2026 yilning noyabr oyi dam olishga vaqt qoldirmaydi – taqvim soliqlar, boʻnaklar, majburiy toʻlovlar va hisobotlarni topshirishning yakuniy muddatlari bilan toʻlib-toshgan. Har bir soliq boʻyicha tayyor ekspert tavsiyalaridan foydalaning. ...
Ta’til mavsumi ortda qoldi, uchinchi chorak yakunlanmoqda, oldinda esa kuzgi hisobot marafoni. 2026 yil oktyabr oyida nimalarni va qaysi muddatlarda topshirish hamda toʻlash kerakligi, dam olish kunlari tufayli qaysi muddatlar kechiktirilgani haqida ma’lumot beramiz. Oktyabr oyi tinch va bezovtaliksiz oʻtsin. ...
Sentyabr – faol ish va chorak hisobotlarini topshirish oyi. Byudjet oldidagi barcha majburiyatlarni oʻz vaqtida yopish uchun oyning muhim vazifalarini bir chek-listga jamladik. Kuzni shoshilinch ishlardan xoli boshlash uchun taqvimingizni tekshirib chiqing. ...
Birinchi yarim yil ortda qoldi, oldinda yozgi hisobotlarning qizgʻin pallasi. Yarim yillikni muvaffaqiyatli yakunlash uchun majburiyatlar roʻyxatini tuzing.
Hisobotlarni tayyorlashni aniqroq rejalashtirishingiz va chalkashliklarning oldini olishingiz uchun bosh buxgalterning oylik rejasi sizga yordam beradi. ...
Birinchi yarim yil ortda qoldi, oldinda yozgi hisobotlarning qizgʻin pallasi. Yarim yillikni muvaffaqiyatli yakunlash uchun majburiyatlar roʻyxatini tuzing.
Hisobotlarni tayyorlashni aniqroq rejalashtirishingiz va chalkashliklarning oldini olishingiz uchun bosh buxgalterning oylik rejasi sizga yordam beradi. ...
Kalendar yilning deyarli yarmini oʻtkazdik: navbatda – iyun...
Soliq frontining barcha jangchilariga yordam tariqasida bosh buxgalterning oylik rejasini taqdim etamiz. Unda barcha ma’lumotlar – sanalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlarga havolalar va maslahatlar keltirilgan: ...
2026 yil may oyida bizda ikkita bayram – Xotira va qadrlash kuni hamda «Qurbon hayiti» nishonlanadi. Dam olish va bayram kunlariga toʻgʻri keladigan hisobot sanalarini koʻchirishlar ham mavjud. Keling, bu sanalarni «May oyi uchun bosh buxgalter rejasi» bilan solishtiramiz: ...
Aprel oyida bizda reja boʻyicha bahor va toʻqqizta nazorat sanasi bor. Buxgalterlar I chorak yakunlarini chiqaradilar va hisobot beradilar...
Yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchi taqvimi 2026 yil aprel oyidagi har bir nazorat sanasini oʻtkazib yubormaslikka yordam beradi. Unda Oʻzbekistondagi korxonalar uchun soliq hisobotlari va toʻlovlari muddatlari batafsil koʻrsatilgan. Yana jadval koʻrinishidagi qisqa shpargalka ham bor (yuklab olish uchun). U soliq idorasiga hisobot topshirish yoki soliqlarni toʻlash qaysi sanagacha moʻljal qilinayotganini tezda tekshirishga yordam beradi. ...
Buxgalteriya hisobida mart oyida e’tiborga olinadigan uchta bayram bor, lekin ular haftaning qaysi kuniga toʻgʻri kelishiniyu va hatto bugun qaysi kuni ekanligini ba’zan eslay olmaysiz. Lekin bu – hisobot xato topshiriladi, degan gap emas.
Sira havotir olmang, biz sizga hammasini eslatib turamiz! 2026 yil mart oyida qanday soliqlarni toʻlash va qanday hisobotlarni topshirish kerakligini bizning Bosh buxgalter rejamiz va unga tushuntirishlar Buxgalter Pro ma’lumotnoma-ekspert tizimi tavsiyalarida koʻrsatib beriladi: ...
Fevral oyida oddiy odamlar shoshmasdan, sekin ishlaydilar, vitaminlar sotib oladilar, qishki fotosuratlarni joylashtiradilar, ta’tilni rejalashtiradilar, seriallarni tomosha qiladilar va bahorni kutadilar.
Buxgalterlar esa bu vaqtda... Oʻtgan yil uchun, yangi yil uchun, yangi qoidalar boʻyicha, yangi shakllar asosida, yangi usullar bilan hisobot beradilar.
Oʻzimiznikilarni tashlab qoʻymaymiz, yordam beramiz, yoʻl-yoʻriq tarzida 2026 yil fevral oyi uchun nazorat sanalari koʻrsatilgan reja tayyorladik. Hech narsani oxirgi kunga qoldirmaslikni tavsiya etamiz: ...
Yanvarda bizni koʻp narsalar kutyapti, hamkasblar... «Hammasi rejadagidek» degan ibora yordamida faqat yaxshi narsalarga umid qilamiz.
Buxgalter.uz turli voqealar va joriy ishlar oqimida keyinchalik jarimaga tortilishi mumkin boʻlgan biror muhim narsani tasodifan unutib qoʻymaslik uchun siz uchun yanvar «eslatmasi»ni tayyorladi: ...
Xususiy tibbiyot klinikasi soliq idorasidan yetkazib beruvchi oldidagi yarim milliard soʻmdan ortiq qarzdorlik mavjudligi haqidagi xabarnomani toʻliq hisob-kitob qilgan kontragent boʻyicha olgan. Bir oy oʻtgach, uning hisobiga inkasso qoʻyildi, bu esa, buxgalterning soʻzlariga koʻra, klinika faoliyatini toʻxtatib qoʻydi.
Bu safar hammasi yaxshilik bilan tugadi: undiruv tezda toʻxtatildi. Ammo ma’lum boʻlishicha, xatolarga har ikki tomon ham yoʻl qoʻygan. Keysni va xuddi shunday vaziyatga tushib qolmaslik yoʻllarini koʻrib chiqamiz. ...
Oʻzbekistonda uglerod soligʻi joriy etilishi mumkin. Aytgancha, bu 2027 yilga moʻljallangan soliq takliflari toʻplamidagi korxonalar oldindan bilishi kerak boʻlgan yagona gʻoya emas.
Buxgalter.uz saytida yangi soliqni joriy etish tashabbusi bilan kim chiqqani, u kimlarga ta’sir qilishi mumkinligi va shuningdek, soliq siyosatida yana qanday oʻzgarishlar taklif etilgani haqida soʻzlab beramiz. ...
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi normativ-huquqiy hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi (loyiha ID raqami: 11820). Yangi Nizom TIF ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash boʻyicha bojxona organlari tomonidan dastlabki qaror qabul qilish tartibini belgilaydi. Asosiy yangilik – dastlabki qarorlarni qabul qilishning markazlashtirilgan tartibini joriy etishdir.
Muhokamada 2026 yil 6 noyabrgacha havola orqali ishtirok etish mumkin.
Ushbu yangilik tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining kundalik faoliyatiga qanday ta’sir koʻrsatishini bizning sharhimizda koʻrib chiqamiz. ...
Har oy 25 sanasidan oyning oxirgi sanasigacha soat 09:00 dan 18:00 gacha «Oʻzsuvta’minot» yuridik shaxslarning sovuq suv boʻyicha koʻrsatkichlarini qabul qiladi.
Asosiy tafsilotlar – bu yerda: ...
Prezidentning 27.08.2026 yildagi PF-175-son Farmoni bilan bir vaqtning oʻzida bir nechta soliq imtiyozlari shartlari oʻzgartirildi. Soliq va bojxona imtiyozlari hamda QQSning bir qismini qaytarish endi Barqarorlik reytingidagi darajaga bogʻliq emas, mehmonxonalar uchun mol-mulk va yer soligʻining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash uzaytirildi, startap-investorlar uchun JShDS boʻyicha imtiyoz joriy etildi, turoperatorlar esa 2027 yildan boshlab QQSning nol stavkasiga ega boʻladi.
Ushbu oʻzgarishlar biznesga qanday ta’sir qilishi haqida «Norma» eksperti Irina Axmetova batafsil ma’lumot beradi. ...
Prezidentning 27.08.2026 yildagi PF-175-son Farmoni bilan kassirlar va buxgalterlar har kuni qoʻllaydigan ikkita qoida oʻzgartirildi. Tovarlar va xizmatlar uchun naqd pul orqali hisob-kitob qilishning chegaraviy miqdori endilikda BHMga bogʻlandi va qat’iy belgilangan 25 mln soʻm oʻrniga BHMning 400 baravarini tashkil etadi. Mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun esa markirovkalanadigan tovarlar roʻyxati kengaytirildi, ularning kodlari sotib olingandayoq yakuniy iste’molga realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi.
PF-175-son Farmonning asosiy oʻzgarishlarini va ularni buxgalteriya hamda kassirlar faoliyatiga joriy etish boʻyicha amaliy qadamlarni «Norma» eksperti Irina AXMETOVA tahlil qiladi. ...
Markirovkalangan tovarni sotishda sotuvchi raqamli markirovka kodini onlayn-NKT chekida aks ettirishi kerak. Shundagina «Asl belgisi» tizimi tovarni yakuniy iste’molchiga sotilgan deb roʻyxatdan oʻtkazadi. Oxirgi bir yil ichida qoidalar sezilarli darajada oʻzgardi. Endi kassa, agar u onlayn rejimda boʻlsa, kassirning xatolarini oldini olish uchun kodsiz, takroriy kodli va muddati oʻtgan tovar uchun chekni avtomatik ravishda bloklaydi. Umumiy ovqatlanish korxonalari va mehmonxonalar davlatdan juda katta yordam oldi, jumladan, ularga markirovkalangan tovarlar bilan ishlash qoidalari boʻyicha imtiyozlar berildi.
Bu kimga va nimaga tegishliligini «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL tushuntiradi. ...
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2026 yildagi PF-100-son Farmoni bilan QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan soliq toʻlovchilar uchun foyda soligʻining nol darajali stavkasi belgilandi. Mazkur imtiyoz 2026 yil 1 iyundan 2030 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Vuxgalter.uz Soliq qoʻmtasiga murojaat qilib, QQSni soddalashtirilgan tartibda toʻlashga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot topshirishi haqidagi masalaga aniqlik kiritdi. ...