Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2023 yil uchun mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday topshiriladi
Kecha imtiyozlarni notoʻgʻri qoʻllash muammosiga duch kelgan soliq toʻlovchilar, bugun hisob-kitobni yangi ma’lumot bilan topshirishlari mumkin.
Buxgalter.uz Soliq qoʻmitasida tafsilotlarni aniqlashtirdi:
– 20 yanvar
boʻnak toʻlovlari miqdorini hisoblab chiqarish uchun joriy yil uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishning soʻnggi kuni
. 2023 yil uchun yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma shakllari my.soliq.uzda joylashtirilgan:
- 10401_29-sonli shakl – aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun;
- 10401_30-sonli shakl – barcha qolgan yuridik shaхslar uchun.
Norezidentlar ma’lumotnomani taqdim etishmaydi.
30.06.2017 yildagi PF-5099-son Farmonga muvofiq soliqni soliq solinadigan bazaning 1%i miqdorida toʻlash huquqiga ega boʻlgan va teхnik sabablarga binoan imtiyozni toʻliq hajmda qoʻllay olmagan soliq toʻlovchilar, endi buni amalga oshirishlari mumkin.
Tegishincha, agar siz mazkur sababga koʻra ilgari nol koʻrsatkichli ma’lumotnomani topshirgan boʻlsangiz, bugun uni toʻgʻri hisob-kitob bilan qayta topshirishingiz mumkin.
Yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatlari:
- aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun – yillik soliq summasining 1/4 miqdorida har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay;
- barcha qolganlar uchun – yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay. Bunda 2023 yilning yanvar oyi uchun 20 yanvardan kechiktirmay toʻlash lozim.
Manbaga qarang.
Sizga quyidagi qoʻshimcha tushuntirishlar asqotishi mumkin:
- Yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq qanday hisoblab chiqariladi;
- Yuridik shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq eng kam qiymatni hisobga olgan holda qanday hisoblab chiqariladi;
- Mol-mulk soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi;
- 2023 yilda mol-mulk soligʻini qanday toʻlaymiz;
- 2023 yilda mol-mulk soligʻi hisob-kitobi uchun ob’yektlarni mustaqil baholash mumkinmi;
- Soliq solish ob’yekti boʻlmasa, resurs soliqlari boʻyicha “nol koʻrsatkichli hisobotlar” topshirish kerakmi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi