Yangi

ERI kalitining parolini qanday tiklash mumkin

24.03.25
«Xodima dekret ta’tilidan keyin xizmat ERIsi kalitidan foydalana olmayapti. Unga parolni unutib qoʻyganini aytyapti. Ushbu parolni qandaydir tiklash yoki yangisini olish mumkinmi?» Agar ERI parolini unutgan boʻlsangiz, buxgalter.uzdan qoʻllanma:

Qanday statistika hisobotlarini 25 martdan boshlab va 6 apreldan kechiktirmay topshirish kerak

20.03.25
Statistika hisobotining tasdiqlangan shakllariga muvofiq buxgalter.uz tashkilotlar 25 martdan boshlab va 6 apreldan kechiktirmay topshirishi lozim boʻlgan statistika hisobotlari sharhini tayyorladi. Ushbu hisobotlar turli davrlar ma’lumotlariga ega: 2024 yil yakunlari boʻyicha, 2025 yilning mart oyi va I choragi uchun.

EHF-ETTYuX birlashtirgan holda qachon va qanday foydalanilishi kerak

20.03.25
EHF va ETTYuX rasman birlashtirildi: Vazirlar Mahkamasining 18 martdagi 168-son qarorida muayyan vaziyatlar uchun EHF va ETTYuXni birlashtirish nazarda tutilgani. Bundan tashqari, u alohida sohalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib tovar-transport yukxatini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Hisobot shakli oʻz kuchini yoʻqotgan boʻlsa, boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha hisobot topshirish kerakmi

19.03.25
Soliq toʻlovchilar Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan talabnomalar ola boshladilar. Idora ushbu hisobot shaklini tartibga soluvchi " Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisida va moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqida"gi Nizom 2024 yil 22 sentyabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan boʻlsa-da, boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha hisobot taqdim etishni talab qilmoqda. Firma bu holatda mehnat birjasiga boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha hisobot topshirishi shartmi? Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:

Elektr energiyasi iste’moli toʻgʻrisida hisobot topshirishga oid yoʻriqnoma

19.03.25
Yuridik shaxslar har oyda iste’mol qilingan energiya toʻgʻrisida hisobot topshirishadi. Het.uz sayti orqali hisobotni qanday topshirish haqida buxgalter.uz da batafsil oʻqing:

MHXS boʻyicha tasdiqlangan hisobot shakllarini qayerdan topish mumkin

18.03.25
My.soliq.uz saytining «Moliyaviy hisobot» boʻlimida MHXSga oʻtgan tashkilotlar uchun hisobot shakllari paydo boʻldi (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 08.10.2024 y. 181-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan). Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

Import qilingan uskunani oʻrnatish davrida amortizatsiya hisoblanadimi

18.03.25
«Biz kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun xorijiy uskuna olib keldik. Oʻrnatish va sozlash ishlari 2 oy davom etdi, bu vaqt mobaynida ushbu uskunada ishlab chiqarish boshlanmadi. Oʻrnatish davri uchun amortizatsiya hisoblanadimi yoki uni foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab hisoblash kerakmi?» Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

Chet ellik xodim soliq organlarida qanday hisobga qoʻyiladi

18.03.25
2021 yil 1 iyundan jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga olish JShShIR boʻyicha amalga oshiriladi. Materialda: – Oʻzbekistonda xorijiy fuqaro uchun JShShIR qanday rasmiylashtiriladi; – chet ellik fuqaro soliq toʻlovchi sifatida hisobda turish-turmasligini qanday tekshirish mumkin.

Muammo: umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlari qoldiqlari qanday inventarizatsiya qilinadi

17.03.25
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi umumiy ovqatlanish korxonalari jiddiy muammoga duch keldi. Soliq qoʻmitasi va «Asl Belgisi» markirovkalash tizimi oʻrtasidagi integratsiya boʻyicha ma’lumotlarning turlicha talqiniga tayanib, alkogol qoldiqlari inventarizatsiyasini zudlik bilan oʻtkazishni talab qilmoqda. Biroq ushbu integratsiyaning texnik jihatdan amalga oshirilishi umumiy ovqatlanish korxonalari uchun jiddiy qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:

Chet ellik xodimga «kasallik varaqasi» boʻyicha haq toʻlash: buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari

17.03.25
«Korxonada mehnat shartnomasi asosida boshqa davlat fuqarosi ishlaydi. U kasal boʻlib, ishga chiqmadi. Keyinchalik – kasallik vaqti uchun haq toʻlashni soʻrab kompaniya direktori nomiga ariza yozdi. Korxona buni toʻlashi kerakmi? Chet ellik xodim korxona uning asosida hisoblashni amalga oshirishi mumkin boʻlgan «kasallik varaqasi»ni qayerdan olishi mumkin? «Kasallik varaqasi» boʻyicha qanday hisob-kitob qilinadi? Vuxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga «Profi Training» biznes-treneri Yuliya PAKIDIShEVA (ACCA DipIFR, CAP) javob berdi: