«Bank xizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizom»ga kiritilgan navbatdagi tuzatishlar paketi iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda tizimli yondashuvni mustahkamlaydi, mijozlarga yoʻnaltirilganlikni va bank rahbariyatining shaxsiy mas’uliyatini oshiradi.
Hujjat Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan qabul qilingan boʻlib, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy oʻtgach – 2026 yil 4 sentyabrdan kuchga kiradi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida. ...
Taklif etilayotgan 70-sonli MHMS «Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi» agrar sektorda buxgalteriya hisobi tizimini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu hujjat qishloq xoʻjaligining oʻziga xos xususiyatlariga yoʻnaltirilgan birinchi sohaviy standart boʻladi.
Regulation.adliya.uz portalida jamoatchilik muhokamasi uchun 70-sonli Moliyaviy hisobotning milliy standarti (MHMS) «Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi» loyihasi (loyiha ID-si: 10841) taqdim etildi.
Muhokamada 2026 yil 11 avgustga qadar havola orqali ishtirok etish mumkin.
Batafsil – buxgalter.uz saytida. ...
Vazirlar Mahkamasining 29.07.2026 yildagi 416-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan mahsulotlarga nisbatan tarif kvotalari tizimini Jahon savdo tashkiloti (JST) standartlariga moslashtirgan holda isloh qilinadi. Hujjat ushbu kvotalarni taqsimlashning aniq, shaffof va toʻliq raqamlashtirilgan mexanizmini joriy etadi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytidagi sharhda: ...
27.07.2026 yilda qabul qilingan OʻRQ-1161-son Qonun davlat organi yoki uning mansabdor shaxsining noqonuniy qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyonning qonuniy qoplanishini kafolatlagan holda yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy oʻtgach – 2027 yil 28 yanvardan kuchga kiradi. ...
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilishi e’tirof etilgan MHXSga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (24.07.26 y. AV roʻyxat raqami 3400-son, Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi). Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan – 25.07.2026 yildan kuchga kirdi. ...
Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Prezident Farmoni loyihasi Oʻzbekiston sugʻurta bozorini 2030 yilgacha isloh qilishning keng koʻlamli dasturi hisoblanadi.
Loyihada yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni sugʻurta qilishning yangi majburiy turlari, sugʻurta agentlarining vositachilik haqini cheklash, sugʻurta mukofotlarining soliq keshbeki nazarda tutilgan boʻlib, soha nazorati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Soliq qoʻmitasi tizimlari orqali avtomatik rejimga oʻtkazilmoqda.
Muhokamada 2026 yil 6 avgustgacha havola orqali ishtirok etish mumkin.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 20.07.2026 yildagi 393-sonli yangi VMQ bilan oʻzgartirishlar kiritildi.
Endilikda Nizomda soliqchilarning kameral tekshiruvda soliq toʻlovchining asoslantirishlarini koʻrib chiqish va ularga belgilangan shakllar boʻyicha javob berish majburiyati rasman mustahkamlab qoʻyildi. Shuningdek, sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazish asoslari kengaytirildi.
Batafsil – buxgalter.uz sharhida: ...
Oʻzbekistonda oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik uskunalar importi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat SK 246-m. 6-b. boʻyicha QQS va bojxona boji toʻlashdan ozod etiladi. Roʻyxat 20.07.2026 yildagi 393-son VMQga muvofiq toʻldirildi: ...
Regulation.adliya.uz portalida «Lizing xizmatlari koʻrsatish sohasini takomillashtirish»ga qaratilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi (loyiha ID: 10115). Lizing kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi ustidan nazoratni kuchaytirish, yillik auditni joriy etish, fuqarolar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun lizing xizmatlari bozorini ochish rejalashtirilmoqda.
Muhokamada 2026 yil 6 avgustgacha ishtirok etish mumkin.
Loyiha mazmuni haqida batafsil – buxgalter.uz sharhida. ...
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasining qarori (21.07.2026 y. AV roʻyxat raqami 3905-son) bilan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va QQSning «nol» stavkasi boʻyicha soliq solinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxati tasdiqlandi.
Yangi roʻyxatni buxgalter.uz saytida yuklab olish mumkin: ...
20.07.2026 yildagi 393-son VMQ bilan kiritilgan tuzatishlar hisob-kitoblarni yanada raqamlashtirishga, ulgurji va chakana savdoda naqd pulsiz toʻlov usullarini kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, ular belgilangan qoidalarni buzganlik uchun sotuvchilarning javobgarligini kuchaytiradi. Oʻzgartirishlar qonun hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida kiritilgan.
Ayrim tuzatishlar sharhi buxgalter.uz saytida keltirilgan: ...
20.07.2026 yildagi 393-son yangi VMQ bilan QQS summasini qoplash tartibi va hisobvaraq-fakturalar shakllari toʻgʻrisidagi nizomlarga tuzatishlar kiritildi. Batafsil ma’lumot buxgalter.uz saytida: ...
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi fuqarolarning ShJBPHga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlari qismida JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qildilar. Bu ishlayotgan pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun nimani anglatishini buxgalter.uz saytida oʻqing: ...
2026 yil 17 sentyabrdan kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari oʻzgaradi. Rezidentlarga chet elga limitlar doirasida sarmoya kiritish osonlashadi, operatsiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish elektron formatga oʻtkaziladi.
Shu bilan birga, bankka ma’lumotlarni taqdim etish boʻyicha yangi talablar paydo boʻladi va nazorat kuchaytiriladi. Batafsil – buxgalter.uz saytida: ...
Markaziy bank tashqi savdo shartnomalari boʻyicha maxsus valyuta hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanish qoidalarini oʻzgartirdi. Endi tashqi savdo shartnomasi boʻyicha rejalar oʻzgargan boʻlsa, ortiqcha valyuta operatsiyalarini amalga oshirish talab etilmaydi. Batafsil – buxgalter.uz saytida: ...
Prezidentning 15.07.2026 yildagi PQ-265-son qarori bilan bir qator muhim normalar, jumladan, ayrim hollarda jismoniy shaxslarni turar joy koʻchmas mulkini sotishda JShDSdan ozod etish, reklama tarqatuvchi kompaniyalarga nisbatan yangi talablar joriy etilmoqda. Batafsil ma’lumot buxgalter.uz saytida: ...
Vazirlar Mahkamasining 08.07.2026 yildagi 373-son qarori bilan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmi – ishbilarmonlik turizmi (MICE-turizm) tadbirlarini tashkil etuvchilar uchun QQSning 50 foizini qaytarish joriy etilmoqda. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini soliq va bojxona organlarida oʻzaro hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi (loyiha ID: 10721).
Muhokamada 2026 yil 18 iyulgacha regulation.adliya.uz portalidagi havola orqali ishtirok etish mumkin.
Loyiha mazmuni haqida batafsil – buxgalter.uz sharhida. ...
7.07.2026 yildagi OʻRQ-1157-son Qonun Kreativ industriya parki rezidentlari loyihalarida xorijiy pudratchilarni birdaniga uchta soliqdan ozod qildi. Davlat buyurtmachilariga xalqaro madaniy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilishga ruxsat berildi. Yangi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar sharhi – buxgalter.uz saytida. ...