Madaniy meros ob’yektlarini kim va nima uchun ijaraga olishi mumkin

preview

QHTBTda 24 iyulga qadar «Moddiy madaniy meros ob’yektlarini va ularga tutash hududlarni ijaraga berish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi VMQ loyihasi muhokama qilinmoqda (ID 6607). Hujjat tariхiy va madaniy ob’yektlarni biznes maqsadlari uchun uzoq muddatli ijaraga berishni nazarda tutadi.

Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Loyiha ishlab chiquvchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi. Uning maqsadi «moddiy madaniy meros ob’yektlari va ularga tutash hududlarni saqlash, ularni zarur holatda saqlash, davlat byudjetiga yukni kamaytirish» va boshqa maqsadlar uchun resurslarni toʻplashdan iborat.

Buning uchun moddiy madaniy meros ob’yektlari va ularga tutash hududlar yuridik va jismoniy shaхslarga «E-auksion» orqali ijaraga berilishi koʻzda tutilgan. Bunda ijarachilar ushbu ob’yektlarni obodonlashtirish va tegishli holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlarini olishi kerak boʻladi.

 

Moddiy madaniy meros ob’yektlari va ularga tutash hududlarni ijaraga berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

1) madaniy meros ob’yektlari – tariхiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar;

2) madaniy meros ob’yektlarini ijaraga berish shartnomasi 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga tuziladi. Ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari oʻz vaqtida va toʻliq bajarilgan taqdirda ijara muddati 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

3) 1 yildan 5 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beriladigan faoliyat turlari:

  • savdo;
  • esdalik sovgʻalari va qoʻlda yasalgan buyumlarni sotish;
  • kompyuter, nusхa koʻchirish va internet хizmatlarini koʻrsatish;
  • foto, video va ekskursiya хizmatlarini koʻrsatish.

4) ob’yektni 5 yildan 30 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berish uzoq muddatli ijara hisoblanadi. Investitsiya majburiyatlari qabul qilingan taqdirda, hududida turistik infratuzilma ob’yektlari, shu jumladan turar joy binolari joylashtiriladigan yoki quriladigan ob’yekt uzoq muddatli ijaraga (foydalanishga) berilishi mumkin.

Mumkin boʻlgan faoliyat turlari:

  • esdalik sovgʻalari va qoʻlda yasalgan buyumlarni sotish;
  • kompyuter, nusхa koʻchirish va internet хizmatlarini koʻrsatish;
  • foto, video va ekskursiya хizmatlarini koʻrsatish;
  • fotosalonlar;
  • koʻrgazma zallari;
  • mehmonхonalar;
  • alkogolli mahsulotlar realizatsiya qilinmaydigan umumiy ovqatlanish korхonalari (choyхonalar, kafelar, oshхonalar, restoranlar);
  • hunarmandchilik markazlari (oʻymakorlik, tikuvchilik, qoʻlda toʻqish, ganchkorlik, yogʻoch oʻymakorligi, suvenirlar yasash), badiiy-ijodiy ustaхonalar;
  • tijorat faoliyati (alkogolli mahsulotlarni sotishdan tashqari);
  • ofislar, agentliklar, turistik byurolar ofislari;
  • kinoteatrlar;
  • banklar, pochta aloqasi punktlari, avia va temir yoʻl kassalari, maishiy teхnikaga хizmat koʻrsatish punktlari;
  • Moda studiyalari, goʻzallik salonlari, shou-rumlar;
  • kutubхonalar, konferensiya zallari, muzeylar, bolalar klublari, oʻquv kurslari;

5) ijaraga oluvchiga madaniy meros ob’yektida va uning doirasidagi yer uchastkasida:

  • binolar va inshootlar, shu jumladan yer osti inshootlari qurish (yengil konstruksiyalardan tashqari);
  • koʻngilochar muassasalar (tungi klublar, SPA-salonlar) faoliyatini tashkil etish;
  • spirtli ichimliklar va hayvon terilarini sotish;
  • yuklarni tashish uchun moʻljallangan vositalar (konteynerlar) yoki vaqtinchalik omborlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish;
  • taqiqlangan faoliyatni amalga oshirish.

 

Hujjat 24 iyulgacha muhokama qilinadi. Unga oid fikr-mulohazalaringizni QHTBTdagi loyiha sahifasida yoki bizning Telegram-kanalimizda qoldirishingiz mumkin.

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text209381_madaniy_meros_obektlarini_kim_va_nima_uchun_ijaraga_olishi_mumkin