“Korxonamiz mahsulotlarni kontragentlarga yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadi.
Bizga xaridorlar va buyurtmachilar ularning QQS guvohnomalari faol boʻlmagan davrda taqdim etilgan EHFga tuzatuvchi hisobvaraq-fakturalar yuborishni soʻrab murojaat qilishdi. Buningsababi ular mazkur hisobvaraq-fakturalar boʻyicha QQS summasini hisobga olisholmagan.
Agar biz xaridorlar va buyurtmachilarga takroran tuzatuvchi EHF yuborsak, bizda soliq yoki salbiy oqibatlar yuzaga keladimi?”
Savolga Soliq qoʻmitasining QQS ma’muriyatchiligi boshqarmasi mutaxassislari javob beradi: ...
«Korxona tovarlarni eksport qilish bilan shugʻullanadi. Shartnomada 100% oldindan toʻlov nazarda tutilgan. Oxirgi eksport yetkazib berish oldindan olingan toʻlovdan koʻproq summaga rasmiylashtirilgan. Muddati bir yuz sakson kundan oshmaydigan debitorlik qarzi yuzaga keldi.
Korxonaning debitorlik qarzi munosabati bilan korxonada soliq oqibatlari yuzaga keladimi?»
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Norma» ekperti Oleg Soy izohladi. ...
«Korxonamiz aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi hisoblanadi. Biz belorus kompaniyasidan dasturiy mahsulot sotib olishni rejalashtirganmiz. SKning 255-moddasiga muvofiq elektron xizmatlar importi uchun QQS toʻlash majburiyati yuzaga keladi.
Import dasturiy mahsulotni sotib olayotganda aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi maqomini yoʻqotmaymizmi? Ushbu bitim umumiy belgilangan soliqlarga oʻtish majburiyati bilan tovarlarni olib kirish sifatida koʻrilmaydimi?»
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining soliq solish metodologiyasi departamenti mutaxassislari izohlashdi: ...
«Kreditor faktoring shartnomasi asosida pul majburiyati boʻyicha talab qilish huquqidan uchinchi shaxs foydasiga voz kechmoqda.
Mazkur holda QQS yuzaga keladimi?»
Vuxgalter.uz iltimosiga binoan ushbu vaziyatga soliq mutaxassislari tushuntirish berdilar.
Soliq qoʻmitasining soliq nizolarini sudgacha tartibga solish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZOMIDDINOVA: ...
«Korxona - QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi. Faoliyat turi – AGTKS (avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari) orqali metanni realizatsiya qilish. Gaz ta’minoti tashkiloti «Avtopilot» elektron hisobga olish uskunasining qaydlariga muvofiq har oyning oxirida korxonamiz tomonidan qabul qilingan tabiiy gazni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini (qogʻozda) tuzadi. Dalolatnomaga «Rasxodomer ISO» dasturiy kompleksiga muvofiq gaz hajmini tiklash dalolatnomasi ilova qilinadi. Ushbu dalolatnomada bosim juda tushib ketganda tiklangan gaz hajmi aks ettiriladi.
Bosim juda tushib ketganda hosil boʻlgan gaz hajmi korxona tomonidan haqiqatda olinmagan va hisobga olish uskunalarida qayd etilmagan va tegishincha realizatsiya qilinmagan. Gaz ta’minoti tashkiloti tuzgan EHFda haqiqatda olingan gaz hajmi va tiklangan gaz hajmi qoʻshilib, bitta raqam bilan aks ettirilmoqda. Buxgalteriyada iste’molchilarga realizatsiya qilingan gaz hajmi realizatsiya sifatida aks ettirilmoqda. Bosim juda tushib ketganda hosil boʻlgan gaz hajmi esa korxona xarajatlariga hisobdan chiqarilmoqda hamda chegirilmaydigan xarajatlar sifatida foyda soligʻi solinmoqda.
Bosim juda tushib ketganda hosil boʻlgan gaz hajmini buxgalteriyada qanday toʻgʻri aks ettirish mumkin va bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Ushbu hajmga QQS va aksiz soligʻi solinadimi? Ushbu hajm Foyda soligʻi hisob-kitobining qaysi ilovasida aks ettirilishi kerak?»
Vuxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligining Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV javob berdi: ...
“Korxonaning omborida mavjud boʻlmagan “Daewoo” rusumidagi avtomobilning tekinga olingan ehtiyot qismlari uzoq vaqtdan buyon saqlanmoqda. Korxona – davlat unitar korxonasi (hokimlikning ulushi – 100%). Boshqa hokimlik ulushiga ega boʻlgan DUK ehtiyot qismlarni tekinga berish iltimosi bilan murojaat qildi. Rahbar tekinga berish toʻgʻrisidagi taklifni ma’qulladi.
1. Ehtiyot qismlarni topshirishda qanday hujjatlarni rasmiylashtirish kerak? Ta’sischini xabardor qilish lozimmi?
2. Qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishi mumkin? EHF rasmiylashtirish kerakmi?
3. Qanday buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
“Umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi boʻlgan Oʻzbekiston kompaniyasi agentlik bitimi tuzdi. Shartnoma boʻyicha Rossiya kompaniyasi – agent Oʻzbekiston kompaniyasi uchun boshqa Rossiya kompaniyasiga loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga buyurtma beradi.
Oʻzbekiston kompaniyasi agentning xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq barcha xarajatlarini qoplaydi va agentga vositachilik haqi toʻlaydi. Shartli ravishda, hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha xizmatlar uchun 1 000 Rossiya rubli qoplab beriladi, vositachilik haqi 200 rublga teng, shartnomaning umumiy summasi – 1 200 rubl.
Oʻzbekiston kompaniyasida qaysi summadan qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Ikkala Rossiya kompaniyasidan soliq rezidentligi toʻgʻrisidagi hujjatni soʻrab olish kerakmi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
“Soliq solishdan ozod etilgan, import qilingan texnologik asbob-uskunalar lizingga berilganda QQS boʻyicha soliq bazasi mazkur asbob-uskunalarni sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlanadi.
1. Lizing ob’yektini “realizatsiya qilish narxi” atamasi nimani anglatadi?
2. Import qilingan asbob-uskunaning sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqni qanday toʻgʻri hisoblab chiqarish kerak?
3. EHFda import qilingan asbob-uskunani sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan QQSni qanday toʻgʻri aks ettirish kerak?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nazorati departamenti direktori oʻrinbosari Aziz HOShIMOV javob beradi. ...
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda soliq toʻlovchilarga deyarli 2 yil davomida koʻplab koʻngilsizliklar va sarsongarliklar olib kelgan tax gap tizimini 1 oktyabrdan boshlab bekor qilish qarorini aytib oʻtdi. Soliqchilar tashabbusni amalga oshirishni kechiktirishmadi. Shu haftadan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalarda soliq uzilishi koeffitsiyenti aks ettirilmayapti.
Mazkur oʻzgartirishlar soliq solish va tadbirkorlarning soliqchilar bilan hamkorligiga qanday ta’sir qilishini soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi. ...
Soliq organi yoʻllagan xabarnomada korxonada aniqlangan QQSning manfiy farqi toʻgʻrisida xabar berilib, hisobvaraq-fakturalarni qayta tekshirishni talab qilmoqda.
Bunday xabarnomaga qanday qilib toʻgʻri javob berish haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi. ...
“Korxona xom ashyoni import qildi. Invoys boʻyicha xom ashyoning qiymati – 11 000 ming soʻm (1 000 AQSh dollari). Bojxona qiymati – 33 000 ming soʻm (3 000 AQSh dollari). Korxona tomonidan toʻlangan QQS summasi – 3 960 ming soʻm.
Korxona xom ashyoni qanday qiymati boʻyicha kirim qilishi kerak – invoysda koʻrsatilgan qiymati boʻyichami yoki BYuDda koʻrsatilgan bojxona qiymati boʻyichami? Hisobga olishga qabul qilinadigan QQSni qaysi summadan hisoblab chiqarish kerak? Summalardagi farq – 2 640 ming soʻm – 9430 schyoti debeti boʻyicha xarajatlarga olib boriladi va foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanadigan xarajat hisoblanmaydimi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV javob berdi: ...
“Tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari boʻyicha xabarnoma oldik, unda soliqchilar bizning kontragentimiz 2022 yilda va 2023 yilning yanvar oyida QQS toʻlamaganligi haqida xabar qilishgan. Soliqchilar shu asosda biz mazkur kontragent bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisobga olingan summalarni qaytarishimizni istashyapti.
Mazkur vaziyatda qanday yoʻl tutgan yaxshi: soliqchilarning talablariga rozi boʻlishimiz kerakmi? Yoki bitimni amalga oshirish paytida bizning kontragentimiz shubhali korxonalar jumlasida boʻlmaganligini koʻrsatgan holda, norozilik bildirish lozimmi? Bizning talablarning noqonuniyligi toʻgʻrisidagi dalillarimizga quloq solishlari imkoniyati qanday?”
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi: ...
Korxona QQS toʻlovchisi, import qilingan tovarni bepul joʻnatadi. Mazkur vaziyatda bojxonada toʻlangan, ilgari hisobga olingan QQSga tuzatish kiritish kerakmi? Bepul berishga hisobvaraq-fakturani qanday toʻgʻri taqdim etish kerak?
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Balance Calculate” XK direktori, “Profi Training” NTM buxgalteriya hisobi boʻyicha sertifikatlangan treneri Venera MALIKOVA va “Norma” eksperti Irina AXMETOVA javob berishdi: ...
Texnopark rezidenti Oʻzbekistonning norezidentidan xizmatlarni sotib olishda QQS toʻlamaslikka haqlimi? Mazkur imtiyozsiz mahsulotning yakuniy narxi oshib ketmoqda, biroq uni qoʻllash bilan murakkabliklar yuzaga kelmoqda.
Vaziyat davlat regulyatori tomonidan e’tiborni talab qiladi – deb hisoblaydi soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA. Buxgalter.uz iltimosiga binoan u muammo nimada ekanligini tushuntirib berdi. ...
“2018 yilda tashkilot bank bilan avtomobilni 75 mln soʻm miqdorida kreditga sotib olishga doir shartnomani rasmiylashtirdi. 2023 yil 1 mayga kelib kredit toʻliq soʻndirildi, shundan soʻng 75 mln soʻmga avtomobilning oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirildi.
Nima uchun oldi-sotdi shartnomasi 2023 yilda avtomobilning boshlangʻich xarid qiymati boʻyicha amortizatsiyani hisobga olmagan holda 75 mln soʻmga rasmiylashtirilmoqda, axir avtomobil tashkilotimiz tomonidan foydalanilishi uchun 2018 yilda topshirilgan?
Bugungi kunda avtomobilning real qiymati 5 yil foydalanishdan soʻng baholovchi kompaniyaning xulosasiga koʻra taxminan 25 mln soʻmni tashkil etadi. Hujjatlar rasmiylashtirilganidan keyin biz avtomobilni darhol 25 mln soʻmga qayta sotishni rejalashtirmoqdamiz.
Biz soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlamayapmizmi, axir bitimning narxi sotib olish qiymatidan ancha past?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV javob berdi. ...
“Tashkilot 2021 yilda chet eldan asosiy vositani sotib oldi. QQS stavkasi 15 % boʻlgandi. Hozir tashkilot AVni qoldiq qiymati boʻyicha realizatsiya qiladi. QQS boʻyicha soliq solish bazasini biz bojxona qiymati boʻyicha olamiz. Hozir QQS 12% boʻlganligi munosabati bilan QQS summasi bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida boʻlganiga nisbatan kamroq boʻladi.
Ushbu vaziyatda QQSni qanday toʻgʻri hisoblash kerak?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV javob beradi: ...
Amaliyotda ba’zan pdf formatidagi yoki qogʻozga bosib chiqarilgan QQS guvohnomasiga zarurat yuzaga keladi. Uni qayerdan va qanday yuklab olish mumkin? Taqdim etilgan hujjatning haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?
Soliq qoʻmitasining mutaxassislari yoʻriqnomani taqdim etishdi. ...
Xizmatlar importiga bir tomonlama EHF taqdim etish majburiyati mavjudmi? Hisobvaraq-fakturalar toʻgʻrisidagi nizomda ushbu savolga javob yoʻq.
Pirovardida zarar koʻrmasligi uchun soliq toʻlovchi oʻzini qanday toʻgʻri tutishi kerakligini soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi. ...
QQSni qaytarish uchun soliq organlariga alohida arizalar yozish kerak emas. Qoplash (qaytarish) uchun xabarnoma QQS boʻyicha soliq hisoboti doirasida beriladi. ...
“2022 yilning iyun oyida korxona qarz shartnomasi boʻyicha tovarlarni 15% stavka boʻyicha QQSni hisobga olgan holda topshirdi. Qarz QQSning 12% stavkasi amal qiladigan 2023 yilning iyun oyida qaytariladi”.
Ushbu vaziyatda soliqning qaysi stavkasini qoʻllash kerakligini “Norma” eksperti Oleg SOY tushuntirdi: ...