Yangi
24.10.22
2022 yil 19 oktyabrdan boshlab Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi faqat elektron formatda toʻldiriladi. Bu 19.10.2022 yildagi 611-son VMQda nazarda tutilgan. Tafsilotlar bilan norma.uz portalida tanishasiz:
20.10.22
13.10.2022 yildagi 591-son VMQga muvofiq, koʻchma savdoga qoʻyiladigan talablar soddalashtirildi. Oʻzgarishlar haqida batafsil norma.uz portalida tanishing:
18.10.22
Zarur hujjatlar, yigʻimlarning miqdorlari, arizalarni koʻrib chiqish muddatlari, hujjatlarning amal qilish muddatlari va boshqa tartib-taomillar haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning pasportlari tasdiqlandi (05.10.2022 yildagi 566-son VMQ). Tafsilotlar bilan norma.uz portalida tanishing:
06.10.22
30 sentyabr kuni Prezident «Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-228-son Farmonni imzoladi. Hujjatda imtiyozlarga ega boʻladigan eksportchi korxonalarni saralab olish mezonlari, ushbu imtiyozlar roʻyxati va qoʻllab-quvvatlash dasturini joriy etish bosqichlari belgilangan.
30.09.22
2022 yilning 1 oktyabridan tadbirkorlarni navbatdagi (spoyler: yaxshi!) oʻzgartirishlar kutmoqda. Batafsil - buxgalter.uz sharhida.
27.09.22
2022 yil 26 sentyabr №06/04-01-02-32/3374 axborot xabari
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dori vositalarini ishlab chiqarish, importi va realizatsiyasini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlaridan murojaatlar kelib tushayotganligi munosabati bilan Soliq kodeksining 27-moddasiga asosan quyidagilarni tushuntiradi.
23.09.22
2023 yil 1 yanvardan boshlab bir soliq davrida ipoteka kreditlarini yoki ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soʻndirish uchun yoʻnaltiriladigan JShDSga tortilmaydigan summa MHEKMning 80 baravarigacha oshirildi. Bu Prezidentning 2022 yil 22 sentyabrdagi “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:
23.09.22
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar davlat idoralarining ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan pullik asosda foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022 yildagi “Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va ma’lumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 516-son qarori va u bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan. Bu haqda norma.uz yozmoqda:
21.09.22
19.09.2022 yildagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi OʻRQ-791-son Qonunda yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng koʻp miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy mikdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda. Bu haqda norma.uz yozmoqda:
19.09.22
Bojxona qoʻmitasi Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish yoʻriqnomasiga bojxona qiymatini aniqlash, unga ilova qilinadigan ayrim hujjatlar roʻyxati va taqdim etish shartlari qismida tuzatishlar kiritdi. Bu haqda norma.uz portali yozmoqda: