Yangi
10.03.26
Retsept boʻyicha beriladigan dori-darmonlarni chakana sotish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bir necha baravar oshdi. 2026 yil 6 martdagi OʻRQ-1120-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Hujjat 7 martdan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
10.03.26
Prezidentning 6.03.2026 yildagi PQ-87-son qarorida ipakchilik klasterlari va korxonalari uchun yangi soliq imtiyozlari nazarda tutilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
10.03.26
Prezidentning 5.03.2026 yildagi PF-35-son Farmonida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish yoki ularni qayta ishlash sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi korxonalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari nazarda tutilgan. Bunda Toshkent farmatsevtika parki innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteriga aylantiriladi.
Tarmoq korxonalarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, shuningdek farmatsevtika mahsulotlarining sifati va xavfsizligi boʻyicha yangi talablar toʻgʻrisida – buxgalter.uz sharhida:
05.03.26
Ijodiy faoliyat turlari vakillari – kompaniyalar va jismoniy shaxslar – Kreativ industriya parkining rezidentlari boʻlishlari mumkin. Ular Vazirlar Mahkamasining 03.03.2026 yildagi 90-son qaroriga muvofiq muayyan talablarni bajarishga majbur boʻladilar va buning uchun soliq imtiyozlarini olishlari mumkin.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
05.03.26
Prezidentning 21.02.2026 yildagi PQ-70-son qarorida Qoraqalpogʻistonda biznesni qoʻllab-quvvatlashning quyidagi choralari nazarda tutilgan: soliq imtiyozlari, EIZ hududini kengaytirish va yangi klaster, turizmni rivojlantirish uchun ragʻbatlantirish.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.
03.03.26
Oʻzbekistonda 2 martdan boshlab atrof-muhitga ta’sir koʻrsatish boʻyicha I va II toifadagi korxonalarni ekologik toza ishlab chiqarishga oʻtkazishda ularning harakatlarini ragʻbatlantirish tartibi amal qiladi. Chora-tadbirlar 28.02.2026 yildagi 85-son VMQda nazarda tutilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
27.02.26
Biz 2026 yil mart oyidan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlarning an’anaviy sharhini tayyorladik. Ular ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga taalluqlidir.
Shunday qilib, Oʻzbekistonda 2026 yil 1 martdan boshlab:
25.02.26
Ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etayotgan tadbirkorlik sub’yektlari tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish uchun mablagʻ olishi mumkin. Bundan tashqari, ularga barqarorlik reytingida qoʻshimcha ballar beriladi. Bu 23.02.2026 yildagi yangi 75-son VMQda nazarda tutilgan. Batafsil – buxgalter.uz sharhida:
23.02.26
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi qoʻshma xat bilan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarni aniqlashda kurs farqlarini hisobga olish va soliqqa tortish boʻyicha yondashuvni aniqlashtirdi.
Eslatib oʻtamiz: 2022 yildan boshlab Soliq kodeksining 320-moddasiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlib, unga koʻra boʻnaklar qayta hisoblanmaydi. Bunda soliqchilar tovarlar (xizmatlar) tannarxini, shuningdek oldindan toʻlov amalga oshirilgan valyuta shartnomalari boʻyicha daromadlarni xarajatlar (daromadlar) tan olingan sanadagi kurs boʻyicha aniqlardilar. Bu SKning 320-moddasi 5-qismiga muvofiq emas edi. Va bu muammo tufayli avtokameral ham notoʻgʻri ishlagan.
Endi esa har ikki idora ham tadbirkorlar va soliq maslahatchilarining koʻplab murojaatlaridan soʻng umumiy qarorga keldi. Ushbu qoʻshma xat (20.02.2026 y. 03/41/04 va 18/2-15262-son) endilikda bu norma toʻgʻri va bir xilda talqin qilinishi, shuningdek «avtokameral» formulalari oʻzgartirilishiga umid uygʻotadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va SK qoʻshma xatining mazmuni hamda soliq maslahatchisi Irodaxon ABBOSXONOVAning sharhi – buxgalter.uz sharhida:
19.02.26
28 fevralga qadar QHTBTda oziq-ovqat biznesi operatorlarining davlat nazorati va reyestrini yaratish toʻgʻrisidagi VMQ loyihasi muhokama qilinadi. Hujjat quyidagilarni belgilovchi ma’muriy reglament va nizomni oʻz ichiga oladi:
ushbu reyestrga kimlar va qanday kiritiladi,
belgilangan talablar va mezonlarga javob bermaydiganlarni nima kutmoqda
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: