Yangi
31.05.22
Eksport qilinadigan tovarlarga BKning 382-moddasi normalarini tatbiq qilish taklif etilmoqda, unga muvofiq bojxona organlari intellektual mulk ob’yektlariga egalik huquqlari buzilganligi alomati mavjud boʻlganda tovarlar chiqarib yuborilishini toʻxtatib turishga haqli boʻladi. Bu haqdagi qonun loyihasi QHTBTda joylashtirildi.
30.05.22
2022 yil iyun oyida Oʻzbekistonda bir qator yangiliklar kuchga kiradi. Ular soliq solish, litsenziyalash, chet el fuqarolarini ishga joylashtirish, davlat xizmatlarini va kreditlar olish, korxonalarda jamoa shartnomalarini tuzish shartlari va hokazolarga daxl qiladi.
Eng muhim oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi ma’lumotni buxgalter.uz jadvalga toʻpladi:
27.05.22
2022 yil 15 iyundan boshlab xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari yopiladi. Ulardagi mablagʻlar qoldigʻi ularning asosiy yoki ikkilamchi bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladi. Bu Prezidentning 25.05.2022 yildagi «Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning toʻlov intizomini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-141-son Farmonida nazarda tutilgan.
27.05.22
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning yil davomida suv hisoblagichlarni almashtirish majburiyati, soliq bazasini kamaytirish va suv uchun qarzdorlikni bevosita qarzdorning bank hisobvaragʻidan undirish Prezidentning 24.05.2022 yildagi “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-257-son qarorida nazarda tutilgan.
26.05.22
2022 yil 1 iyundan boshlab MHEKM miqdori 920 000 soʻmni, BHM - 300 000 soʻmni tashkil etadi (20.05.2022 yildagi PF-138-son Farmon). Hisob-kitoblarda qaysi koʻrsatkichlarga asoslanish kerak?
Buxgalter.uz BHM yoki MHEKM zarur boʻladigan eng koʻp tarqalgan vaziyatlarning yigʻma jadvalini tayyorladi:
26.05.22
Moliya vazirligi SKga 05.05.2022 yildagi OʻRQ-767-son Qonun bilan kiritilgan oʻzgartirishlarni sharhlab berdi:
20.05.22
QHTBTda Prezidentning soʻnggi farmonlari va qarorlari, shuningdek 2022 yil 4 martdagi videokonferensiya bayonnomasiga muvofiq Bojxona va Soliq kodekslariga tuzatishlar muhokama qilinmoqda. Kiritilayotgan oʻzgartirishlar mohiyatini Moliya vazirligi departament direktorining oʻrinbosari Umid HAMROYeV va “Norma” eksperti Jorilla ABDULLAYeV tushuntirib berishdi:
20.05.22
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizom tasdiqlandi. Unga muvofiq tadbirkorlar biznes loyihalari uchun qoʻshimcha mablagʻlar olishlari mumkin. Quyida sanab oʻtilgan subsidiyalar tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi tavsiyasiga koʻra ajratiladi.
20.05.22
17 may kuni oʻtkazilgan tovar-xomashyo birjasida savdolarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Prezident tomonidan mahalliy tadbirkorlar ulushini oshirish boʻyicha maqsadlar belgilab berildi. Xususan:
18.05.22
QHTBTda raqobat, tabiiy monopoliyalar va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi joylashtirildi. Qulaylik uchun buxgalter.uz oʻzgartirish va qoʻshimchalarni jadvalda toʻpladi: