Foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiyadan zararni ushlab qolish mumkinmi

preview

Xodim vaxtaga kirgan kuni ishga kelmagan. Uni juda qiyinchilik bilan topdik, progullar va boshqa qonunbuzarliklar toʻgʻrisida dalolatnomalar tuzdik, barcha hujjatlar asosida ishdan boʻshatamiz. Bunda u tilxat olib berilgan moddiy boyliklarni topshirmagan. Ishga kelmaganlik uchun ishdan boʻshatishda ushbu moddiy boyliklarning qiymatini yakuniy hisob-kitobdan qanday qilib toʻgʻri ushlab qolish mumkin? Xodimning yozma roziligi boʻlmasa, foydalanilmagan ta’til uchun pul kompensatsiyasidan zarar summasini ushlab qolishga yoʻl qoʻyiladimi?»

Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:

Mutaxassislarga oʻz savolingizni bering va «Javob beramiz!» xizmatining toʻliq javoblar bazasidan foydalaning – buning uchun Buxgalter Proga kirishni rasmiylashtiring.

E’tibor bering

Materiallardan nusxa olish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

– Ish haqidan ushlab qolishlar umumiy qoidaga koʻra, xodimning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin .

Xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar zarar miqdori xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan oshmasa, ushlab qolish amalga oshiriladi .

E’tibor bering

Ish beruvchiga yetkazilgan zararning oʻrtacha oylik ish haqidan oshmaydigan summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining zarar aniqlangan kundan boshlab 1 oydan kechiktirmay qabul qilingan buyrugʻi boʻyicha amalga oshiriladi.

Agar zarar undan koʻp boʻlsa yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat oʻtgan boʻlsa, undirish sud tartibida amalga oshiriladi .

 

Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya, agar ta’tildan foydalanilmagan boʻlsa, mehnat shartnomasi bekor qilinganda kafolatlangan toʻlov hisoblanadi. Xodimning yozma roziligisiz undan zarar summasini bir tomonlama ushlab qolish mumkin emas .

Mazkur holatda xodim ishda boʻlmaganligi sababli, zararni qoplash uchun sudga murojaat qilish kerak .

 

Shu bilan birga, zarar miqdorini aniqlashda nozik jihatlar boʻlishi mumkin. Bu masala tavsiyalarda batafsil tushuntirilgan:

 

 

Xodimlar bilan hisob-kitoblar Xodimlar bilan hisob-kitoblar Xodimlar bilan hisob-kitoblar /oz/publish/doc/text215150_foydalanilmagan_mehnat_tatili_uchun_kompensaciyadan_zararni_ushlab_qolish_mumkinmi