Yangiliklar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar QQS boʻyicha imtiyoz olishlari uchun qanday MXIKdan foydalanishlari kerak

16.01.26
Zargarlik buyumlari tarkibiga kiruvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qiymatining yangi imtiyozli MXIKlari yaratildi. MXIK ma’lumotlaridan foydalangan holda EHFda koʻrsatilgan summa QQS boʻyicha hisobotda realizatsiya sifatida aks ettirilmaydi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Ta’tillar va FHT shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha YaMMTda nimalar oʻzgardi

16.01.26
«YaMMT» IDAK direksiyasi 2026 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshirilgan YaMMTdagi yangiliklar boʻyicha ish beruvchilarning savollariga javob berdi . Ular tizimda roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga taalluqli: – fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar (FHT); – barcha turdagi ta’tillar. Tafsilotlar – buxgalter

1 korxona shakli yillik statistika hisobotini qanday topshirish kerak (1 KV oʻrniga)

16.01.26
Korxonalar endi yillik 1 KVni topshirmaydi, u tarixda qoldi. Uning oʻrniga yillik statistika hisobotining yangi turi – 1 korxona shakli «Tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot» tasdiqlandi. Aynan uni e-Stat 4.0 orqali elektron shaklda topshiramiz. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisobot topshirgan boʻlsangiz, «avtomat» shakl bilan nima qilish kerak

16.01.26
Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetlarida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari boʻyicha ma’lumotnoma va yer soligʻi boʻyicha hisob-kitobning proaktiv shakllari – qoralamalar koʻrinishida paydo boʻldi. Buxgalterlarda tabiiyki, nima qilish kerak, degan savol tugʻiladi. Biz «Yangi texnologiyalar» IAM vakillariga savol berdik, javob bilan boʻlishamiz:

Toshkent shahri tumanlari boʻyicha 2026 yil uchun yer soligʻi koeffitsiyentlari tasdiqlandi

15.01.26
10 yanvarga qadar xalq deputatlari kengashlari yer soligʻi boʻyicha koeffitsiyentlarni soliq organlariga oʻtkazishi kerak edi. 15 yanvar holatiga koʻra, ayrim tumanlar boʻyicha ma’lumotlar haligacha portalda mavjud emas, 2026 yil uchun soliq organlari saytidagi kalkulyator yangilanmagan. Toshkentning qaysi tumanlari uchun stavkalar allaqachon e’lon qilinganini sharhimizda oʻqing. Qolganlarini qabul qilinishi bilanoq ma’lum qilamiz:

Kiruvchi EHFlar boʻyicha xavflarni baholash reyestrini qayerda tekshirish mumkin

15.01.26
Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha EHF xavflarini baholash reyestri my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetda paydo boʻldi. U xizmatlarda – yuridik shaxs profilida – «EHF havf darajasi» sahifasida joylashgan. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha proaktiv hisobot: vebinar yakunlari

14.01.26
Soliq qoʻmitasi Resurs soliqlari ma’muriyatchiligi boshqarmasi mutaxassislari 12 yanvar kuni yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha hisobotni shakllantirishning proaktiv tartibi boʻyicha savollarga javob berishdi. Shu jumladan – soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkni baholash natijalarini qoʻllash muddatlari toʻgʻrisidagi masalaga. Biz kichik shpargalka tuzdik:

Nima uchun 1 apreldan Xitoydan keltiriladigan fotoelektrik mahsulotlar va akkumulyatorlar qimmatlashishi mumkin

14.01.26
Moliya vazirligi va XXR Davlat soliq boshqarmasi 2026 yil 1 apreldan fotoelektr mahsulotlari boʻyicha eksport uchun QQSni qaytarish bekor qilinishi va akkumulyator mahsulotlari eksportiga QQSni qaytarish stavkasi pasaytirilishini e’lon qildi. Shunga koʻra, Xitoy eksportchilaridan bunday tovarlarni sotib olish narxi shu sanadan boshlab oshishi aniq. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Nima uchun pochta manzilini oʻzgartirish shartlari ba’zan imkonsiz vazifaga oʻxshab qolmoqda

13.01.26
Kompaniyaning pochta (yuridik) manzilini oʻzgartirish odatiy hol. Bir tumanda ofisni ijaraga oldik, boshqa tumanga koʻchishga qaror qildik. Shunga koʻra, yangi ijara shartnomasini E-ijara tizimida va yangi pochta manzilini –new.birdarcha.uz tizimida roʻyxatdan oʻtkazishimiz kerak. Kompaniyada soliq qarzdorligi va qonun bilan bogʻliq boshqa muammolar yoʻq. Bu yerda nima notoʻgʻri boʻlishi mumkin? Tizimda notoʻgʻri boʻlishi mumkin ekan... Shaxsiy tajriba misolida fikrimizni siz bilan oʻrtoqlashamiz:

Fevral oyida JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha proaktiv hisobot tartibini sinovdan oʻtkazamiz

