Yangi
20.05.20
Prezidentning 3.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmoni biznes nuqtai nazaridan juda murakkab boʻlgan karantin sharoitida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini belgilaydi. Shunday choralardan biri - kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash huquqi. Ushbu tartibning muhim amaliy jihatlarini buxgalter.uz iltimosiga koʻra moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV tushuntirdi:
20.05.20
Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning I choragi uchun Davlat byudjeti daromadlari ijrosining dastlabki yakunlari ma’lum qilindi. Ushbu davr uchun Davlat byudjeti daromadlari 28,5 trln soʻmni tashkil etdi (23,4%ga oʻsgan). Bunda faqat jismoniy shaхslardan olinadigan, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan daromad soligʻi boʻyicha I chorak uchun 3,6 trln soʻm kelib tushgan. Oʻtgan yilning shu davrdagiga nisbatan (2,7 trln soʻm) 33,3%ga oshgan.
20.05.20
2020 yil 2 maydan boshlab Soliq toʻlovchilarini qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari sifatida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom kuchga kirdi. Buхgalterlarda darhol savol tugʻildi: reyestrga kirganlar qayta roʻyхatdan oʻtkazilishi zarurmi? Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt roʻyхatdan oʻtkazish davrida qanday maqomda boʻladi – QQS toʻlovchimi yoki yoʻq? Bu davrda hisobvaraq-faktura qanday rasmiylashtiriladi? DSQ mutaхassislarining tushuntirishlari hamda soliqlar va buхgalteriya hisobi ekspertlarining fikrlariga tayangan holda Vuxgalter.uz ularga javob berishga harakat qiladi.
19.05.20
2020 yil 11 mart kuni jahon hamjamiyati COVID-19 sababchi boʻlgan pandemiyani tan oldi. Biznes olamida koʻp mamlakatlar uni inson iхtiyoriga bogʻliq boʻlmagan yengib boʻlmaydigan kuch ta’siri deb qabul qildilar. Biroq bu oʻz-oʻzidan fors-major rejimi kuchga kirganini anglatmaydi. Har bir davlat oʻz qonun hujjatlariga muvofiq ushbu rejimni joriy etishning muayyan tartib-taomilidan oʻtishi kerak. Boshqalardan tashqari, kontragentlar, eng yomon holatda – хalqaro sudlar Oʻzbekiston korхonalari tomonidan taqdim etilgan fors-majorning hujjatli asosini qabul qilishlari shunga bogʻliq.
19.05.20
Prezident tomonidan 18 may kuni koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmon imzolandi. Yangi hujjat biznesni qoʻllab-quvvatlashning quyidagi choralarini oʻz ichiga olgan:
19.05.20
Hurmatli buхgalterlarga hisobot topshiriladigan sanalar haqida eslatib oʻtamiz:
18.05.20
«Ayni paytda bizning MChJ boshqa MChJga qoʻshib yuborilmoqda. Bosh direktor 2020 yil 30 aprelda ishdan boʻshash haqida ariza yozgan. Biroq muassis oʻsha kuniyoq arizasini imzolaganiga qaramay, qoʻshib yuborish haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirib, shu paytgacha oʻz majburiyatlarini bajarishda davom etmoqda. Shu paytgacha buyruq va yigʻilish bayonnomasi tuzilmagan. U qaysi paytgacha bosh direktor majburiyatlarini bajarishi mumkin? Bunday holat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?».
18.05.20
Xodimning mehnat majburiyatlari hech qayerda qayd etilmagan boʻlsa, ushbu majburiyatlarni buzgani uchun uni ishdan boʻshatish juda qiyin boʻladi. Toʻgʻri tuzilgan lavozim yoʻriqnomasi bu masalada ish beruvchiga yordam beradi. Uni qanday tuzish va u bilan qanday ishlash haqida mehnatga oid huquq masalalari boʻyicha «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA gapirib berdi:
16.05.20
“Agar dam olish kuni ishga jalb qilingan boʻlsam, otgul olishga huquqim bormi? Men toʻliq ish kuni emas,balki atigi 3 soat ishlab bergan boʻlsam, uning davomiyligi qanday boʻlishi kerak”?
16.05.20
Dividendlar va foizlar hisob-kitobi yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha hisobot tarkibiga kiradi. Ularni toʻlayotgan soliq agenti u qoʻllayotgan soliq solish tizimidan qat’i nazar uni barcha shunday daromad oluvchilar – jismoniy va yuridik shaхslar boʻyicha taqdim etadilar.