Yangi
13.02.26
Vazirlar Mahkamasining 11.02.2026 yildagi 56-son qarori bilan Oʻzbekiston va hamkor davlatlar oʻrtasida raqamli markirovkalash kodlarini oʻzaro tan olish tartibi tasdiqlandi. 1 iyundan boshlab ushbu mexanizm suv va salqin ichimliklar uchun joriy etilmoqda, bu esa import qiluvchilarning markirovkalash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.
11.02.26
QHTBTda 8 fevraldan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Nizom umumxalq muhokamasiga qoʻyildi.
Biz tushunganimizdek, bu – NHHning davlat tiliga tarjimasi boʻlib, bu haqda uning muqaddimasida toʻgʻridan-toʻgʻri aytilgan. Shunga koʻra, 1996 yildagi 285-sonli eski VMQ uning qabul qilinishi bilan oʻz kuchini yoʻqotishi aniq. Shu bilan birga, asosiy jihatlar oʻzgarmaganini tekshirib koʻrish kerak...
Buxgalter.uz saytida mavzuni koʻrib chiqamiz:
11.02.26
Prezidentning 05.02.2026 yildagi PQ-47-son qarorida ayrim hollarda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 2 baravar oshirish nazarda tutilgan, suvni tejaydigan texnologiyalarga subsidiya va kreditlar olishning yangi qoidalari joriy etilgan hamda ushbu sohada davlat nazorati kuchaytirilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
10.02.26
05.02.2026 yildagi OʻRQ-1117-son Qonun bilan NHHlar oʻrtasidagi ayrim ziddiyatlar bartaraf etildi. Xususan, unda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliqni toʻlash tartibi va miqdori aniqlashtirildi, yigʻimlarni belgilash boʻyicha vakolatlar chegaralandi va sud tomonidan ruxsat beruvchi hujjatlarni toʻxtatib turish muddatlariga tuzatish kiritildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.
05.02.26
Soliq qoʻmitasi tomonidan MHXSni qoʻllaydigan yuridik shaxslar uchun yangi soliq hisoboti shakli tasdiqlandi (04.02.2026 y. AV roʻyxat raqami 3221-9-son).
Uning shakli va taqdim etish muddatlari toʻgʻrisida buxgalter.uz saytida batafsil oʻqing:
05.02.26
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga navbatdagi tuzatishlar kiritildi. Tuzatishlar ikkita tasniflagichga – bojxona postlariga hamda BYuDni toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlariga taalluqli boʻldi.
Oʻzgartirishlar 4 fevraldan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter .uz sharhida:
04.02.26
2026 yildan boshlab birinchi marta soliq toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar uchun foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz amal qiladi. Ular bir yilga foyda soligʻidan ozod qilinadi. Bunda imtiyoz barcha «yangi kelganlar»ga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan yangi imtiyozni qoʻllash tartibini Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati departamenti boʻlim boshligʻi Fazliddin OʻKTAMOV tushuntirdi:
03.02.26
Iqtisodiyot va ekologiyaning oʻzaro ta’siri nuqtai nazaridan juda murakkab hujjat 30 yanvar kuni qabul qilindi. Gap Vazirlar Mahkamasining «Qurilish ob’yektlarining arzon qum-shagʻal materiallariga boʻlgan talabini qondirish va ularning narxlari barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 39-son qarori haqida bormoqda.
2024 yil may oyida Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Suxondaryo daryolari havzalarida qayta tiklanmaydigan mineral resurslarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilishi qurilish sohasini noqulay ahvolga solib qoʻydi (xomashyo kam, narx qimmat). Endi esa 39-sonli VMQ ushbu daryolar oʻrniga bunday qazib olishga ruxsat beriladigan boshqa suv havzalari roʻyxatini tasdiqlamoqda.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
03.02.26
2026 yil 1 martdan boshlab Oʻzbekistonda uy-joy mulkdorlari yashash manzili va ushbu ob’yektda roʻyxatdan oʻtgan boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaIDXP orqali – onlayn tahrirlashlari mumkin boʻladi.
Notoʻgʻri manzil ma’lumotlarini oʻzgartirish tartibi 2026 yil 31 yanvardan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
28.01.26
1 fevraldan Oʻzbekistonda tashuvchilar, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar, qurilish tashkilotlari va oddiy fuqarolar uchun ayrim qonunchilik yangiliklari (shu jumladan, yangi talablar) kuchga kiradi.
Qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida batafsil – buxgalter.uz saytining an’anaviy sharhida: