Yangiliklar

Agar soliqning bir turi boʻyicha ortiqcha toʻlov, boshqasi boʻyicha qarz hosil boʻlgan boʻlsa

17.06.22
DSQ ortiqcha toʻlangan soliq summasini boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzish evaziga hisobga olishni avtomatlashtiradi. Ushbu servis yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan barcha soliqlarni qamrab oladi. Bunda soliq toʻlovchida ortiqcha toʻlangan summalarni hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisida ariza berish huquqi saqlanib qoladi. Buxgalter.uz bu qanday ishlashini aniqlashtirdi.

IT-mutaxassislarini oʻqitish uchun maqsadli qarzni qanday olish mumkin

17.06.22
Texnopark rezidentlari oʻz mutaxassislarini oʻqitish hamda oʻquv markazi sifatida IT-ta’limni tashkil qilish uchun maqsadli qarz olishlari mumkin. Bu haqda IT Park Direksiyasida quyidagilar aytib oʻtildi:

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun turizm infratuzilmasini barpo etishning manfaatli tomonlari

14.06.22
QHTBTda Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Hujjat imkoniyati cheklangan shaxslar uchun infratuzilmani rivojlantiruvchi turoperatorlar va turagentlar, joylashtirish vositalari hamda tashuvchilar uchun subsidiya va imtiyozlarni nazarda tutadi. Batafsil - buxgalter.uz sharhida.

Kimlar uchun bir tomonlama EHF bekor qilinadi va oʻrniga qanday yechimlar boʻladi

14.06.22
DSQning avval ma’lum qilingan jadvaliga muvofiq ayrim faoliyat turlari uchun bir tomonlama EHF taqdim etish imkoniyati bekor qilinadi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.

Buxgalterlar va tadbirkorlar soʻrovining I bosqichi nimani koʻrsatdi

14.06.22
Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti buxgalter.uz bilan birgalikda korxonalar buxgalterlari va rahbarlarini soʻrovdan oʻtkazishni davom ettirmoqda. Uning 2022 yil 20 iyunga qadar davom etadigan II bosqichida - valyuta tushumi kelib tushishidan qat’i nazar QQSni hisobga olish; mol-mulk soligʻi hisob-kitobi va barcha QQS toʻlovchilar uchun yagona soliq davri boʻyicha savollar boʻladi. Soʻrovning I bosqichida 500 nafardan ziyod kishi ishtirok etdi. Ularning javoblari nimani koʻrsatadi?

Qaysi davlat xizmatlaridan elektron raqamli imzosiz foydalanish mumkin (jadval)

09.06.22
1 iyundan boshlab YaIDXPdagi yana 38 ta davlat xizmatidan (20.04.2022 yildagi PF-113-son Farmon 4-ilova) ERIsiz foydalanish mumkin. Ularni olish uchun ariza beruvchi One ID tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtadi. Buxgalter.uz buxgalterlar, kadrlar boʻyicha mutaxassislar, direktor va kompaniyaning boshqa xodimlariga ishda va shaxsiy masalalarni hal qilishda foydali boʻlishi mumkin boʻlgan 24 ta eng talabgir xizmatlarni jadvalga toʻpladi:

Xalq ta’limi muassasalari ijtimoiy soliqning 1% stavkasini qanday qoʻllaydi

03.06.22
DSQ xalq ta’limi tizimi muassasalari va tashkilotlari uchun ijtimoiy soliqning 1% stavkasi tarzidagi imtiyozni avtomatlashtirdi (11.05.2022 yildagi PQ-241-son qaror). Soliq organlarining E-imtiyoz axborot tizimida unga ID 104023 berildi.

Narxlarning keskin tebranishi davrida tovarlarning ortiqcha zaxirasini realizatsiya qilish majburiyati kimga yuklatiladi (PF-145-son Farmon)

02.06.22
Ombordagi tovarlarni majburiy ravishda xatlovdan oʻtkazish, oziq-ovqat tovarlari boʻyicha bojxona bojining nol stavkalari, oʻsimlik yogʻi importiga taqiq, importni markirovka qilish tartibini toʻxtatish va Prezidentning 2022 yil 31 maydagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmonida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar - buxgalter.uz sharhida:

Diqqat! 2023 yil uchun Oʻzbekiston soliq siyosatini tuzishda koʻmaklashing

02.06.22
MVning Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti tomonidan 2023 yilga soliq siyosati loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu maqsadda, 2022 yilda soliq siyosati vositalari qanday ishlaganini bilib olish uchun soʻrov oʻtkazilmoqda. Ular qanchalik qulay va tushunarli? Korxonalarda xarajatlar qisqarishiga yordam beryaptimi? Barcha yangiliklar, shu jumladan soliqlar va preferensiyalar bizneschilar e’tiboriga operativ tarzda yetkazilyaptimi? Amaliyotda tadbirkorlar qanday qiyinchiliklarga duch kelishmoqda? Soliq siyosatining qanday vositalari yuqori samara bermayapti?

Qonunga xilof ravishda mahsulotlarni eksport qilishga qarshi qanday kurashish lozim

31.05.22
Eksport qilinadigan tovarlarga BKning 382-moddasi normalarini tatbiq qilish taklif etilmoqda, unga muvofiq bojxona organlari intellektual mulk ob’yektlariga egalik huquqlari buzilganligi alomati mavjud boʻlganda tovarlar chiqarib yuborilishini toʻxtatib turishga haqli boʻladi. Bu haqdagi qonun loyihasi QHTBTda joylashtirildi.

Rahbar va buxgalter uchun 10 ta muhim yangilik (jadval)

30.05.22
2022 yil iyun oyida Oʻzbekistonda bir qator yangiliklar kuchga kiradi. Ular soliq solish, litsenziyalash, chet el fuqarolarini ishga joylashtirish, davlat xizmatlarini va kreditlar olish, korxonalarda jamoa shartnomalarini tuzish shartlari va hokazolarga daxl qiladi. Eng muhim oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi ma’lumotni buxgalter.uz jadvalga toʻpladi:

Nima uchun maxsus maqsadli hisobvaraqlar yopilmoqda

27.05.22
2022 yil 15 iyundan boshlab xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari yopiladi. Ulardagi mablagʻlar qoldigʻi ularning asosiy yoki ikkilamchi bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladi. Bu Prezidentning 25.05.2022 yildagi «Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning toʻlov intizomini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-141-son Farmonida nazarda tutilgan.

2023 yildan yuridik shaxslar va YaTT uchun suv iste’moli sohasida nimalar oʻzgaradi

27.05.22
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning yil davomida suv hisoblagichlarni almashtirish majburiyati, soliq bazasini kamaytirish va suv uchun qarzdorlikni bevosita qarzdorning bank hisobvaragʻidan undirish Prezidentning 24.05.2022 yildagi “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-257-son qarorida nazarda tutilgan.

2022 yil 1 iyundan boshlab hisob-kitoblarda qaysi BHM va MHEKM qoʻllaniladi

26.05.22
2022 yil 1 iyundan boshlab MHEKM miqdori 920 000 soʻmni, BHM - 300 000 soʻmni tashkil etadi (20.05.2022 yildagi PF-138-son Farmon). Hisob-kitoblarda qaysi koʻrsatkichlarga asoslanish kerak? Buxgalter.uz BHM yoki MHEKM zarur boʻladigan eng koʻp tarqalgan vaziyatlarning yigʻma jadvalini tayyorladi:

Buxgalterlarni kelgusida nimalar kutmoqda?

26.05.22
Butun dunyoda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt rivojlanishi sababli hisob yuritish jarayonining katta qismi avtomatlashganini koʻramiz. Zamon taraqqiyoti buxgalterlardan moliyaviy hisobotlarni foydalanuvchilarga samarali usulda taqdim etishni talab qilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi departamenti direktorining oʻrinbosari Ibrohim AHMADXONOV soʻzlab berdi.

Moliya vazirligi SKga oʻzgartirishlarni sharhlab berdi (OʻRQ-767-son Qonuni)

26.05.22
Moliya vazirligi SKga 05.05.2022 yildagi OʻRQ-767-son Qonun bilan kiritilgan oʻzgartirishlarni sharhlab berdi:

Soliq va Bojxona kodekslariga tuzatishlar muhokama qilinmoqda

20.05.22
QHTBTda Prezidentning soʻnggi farmonlari va qarorlari, shuningdek 2022 yil 4 martdagi videokonferensiya bayonnomasiga muvofiq Bojxona va Soliq kodekslariga tuzatishlar muhokama qilinmoqda. Kiritilayotgan oʻzgartirishlar mohiyatini Moliya vazirligi departament direktorining oʻrinbosari Umid HAMROYeV va “Norma” eksperti Jorilla ABDULLAYeV tushuntirib berishdi:

Tadbirkorlikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kimlarga subsidiyalar beriladi (252-son VMQ)

20.05.22
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizom tasdiqlandi. Unga muvofiq tadbirkorlar biznes loyihalari uchun qoʻshimcha mablagʻlar olishlari mumkin. Quyida sanab oʻtilgan subsidiyalar tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi tavsiyasiga koʻra ajratiladi.

Birja savdolari ishtirokchilari uchun 5 ta muhim oʻzgartirishlar

20.05.22
17 may kuni oʻtkazilgan tovar-xomashyo birjasida savdolarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Prezident tomonidan mahalliy tadbirkorlar ulushini oshirish boʻyicha maqsadlar belgilab berildi. Xususan:

Raqobatga qarshi harakatlar uchun jarimalar oshiriladi (jadval)

18.05.22
QHTBTda raqobat, tabiiy monopoliyalar va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi joylashtirildi. Qulaylik uchun buxgalter.uz oʻzgartirish va qoʻshimchalarni jadvalda toʻpladi: