Yangiliklar
13.11.26
Agar oʻzbek kompaniyasi xorijiy buyurtmachiga xizmat koʻrsatsa, bu hali QQS hisoblanishi kerak degani emas. Hammasi Oʻzbekiston xizmatlarni sotish joyi sifatida tan olinishiga bogʻliq. Ammo soliq boʻlmasa ham, EHFni rasmiylashtirish shart.
Soliq qoʻmitasi mazkur mavzu boʻyicha rasmiy tushuntirish berdi. Shuningdek, biz EHFni rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini va xizmatlar realizatsiya qilinadigan joy qanday belgilanishini qisqacha eslatib oʻtdik.
13.11.26
Avval xabar berganimizdek, Prezidentning «Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga (06.05.2026 y. PF-78-son) muvofiq Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy boʻlimlari tashkil etildi. Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
11.11.2026 yildagi 616-son VMQ bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yangi qabul qilingan qarorning idora va elektron xizmatlar faoliyatini belgilaydigan yangiliklari bizning sharhimizda.
13.11.26
My.soliq.uz saytida «Soliq organlarining rasmiy tushuntirishlari» elektron xizmati paydo boʻldi.
Endi soliq organlarining soliq solishga oid murakkab masalalar boʻyicha pozitsiyasi ochiq e’lon qilinadi.
12.11.26
Prezidentning 10.11.2026 yildagi PF-243-son Farmoni bilan maxsus hududlarda qiymati 50 mln AQSh dollaridan yuqori boʻlgan yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirayotgan investorlar uchun kengaytirilgan soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar paketi belgilandi.
Bizning sharhimizda prezident farmoni bilan investorlarga kafolatlangan soliq, bojxona va moliyaviy imtiyozlar haqida soʻz boradi.
12.11.26
Prezidentning 10.09.2026 yildagi PF-192-son Farmoni bilan 2027 yil 1 iyuldan boshlab tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish joriy etilmoqda: 2030 yilgacha ixtiyoriy, keyinchalik - mutaxassisligi boʻyicha ishlash uchun majburiy. Shu bilan birga, yangi ustama paydo boʻladi va malaka toifalari berilmaydi.
Oʻtish davri sharoitida eski malaka toifalarini yangi ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish bilan birlashtirish, yangilangan koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ish haqini xatosiz hisoblash va barcha amaldagi qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalarni qoʻllash haqida «Norma» eksperti Irina AXMETOVA tushuntiradi.
12.11.26
Vazirlar Mahkamasining 06.11.2026 yildagi 610-son qarori miqdoriy cheklovlar (kvotalar) orqali eksport va importni tartibga solishning yagona va shaffof mexanizmini joriy etadi. Hujjat bilan mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo boʻlishga tayyorgarlik koʻrishi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksporti va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Qarorning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari boʻlgan yuridik shaxslarga bevosita taalluqli asosiy jihatlarini koʻrib chiqamiz.
11.11.26
2026 yil 11 dekabrdan boshlab markirovkalanadigan tovarlar uchun 84 ta umumiy MXIK kodi faol boʻlmaydi – ular endi EHF va onlayn-NKT cheklarida koʻrsatilmaydi.
Ushbu kodlarning toʻliq roʻyxatini yuklab oling va oʻzingizdagi kodlarni oldindan tekshirib qoʻying.
11.11.26
Vazirlar Mahkamasining 22.09.2026 yildagi 505-son qarori avvalgi ikkita hujjat oʻrniga yangilarini tasdiqladi va ular 2026 yil 23 sentyabrdan kuchga kirdi. 2026 yil 1 dekabrdan boshlab baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish «Xavfsiz mehnat» tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu mavzu xodimi jarohat olgan har bir ish beruvchiga va toʻlovlarni hisoblab chiquvchi hamda hisobni yurituvchi buxgalterga taalluqlidir.
