Tashkilotning 2020 yil hisobidan soliq qarzi bor. 2026 yilda soliq organi uni uzish toʻgʻrisida talabnoma yubordi. Tashkilot Soliq kodeksining 88-moddasidagi uch yillik da’vo muddatiga tayanib, toʻlamaslikka qaror qildi.
Bu xulosa toʻgʻrimi? Vaziyatni auditor, soliq maslahatchisi, «HASBA AUDIT» MChJ rahbari (hamkori) Bahodir MANGITOV tahlil qildi. ...
Ba’zi buxgalterlar 20 yanvar kuni mol-mulk soligʻi boʻyicha proaktiv hisobotlar bilan bogʻliq «sirli voqea»ga duch kelishdi. Kimdir ularning oʻrniga «avtomat» hisobotni topshirib yuborgan! Hamkasblar esa bu ishni qilmaganliklarini aytishmoqda, joʻnatish IP-manzili begona, bu qanday «tuzoq» ekanligi noma’lum...
Vahima qilmang, hamma narsa shunday boʻlishi kerak. Buxgalter.uz bu haqda yozgan edi, soliqchilarning oʻzlari esa 12 yanvar kuni boʻlib oʻtgan vebinarda bu savolga javob berishdi.
Agar band boʻlib, bu ma’lumotni oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, bularning barchasi qanday ishlashini yana bir bor tushuntiramiz: ...
Soliq kodeksi biz hali sizlar bilan muhokama qilmagan bitta yangi norma bilan toʻldirildi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar endi soliq qarzini oʻz debitorlari hisobidan oʻzaro tasdiqlangan yoki bir tomonlama imzolangan hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini murojaatga ilova qilgan holda toʻlashlari mumkin.
Tafsilotlarni buxgalter.uz sharhida aniqlaymiz: ...
Bir kompaniya ikkinchisiga qoʻshib olinganda, u faoliyatini toʻxtatadi. Uning barcha huquq va majburiyatlari vorisga – oʻziga qoʻshib olingan kompaniyaga oʻtadi. Buxgalter tugatilayotgan kompaniyaning soliq boʻyicha qarzlari va ortiqcha toʻlovlari bilan qanday ish koʻradi?
Buxgalter.uz da koʻrib chiqamiz: ...
Hisobvaraqda pul yetishmaganda qaysi soliqlarni birinchi navbatda toʻlash kerak? Ish haqi boʻyicha soliqlar bilan aylanmadan olinadigan soliq oʻrtasida tanlash kerak boʻlsa, soliqlar boʻyicha ustuvorlik bormi?
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
Soliq qoʻmitasi 13 avgust kuni soliq organlari tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlikdan jabr koʻrgan soliq toʻlovchilarga ortiqcha undirilgan mablagʻlarni texnik ishlar yakunlanishi bilan qaytarishga va’da bermoqda. ...
Soliq toʻlovchilar inspektorlarning soliqlarni oldindan – avans tariqasida toʻlashni soʻrab qoʻngʻiroq qilishlaridan shikoyat qilmoqda. Undan ham koʻprogʻi – my3.soliq.uz orqali soliqlarni toʻlashda buxgalter oʻz hisobi boʻyicha aniq toʻlagan taqdirda ham soliqni ortiqcha toʻlashga rozilik berishni taklif qiluvchi chiquvchi oyna koʻradi. Va «yoʻq»ni bosish – mumkin emas, bu holda tizim toʻlov hujjatini rasmiylashtirishga ruxsat bermaydi.
Bunday amaliyot biznesda tushunmovchilikni keltirib chiqarmoqda. Vaziyatni buxgalter.uz soʻrovi boʻyicha soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhladi: ...
Tashkilot DSXOdan xat oldi, unda 46 «Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi» va 36 «Ijtimoiy soliq» kodlari boʻyicha soliqlar uchun unga ortiqcha toʻlovni koʻchirish amalga oshirilgani – bundan soliq toʻlovchining oʻzi xabardor qilinmagan va SKning 83, 103-104, 110 va 115-moddalariga, shuningdek 26.03.2021 yildagi 2771-3-son qarorning 33-2 bandiga havola qilingan holda koʻrsatilgan.
Bunday amallarning qonuniyligini buxgalter.uz soʻrovi boʻyicha soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA baholadi: ...
«Korxonaning ta’sischilaridan biri – Qozogʻiston fuqarosi. Korxona QQS toʻlovchisi boʻlib, transport xizmatlarini koʻrsatadi va avtotransportni ijaraga beradi. U xorijiy ta’sischiga tegishli va Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan maxsus texnika va yengil avtomashinalarni Oʻzbekistonga olib kirishi va ularni xizmat koʻrsatish shartnomalari boʻyicha ishlarni bajarish uchun ishlatishi mumkinmi? Bu holda qanday bojxona toʻlovlarini toʻlash kerak boʻladi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmatining bosh inspektori Aziza ZAIROVA javob berdi: ...
Oʻtgan haftada soliq maslahatchisi, “ ICONSULTANT” MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA u – bir nechta chet el kompaniyalarining ta’sischisi ekanligini aniqladi. Garchi haqiqatda u faqatgina ushbu kompaniyalarning doimiy muassasalariga soliq hisobini yuritish boʻyicha xizmatlar ...
Soliqlarni toʻlash boʻyicha toʻlov topshiriqnomalarini rasmiylashtirish va bajarish bilan bogʻliq muammolar soliq qarzi hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin. Bunday soliq toʻlovchilarga nisbatan Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq qarzini undirish boʻyicha choralar koʻriladi. Shuningdek, ushbu vaziyatda endi banklar ...
Soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilar ning shaxsiy kabinetlariga soliq toʻlashda xatolarga qanday qilib yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida xabar yubordi. Ushbu maslahat soliq summalarini toʻgʻri schyot larga oʻtkazishga va soliqlarni toʻlashni kechiktirganlik uchun penya dan q utulib qoli shga yordam beradi.
Muhim ...
“Bizda Qozogʻistonning yuridik shaxsi bilan kontrakt mavjud boʻlib, u boʻyicha biz asboblar sotib olamiz. Shuningdek, u bilan mazkur asboblarga kafolatli va texnik xizmat koʻrsatishga shartnoma ham mavjud. Asboblar Toshkent shahrida ta’mirlanadi, soʻngra Qozogʻistonning yuridik shaxsi ta’mirlash uchun summani valyutada qoplab beradi.
Bizning hisobraqamimizga valyuta kelib tushishi bois, ushbu tushumlar munosabati bilan biror bir hisobot joʻnatishimiz kerakmi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
24.10.2023 yildagi 560-son VMQga asosan TSOYaEATda tizimida xizmatlar eksporti va importi boʻyicha dalolatnomalarni (ma’lumotlarni) roʻyxatdan oʻtkazish muddatiga oʻzgartirish kiritildi. Ilgari u imzolangan kundan boshlab 1 kunni tashkil etgan. Bunday qisqa muddat kompaniyalar uchun noqulay boʻlgan, sababi imzolangan dalolatnomalar har doim ham chet ellik hamkorlar tomonidan 1 kun mobaynida taqdim etilmagan. Koʻpincha kechikish va potensial jarimalar xavfi yuzaga kelgan.
TIF-operatsiyalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishning yangi muddatida amaliyotchi buxgalterlar yana nimaga e’tibor berishlari maqsadga muvofiqligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan Profi Training biznes-treneri, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha ekspert Aleksandra TOLMAChYoVA gapirib berdi. ...
2024 yil 1 yanvardan boshlab 18.10.2023 yildagi 548-son VMQ bilan tasdiqlangan Nizom boʻyicha soliq toʻlovchilar QQS, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirishni tanlashlari mumkin boʻladi.
Ushbu yangilik nimalarni oʻzgartirishini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi: ...
2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq toʻlovchi QQS, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirishni tanlashi mumkin boʻladi. Tegishli Nizom 18.10.2023 yildagi 548-son VMQ bilan tasdiqlangan. ...
14.05.2020 yildagi 283-son VMQga asosan tashqi savdo operatsiyalarida tovarlarni eksport rejimiga rasmiylashtirish, chet ellik hamkorlar tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilganidan keyin ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish muddati yoxud Oʻzbekistonga import qilingan tovarlar, ishlar, xizmatlar uchun pul mablagʻlarini oʻtkazish muddati 365 kundan oshmasligi kerak.
Ammo “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonun va Fuqarolik kodeksi bunday taqiqni belgilamaydi va ayni paytga qadar banklar chet ellik hamkorlarga oʻtkazib yuborilgan muddat bilan toʻlovlarni oʻtkazishgan. Avgust oyidan boshlab banklar bunday operatsiyalar uchun soliq organining xulosasini soʻrashni boshlashdi.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi: ...
“Korxona, QQS toʻlovchisi, mahalliy hamda chet el yetkazib beruvchilaridan xom ashyo sotib oladi. Xom ashyoni import qilishda bojxona toʻlovlari, shu jumladan bojxona QQS toʻlanadi. Import qilingan xom ashyo IM-40 rejimiga rasmiylashtirilgan va ishlab chiqarishda foydalanilgan. Bir necha oydan keyin bojxona organlari bojxona bazasi va QQS summasini oshirishdi. Qoʻshimcha hisoblangan QQS summasini hisobga olish uchun korxona BYuD rasmiylashtirilgan oy va keyingi oylar uchun QQS boʻyicha qayta hisob-kitobni taqdim etdi. Shu tariqa, korxonamiz qayta hisob-kitoblarni koʻp marta topshirganligi tufayli soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq toʻlovchilar hududida boʻlib qolishi mumkin.
Mazkur vaziyatdan chiqish yoʻli bormi. Qoʻshimcha hisoblangan QQS summasini joriy davr hisobotiga kiritish imkoniyati mavjudmi?”
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSB QQS ma’muriyatchiligi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Marat VAXRIYeV tushuntirdi: ...
“Tashkilot kelgusida aniqlashtirilgan soliq hisobotini topshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan penyaga yoʻl qoʻymaslik uchun soliqlarning har bir turi boʻyicha oldindan toʻlovni amalga oshiradi. Ammo soliq organining ma’lum qilishicha, soliqlar turlari boʻyicha bunday toʻlovlarning mavjudligi aniqlashtirilgan soliq hisobotini topshirishda ahamiyatga ega emas va oldindan toʻlov mavjudligidan qat’i nazar, SKning 83-moddasiga binoan qoʻshimcha hisoblashlar boʻyicha penya hisoblanadi.
Soliq organi xodimlarining tushuntirishi toʻgʻrimi? Axir penya SKning 110-moddasiga muvofiq toʻlanmagan summaga nisbatan hisoblanmaydimi?”
Savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob beradi. ...
Soliq toʻlovchilar ortiqcha toʻlovlarni boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzish hisobiga avtomatik tarzda oʻtkazishdan voz kechishlari mumkin. Soliq qoʻmitasi mutaxassislari buni my.soliq.uzdagi soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining funksionali yordamida qanday amalga oshirish mumkinligi haqida soʻzlab berishdi.
Tavsiyadan foydalanamiz! ...