Yangi

1 yanvardan QQS boʻyicha yangi xavflar tizimi ishga tushadi: biznesga qanday tayyorgarlik koʻrish kerak

17.12.25
Oʻzbekiston soliq organlari Prezidentning PF-153-son Farmoni asosida soliq toʻlovchilarga ommaviy ravishda rasmiy xabarnomalar yuborishni boshladi. Bu shunchaki xabardor qilish emas, balki 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish qoidalari tubdan oʻzgarishi haqida toʻgʻridan-toʻgʻri ogohlantirishdir. Soliq maslahatchisi Irodaxon ABBOSXONOVA buxgalter.uz uchun oʻzgarishlarning mohiyati nimada ekanligini va biznes ularga qanday tayyorgarlik koʻrishi kerakligini tushuntirdi:

Nima uchun elektron retseptlarga doir tajriba ijtimoiy keskinlik va korrupsiya xavfini keltirib chiqaradi

15.12.25
Keling, aniq narsani tan olaylik: retsept bilan beriladigan preparatlar uchun QR-kodli «pilot» notekis va qattiq turbulentlik sharoitida uchadi. Elektron tizim vaqti-vaqti bilan «osilib» qoladi, poliklinikalarda ortiqcha yuk va juda katta navbatlar, turli sabablarga koʻra har safar dori sotib olish kerak boʻlganda poliklinikaga yugurishga kuchi yetmaydiganlar katta stressda. Chunki bosqichma-bosqichlik, moslashuvchanlik va bemorga yoʻnaltirilganlikni talab qiladigan chuqur ijtimoiy-tibbiy islohotga IT-loyiha sifatida yondashib boʻlmaydi. Aslida u dori muomalasi xavfsizligini oshirishi mumkin edi. Qat’iy va puxta oʻylanmagan holda joriy etilganda esa – davolanish imkoniyatini cheklaydi, ijtimoiy keskinlik, korrupsiya xavfi va yashirin bozorni keltirib chiqaradi. Hurmatli mualliflarimiz Irodaxon Abbosxonova va Gulnora Ergashevaning yuzaga kelgan vaziyat haqidagi fikrlarini e’lon qilamiz. Shuningdek, chet elda bunday cheklovlar tizimi norozilik kayfiyatini keltirib chiqarmasdan qanday ishlashini ham aytib oʻtamiz (eslatma – bizda ham shunday boʻlishi mumkin edi, lekin shoshilishdi):

2026 yil 1 yanvardan boshlab qat’iy belgilangan summadagi AOSdan stavkalar boʻyicha AOSga qanday oʻtish mumkin

12.12.25
Yil yakunlanishi bilan toʻlash tartibi oʻz kuchini yoʻqotadigan qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar oʻzlariga savol berishmoqda – ular soliqni 1 yanvardan boshlab stavkalar boʻyicha toʻlashga qanday oʻtishlari mumkin? Bildirishnoma berish kerakmi? Qanday qilib, qayerda va qaysi muddatlarda? Rasmiy izoh berilmagani uchun bu savolni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVAdan soʻradik (eslatma: bu ma’lumotni Soliq qoʻmitasi tasdiqladi):

Yangi yilda buxgalterga nima sovgʻa qilish mumkin: foydali gʻoyalar

10.12.25
Dekabr – korporativ sovgʻalar uchun mas’ul etib tayinlangan shaxsning an’anaviy tashvishli va mas’uliyatli davri. Qadrdon xodimlarga qanday sovgʻa qilish kerak, toki u siyqasi chiqmagan, yoqimli, tantanali, oʻtgan yildagidek haddan tashqari qimmat boʻlmagan, foydali, lekin, idish-tovoq boʻlmasin... Umuman olganda sovgʻa berish shunday narsaki, bundan kompaniya inqirozga uchramaydi, biroq xodimlar xursand boʻlishadi. Biz ham oʻyladik va buxgalter uchun – ish uchun, salomatlik uchun, kayfiyat uchun turli foydali sovgʻalar gʻoyalarini toʻpladik. Javob tariqasida oʻzaro hamkorlikka umid qilamiz: iltimos, oʻz gʻoyalaringizni izohlar boʻlimida ulashing... Biznikidan yaxshiroq biror narsa oʻylab topgan boʻlsangiz-chi?

Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingida nimalar oʻzgarmoqda

05.12.25
2025 yil 5 dekabrdan boshlab yangilangan elektron tizim biznes faoliyatini soliq intizomi va moliyaviy barqarorlikning 26 ta mezoni boʻyicha baholashni boshladi. Ulardan 5 tasi yangi va 11 tasi takomillashtirilgan. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi. Yoʻriqnoma va tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

2025 yil dekabr oyida necha kun dam olamiz

03.12.25
Oʻzbekistonda 8 dekabr – Konstitutsiya kuni, barcha uchun dam olish kuni. 2025 yilda u dushanbaga toʻgʻri keladi va bu ikki baravar yoqimli! Dekabr oyidagi barcha dam olish va ish kunlarini sarhisob qilamiz:

Nima uchun davlat organlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar soliq toʻlovchilardan soʻraladi

01.12.25
Hududlararo soliq inspeksiyasida (HSI) roʻyxatda turuvchi yirik soliq toʻlovchilarga tashkilotning 2022-2025 yillardagi faoliyati boʻyicha moliyaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlarni taqdim etish boʻyicha soʻrov xatlari kelib tushdi. Bunda soʻralayotgan ma’lumotlar ushbu davr uchun korxonalarning soliq va moliyaviy hisobotlarida mavjud boʻladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi:

2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak

28.11.25
Dekabr oyida ba’zi tashkilotlar noyabr, yil yakuni yoki boshqa davr uchun statistika boʻyicha hisobot berishlari kerak. Nazorat sanalari koʻrsatilgan statistika hisobotlari roʻyxati – buxgalter.uz sharhida:

Tugatish jarayonida xoʻjalik yurituvchi sub’yektga soliq qarzini qanday toʻlash mumkin

26.11.25
Faoliyat yuritmayotgan va tugatish jarayonida boʻlgan korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq qarzini Soliq ilovasi orqali toʻlashlari mumkin (2.0.23-versiya). Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi:

2026 yilda Oʻzbekistonning soliq va bojxona siyosatida nimalar oʻzgaradi

26.11.25
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-2028 yillarga moʻljallangan soliq va bojxona siyosati loyihasini e’lon qildi. 2026 yilda soliq stavkalarining bir qismi oʻzgarishsiz qoladi, bir qismi indeksatsiya qilinadi. Shuningdek, aksiz soligʻi stavkalarida ham oʻzgarishlar yuz beradi va yangi aksiz soligʻi solish ob’yekti paydo boʻladi. Tafsilotlar, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga taqdim etiladigan 16 ta alohida soliq va bojxona imtiyozlari roʻyxati – buxgalter.uz sharhida: