Yangi

Bankingiz soliqchilarga siz haqingizda nimani aytib beradi

01.03.21
QHTBTda “Banklarning soliq nazorati bilan bogʻliq axborotlarni taqdim etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi VMQ loyihasi muhokama qilinmoqda. Buxgalter.uz gap nima haqida borayotganligini aniqlashtirdi.

Vazirlar Mahkamasining transfert narxlari boʻyicha qarori loyihasi muhokama qilinmoqda

01.03.21
QHTBTda “Transfert narxini belgilashda soliq nazorati va norezidentlarni soliq solish ma’muriyatchiligini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi VMQ loyihasi e’lon qilingan. Uning qabul qilinishi bilan 6 ta yangi NHH tasdiqlanadi. Batafsil - buxgalter.uz sharhida:

Telegram orqali savdo qiluvchilarga raqamli kod va virtual kassa olish majburiyati yuklanadi

24.02.21
1 apreldan boshlab internet orqali savdo qiluvchi tadbirkorlar maxsus raqamli kod olishlari shart boʻladi. Bu Prezidentning “Elektron tijorat ma’muriyatchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasida nazarda tutilgan. Uning asosiy jihatlari - buxgalter.uz sharhida.

Toshkentda yerdan foydalanishning eng past narxlari tasdiqlandi

09.02.21
Poytaxt hokimi “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini eng past narxini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi (05.02.2021 yildagi 112-son). Sotishga qoʻyiladigan boʻsh yer uchastkalarining roʻyxati shakllantirilmoqda. Batafsil - buxgalter.uz sharhida.

Qishloq xoʻjaligi, TIF ishtirokchilari va savdo shoxobchalari uchun - yangi NHH loyihalari

08.02.21
Suvni tejaydigan texnologiyalaridan foydalanadigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlashga doir navbatdagi chora-tadbirlar qabul qilinadi. DBQ bojxona bojlarini yigʻish tizimini takomillashtiradi, Toshkent shahar hokimiyati tomonidan esa poytaxt bozorlari va savdo markazlari uchun yangi tariflarni tasdiqlash rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida e’lon qilingan NHH loyihalari haqida batafsil buxgalter.uz sharhida oʻqing:

1 fevraldan nimalar oʻzgaradi?

29.01.21
2021 yil 1 fevraldan boshlab BHM, MHEKM, barcha unga karrali toʻlovlar, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, stipendiyalar, tovarlarning ayrim turlari uchun aksiz soligʻi stavkalari va h.k.ning miqdori oshadi. Tadbirkorlik sohasida boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan. Batafsil - buxgalter.uz sharhida.

DSQ minimal bozor narxlari boʻyicha soliq bazasini aniqlash mexanizmini ishlab chiqdi

28.01.21
SKning 248-moddasiga muvofiq soliq bazasi tovarlar yoki xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanishiga qaramay hozirga qadar ushbu norma qoʻllanilmagan - hisob-kitob mexanizmi mavjud boʻlmagan. Mazkur muammoni hal etish uchun DSQ tomonidan VMning «Soliq bazasini aniqlashda tovarlar (xizmatlar) narxini bozor qiymati boʻyicha belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda batafsil – buxgalter.uz sharhida:

2021 yilgi Davlat dasturiga tadbirkorlar uchun muhim boʻlgan 8 ta band kiritilmoqda

22.01.21
Prezidentning «2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi muhokama uchun taqdim etildi. Hujjatda tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bir qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Asosiylarini sanab oʻtamiz:

2021 yilda ishlovchi pensionerlar uchun xushxabar!

21.01.21
2021 yil uchun Davlat dasturi toʻgʻrisidagi qonun loyihasida pensiya yoshigacha boʻlgan va ishlovchi pensionerlarga nisbatan uzoq kutilgan bir qator oʻzgartirishlar e’lon qilindi. Bu haqda batafsil - buxgalter.uz sharhida.

Banklarning mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarida nima oʻzgaradi

20.01.21
Bank xizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga bank mijozlarining huquq va manfaatlarini himoyalashga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Asosiy oʻzgartirishlar toʻgʻrisida batafsil - norma.uz portali sharhida: