab oʻtdik.
25.09.23
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalarni olib kirish QQS va bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi. Ushbu roʻyxat 19.09.2023 yildagi 482-sonli VMQ bilan toʻldirildi.
19.09.23
2023 yil 1 oktyabrdan boshlab Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi amalga oshiriladi. Biznesni rivojlantirish banki Dasturni amalga oshirish va takomillashtirib borish boʻyicha asosiy tayanch bank boʻladi.
18.09.23
1 oktyabrdan boshlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar uchun yangi MXIK kodlarini qoʻllash majburiy boʻladi.
MXIKdagi oʻzgarishlarning sababi va yangilangan roʻyxat bilan ishlashga qanday tayyorgarlik koʻrish kerakligi haqida Soliq qoʻmitasi mutaxassislari soʻzlab berishdi.
14.09.23
13 sentyabrdan 23 sentyabrga qadar Soliq qoʻmitasi tomonidan onlayn-NKM, virtual kassa, marketpleys va elektron toʻlovlar tizimlarining 2022 yil uchun cheklarida komitentning MXIK va STIRiga tuzatish kiritish imkoniyati taqdim etildi.
14.09.23
Prezident «Oʻzbekiston-2030» strategiyasini va uni 2023 yilda amalga oshirish choralarini tasdiqladi. Strategiya jamoatchilik muhokamasi asosida ishlab chiqildi. Yangiliklar va oʻzgarishlarning bir qismi yaqin vaqt ichidayoq kuchga kiradi.
12.09.23
2024 yil 1 yanvardan e’tiboran iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan soliq organlari ishtirokidagi ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga oʻtkaziladi. Shuningdek, soliq nizolari boʻyicha da’vo qilinadigan muddatlar ham qisqartiriladi. Joriy qilingan yangilik haqida Soliq qoʻmitasining soliq solish metodologiyasi departamenti mutaxassislari batafsil ma’lumot berdilar.
12.09.23
Kameral tekshiruv doirasida soliq toʻlovchining hududiga kirish, hududni va binoni koʻzdan kechirish, soliq toʻlovchidan hujjat talab qilib olish hamda uni chaqirish, soliq toʻlovchining hujjatlari va ashyolarini olib qoʻyishga endi QQSni qoplash masalasi koʻrib chiqilgandagina yoʻl qoʻyiladi. Qolgan barcha kameral tekshiruvlarda bularni qilish taqiqlanadi.
Joriy qilingan yangilikka Soliq qoʻmitasining soliq solish metodologiyasi departamenti mutaxassislari tushuntirish berdilar.
11.09.23
QQS toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma endi faqat soliq toʻlovchi soxta yoki tovarsiz bitimlarni amalga oshirganligi aniqlangan holatlarda toʻxtatib turiladi.
Qolgan barcha holatlarda QQS guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish tartib-taomili Prezidentning 04.09.2023 yildagi PQ-292-son qarori bilan bekor qilindi.
Yangiliklarni Soliq qoʻmitasining Soliq solish metodologiyasi departamenti mutaxassislari tushuntirib berdilar.
06.09.23
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da (04.09.2023 yildagi PQ-292-son qaror) tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Ular jumlasida mablagʻlari yetarli boʻlmaganlar uchun kreditlarni soʻndirishning yangi tartibini joriy etish, imtiyozli kreditlarning har xil turlari mavjud. Demak, biznes qanday qoʻllab-quvvatlanishi haqida – bizning sharhimizda.
06.09.23
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Yoʻl xaritasi tasdiqlandi. Unda soliq organlarining tadbirkorlar bilan hamkorligiga alohida e’tibor berilgan. Belgilangan vazifalardan koʻpi amalga oshirilmoqda va tadbirkorlar ushbu ishning natijasini koʻrishmoqda.
31.08.23
Sentyabr oyida qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartirishlarning navbatdagi paketi kuchga kiradi. Buxgalter.uz yangiliklar toʻplamini taqdim etadi.
25.08.23
2023 yil 22 avgustdan maxsus Nizomga soliq toʻlovchilarni ixtiyoriy tugatishda soliqlarga doir xulosa berishga taalluqli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kuchga kirdi.
19.08.2023 yildagi 400-son VMQda nazarda tutilgan yangiliklar oʻz tashkilotini ixtiyoriy tugatayotgan tadbirkorlarning soliq maslahatchilari bilan hamkorligini qanday oʻzgartirishi va bunda nimani koʻzda tutish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:
22.08.23
Mol-mulkni ijaraga berishdan, noturar joy va 36 kalendar oydan kam muddatda shaxsiy mulki boʻlgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi boʻlmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlardan deklaratsiya asosida JShDS toʻlanadi. Endi deklaratsiya asosida daromad soligʻi hisoblanganlarga soliq organlari tomonidan manzilli tarzda yoʻllanadigan SMS-xabar soliqni oʻz vaqtida va oson toʻlashga yordam beradi.