Toʻlovlarni qaysi hujjatlar bilan asoslash lozimligi, jabrlangan xodimlarga qanday kompensatsiya turlari toʻlanishi kerakligi hamda ularni hisoblashda soliq xavf-xatarlari va sud nizolaridan qanday qochish mumkinligini «Norma» ekspertlari tushuntirib beradilar.
11.11.26
Oʻzbekistonda moliyaviy xizmatlar reklamasiga qoʻyiladigan talablar qat’iylashtirilib, ijtimoiy axborot doirasi kengaytirilmoqda. 10.11.2026 yildagi OʻRQ-1187-son Qonun «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonunga aniq, ammo muhim oʻzgartirishlar kiritmoqda: endi aholiga, shu jumladan tadbirkorlarga sugʻurta savodxonligi faolroq oʻrgatiladi, banklar va mikrokredit tashkilotlari esa qarz oluvchilarni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy xatarlar haqida ochiq ogohlantirishi shart.
Kreditlash va sugʻurta mahsulotlariga qiziqishning keskin oʻsishi fonida yangiliklar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy intizomni oshirishga qanday qaratilganini koʻrib chiqamiz.
11.11.26
Oʻzbekistonda tadbirkorlik muhiti oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda: davlat raqamlashtirish, shaffoflik va biznesning haqligi prezumpsiyasiga urgʻu bermoqda va shu bilan birga qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda.
«Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi regulation.adliya.uz portalida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi (loyiha IDsi: 11152).
Muhokamada 2026 yil 26 noyabrgacha havola orqali ishtirok etish mumkin.
Qonun loyihasida taklif etilayotgan yangiliklar haqida batafsil – buxgalter.uz sharhida.
10.11.26
Soliq qoʻmitasining 09.10.2026 yildagi 2026-21-son qarori bilan DSQning «Soliq hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 2020-03-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar QQS shakllari hamda Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisob-kitobiga taalluqlidir. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan – 2026 yil 6 noyabrdan kuchga kirdi.
09.11.26
Oʻzbekistonda suv omborlari atrofida dam olish va turizm zonalarini yaratish qoidalari tasdiqlandi. Endi u yerdagi boʻsh turgan yerlar tasdiqlangan master reja boʻyicha va xavfsizlik qat’iy nazorat qilingan holda ochiq auksionlar orqali tadbirkorlarga beriladi. Kim yer olishi mumkin va boʻlajak kurortlarga qanday talablar qoʻyilmoqda – bu xususda bizning sharhimizda oʻqing.
09.11.26
2026 yil 18 noyabrda tadbirkorlar uchun oʻzgartirishlar paketi kuchga kiradi. Yangi normalar biznes hayotini jiddiy ravishda yengillashtiradi: kompaniyalarni qonuniy «muzlatib qoʻyish»ni joriy etadi, ortiqcha tekshiruvlardan himoya qiladi va jarimalarni yumshatadi.
Tez orada amal qila boshlaydigan yangiliklar – bizning sharhimizda.
06.11.26
02.11.2026 yildagi yangi OʻRQ-1186-son Qonun biznes uchun yongʻin xavfsizligi talablarini oʻzgartiradi. Oʻzgartirishlar bilan bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligiga doir minimal texnik talablar, tekshiruvlarning yangi tartibi, ayrim ob’yektlarni majburiy sugʻurta qilish, yongʻinlar oqibatida odamlarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik darajasida joriy etilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilinganidan uch oy oʻtgach, 2027 yil 5 fevraldan kuchga kiradi – yangi talablarga tayyorgarlik koʻrishga ulguring.
06.11.26
Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga soluvchi normativ hujjatlarga tuzatishlar paketi qabul qilish uchun tayyorlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi (loyiha ID raqami: 10806) majburiy markirovkalashni hisobga olgan holda ularni ulgurji va chakana realizatsiya qilish qoidalarini batafsil belgilaydi, elektron tijoratga qoʻyiladigan talablarni kuchaytiradi. Shuningdek, muvofiq boʻlmagan mahsulotlarni chaqirib olish va yoʻq qilish tartib-taomillarini oʻzgartiradi. Ushbu yangiliklar farmatsevtika kompaniyalari, distribyutorlar va dorixona tarmoqlarining operatsion faoliyatiga ta’sir koʻrsatib, dorixona xodimlari va rahbarlari, elektron savdo platformalari operatorlari va buyurtmalar agregatorlari, shuningdek, yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining javobgarlik hududlariga ta’sir qiladi.
Muhokamada 2026 yil 20 noyabrgacha regulation.adliya.uz portalida havola orqali ishtirok etish mumkin.
Batafsil – sharhimizda.
06.11.26
2027 yildan boshlab aksiz soligʻi boʻyicha hisobotlar proaktiv formatga oʻtishi haqida biz avval ham yozgan edik.
Soliq qoʻmitasi joriy yilning oktyabr oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantirishni boshladi.
05.11.26
Kripto-aktivlar bilan bogʻliq faoliyat Prezidentning 03.07.2018 yildagi PQ-3832-son qarori bilan tartibga solinadi: mayning bilan Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (ILMA) roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar shugʻullanadi, provayder xizmatlari esa litsenziya asosida koʻrsatiladi. Qoraqalpogʻistonning butun hududida «Besqala Mining Valley» mayning zonasida alohida rejim amal qiladi. Mavzu mayning yoki provayderlik xizmatlarini rejalashtirayotgan kompaniyalar va oʻzbekistonlik mijozlari boʻlgan xorijiy platformalarga taalluqlidir.
«Norma» eksperti Irina AXMETOVA Oʻzbekistonda kripto-aktivlar bilan ishlash uchun umumiy rejim va maxsus hudud bir-biridan nimasi bilan farq qilishini, shuningdek, litsenziyani yoʻqotish xavfisiz mayningni qonuniy ravishda qanday boshlash yoki provayderlik faoliyatini qanday tashkil etish mumkinligini tushuntiradi.
04.11.26
Soliq qoʻmitasi axborot xabarnomasida «E-POS» virtual kassasi texnik talablarga javob bermasligi sababli Davlat reyestridan chiqarilganini ma’lum qildi. Dastur ishlab chiquvchisi mijozlarga bergan javobida vaziyatga 10 noyabrgacha oydinlik kiritishni moʻljallayotganini bildirgan. Biroq shuni inobatga olingki, agar onlayn-NKT davlat reyestridan chiqarilsa, uni almashtirish uchun juda qisqa muddat beriladi. Ushbu muddat tugagandan keyin ham bunday kassani ishlatishda davom etganlik uchun katta miqdorda jarima solinishi mumkin.
04.11.26
Yangi hisobvaraqlar rejasining tuzilishi va raqamlanishi 21-son BHMS boʻyicha amaldagi hisobraqamlar rejasidan sezilarli darajada farq qiladi. Buxgalterlarning savollariga javob beramiz: bu farqlar aynan nimada va tashkilotlar yangi hisobvaraqlar rejasini qoʻllashga majburmi.
03.11.26
Vazirlar Mahkamasi koʻchmas mulk va yogʻochdan tayyorlangan ayrim buyumlarni realizatsiya qilishda soliq bazasini bozor narxidan kelib chiqib aniqlash tartibini tasdiqladi. Agar shartnomadagi, EHFdagi yoki NKT chekidagi narx bozor narxidan 20 foizga farq qilsa, soliq organi bazani qayta hisoblab chiqish va soliqlarni qoʻshimcha hisoblash huquqiga ega.
Tartib bunday tovarlarning sotuvchilari va xaridorlariga taalluqli boʻlib, uning ikkita qoidasi boʻyicha «Norma» eksperti Irina Axmetovaning nuqtai nazari ularni soʻzma-soʻz tushunishdan farq qiladi.