12.01.26
Oxirgi 3 kun ichida buxgalterlar oʻz «shaxsiy kabinetlari»ga koʻplab qiziqarli ma’lumotlarni olishdi. Juma kuni – yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha, shanba kuni – QQS boʻyicha, yakshanba kuni – JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotlarni shakllantirishning proaktiv tartibi toʻgʻrisida xabarnomalar boʻldi. Agar QQS qismida proaktivlik boʻyicha savollar unchalik paydo boʻlmagan boʻlsa, ish haqi soliqlari boʻyicha – juda ham koʻp masalalar bor. Buxgalterga bir lahzada shuncha nozik jihatlar avtomatlashtirilganda, u darhol tushunadi – bu yaxshilik bilan tugamaydi... Haqiqatdan unchalik uzoq boʻlmagan «avtomat»ni shakllantirish uchun soliq idorasi barcha kerakli ma’lumotlarni qayerdan olishi tushunarsiz. Buxgalter 5 kun ichida tuzatishlar kiritishga ulgurishi uchun u buni qaysi sanadan amalga oshiradi. Yakshanba kungi bildirishnoma aynan shu haqda. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA hamma narsa unchalik qoʻrqinchli emas deb hisoblaydi:

Hududlar kesimida ijaraning eng kam stavkalariga nisbatan koeffitsiyentlar tasdiqlandi

09.01.26
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari 2026 yilda koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha soliq bazasini hisoblash uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan koeffitsiyentlarni tasdiqladi. Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida.

2026 yil uchun ish vaqti taqvimida nimalar oʻzgardi

09.01.26
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026 yil uchun bitta muhim tuzatish bilan ish vaqtining ishlab chiqarish taqvimini e’lon qildi. Xususan: 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish vaqti davomiyligi 2026 yilda 1 soatga uzaytirildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

PF-269-son Farmon qanday imtiyozlarni joriy etadi, oʻzgartiradi va uzaytiradi

08.01.26
Prezidentning 30.12.2025 yildagi PF-269-son Farmoni ilgari belgilangan ayrim imtiyozlarning muddatlarini oʻzgartiradi, boshqa imtiyozlarni qoʻllash shartlarini aniqlashtiradi va yangilarini joriy etadi. Vuxgalter.uz iltimosiga binoan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Ashrafxon SALOHIDDINOV oʻzgarishlarga izoh berdi:

Yer soligʻi boʻyicha «proaktiv» hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi

08.01.26
Soliq toʻlovchilar 20 yanvardan kechiktirmay qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi boʻyicha hisobot berishlari kerak SK 431-m. Hisobot shakllari my.soliq.uz portalida joylashtirilgan: aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun – 10510_20; boshqa soliq toʻlovchilar uchun – 10510_21. Soliq qoʻmitasi zarur hollarda bunday hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritishni tushuntirdi:

Nima uchun «raqamli platformalar» tizimi kamida bosqichma-bosqich joriy etishni talab qiladi

08.01.26
Ilgari kassa apparatlaridan foydalangan tadbirkorlar tomonidan raqamli platformalarni (xususan, Xolis tizimini) qoʻllash masalalarini muhokama qilishda davom etamiz. Mutaxassislar yuzaga kelgan huquqiy ziddiyatlar va yangi tizim savdo faoliyatining koʻplab holatlarini hisobga olmaganligi haqida xabar berishmoqda. Onlayn-NKMga xizmat koʻrsatish sohasidagi ekspert, «RIG» MChJ direktori Rustam YoQUBOV ushbu masala boʻyicha oʻz nuqtai nazarini bildirdi:

2026 yil uchun ishlab chiqarish taqvimi: ish va bayram kunlari

08.01.26
Prezidentning 24.12.2025 yildagi «2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi PF-257-son Farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, Bandlik vazirligi 2026 yil uchun ish vaqtining ishlab chiqarish kalendarini tayyorladi. Taqvimda yil davomida – Roʻza hayiti va Qurbon hayiti sanalari belgilangandan keyin aniqliklar kiritilishi mumkin.

2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi

07.01.26
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq qismida oʻzgarishlar kam. Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra, ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Ashrafxon SALOHIDDINOV sanab oʻtdi:

Xolis platformasi orqali ishlovchilarga kassa apparati kerakmi

07.01.26
1 yanvardan boshlab YaTT va oʻzini oʻzi band qilganlar uchun – aylanmadan 1 foiz miqdorida yangi soliq rejimi kuchga kirdi. Chakana savdo sub’yektlariga esa toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalarida shakllantirilgan maxsus QR-kod orqali toʻlovlarni qabul qilish majburiyati yuklatildi. Birinchi va hozircha yagona shunday platforma Paynet tomonidan ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, ushbu yangiliklar bilan bogʻliq koʻplab amaliy masalalar – kassa apparatlari, korporativ kartalardan toʻlovlarni qabul qilish, tovarlarni hisobga olish, markirovkalash va boshqalar boʻyicha hozircha noaniqligicha qolmoqda. «Paynet» AJ kommunikatsiyalar boʻyicha rahbari Zumrad ARAPJONOVA bizning iltimosimizga koʻra, qaysi masalalar boʻyicha qaror allaqachon ma’lumligi va qaysi mexanizm hali ham takomillashtirilayotganini tushuntirdi:

Qanday xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar soliq tekshiruvisiz tugatilishi mumkin

07.01.26
Soliq maslahatchilari tashkilotlari soliq davri uchun mijozning (ishonch bildiruvchining) soliq majburiyatlari bajarilishi boʻyicha, shu jumladan mijozlar ixtiyoriy tugatilganda xulosa berish huquqiga ega boʻldi. Soliq maslahati toʻgʻrisidagi qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Soliq hisoboti muddatlarini oʻtkazib yuborganlik uchun qanday ma’muriy jarimalar solinadi: MJtKga oʻzgartirishlar

06.01.26
2026 yildan boshlab bir kalendar oyida bir nechta soliq turlari boʻyicha hisobotlarni kechiktirganlik uchun huquqbuzarga nisbatan faqat bitta ma’muriy jarima qoʻllaniladi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: