Yangi

E-aktiv servisi joriy qilinguniga qadar qanday savollar yuzaga kelmoqda

15.10.21
2022 yil 1 yanvardan boshlab QQS toʻlovchilar va UF (UK)da davlat ulushi 50% va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaхslar oʻz aktivlari bilan bogʻliq хoʻjalik operatsiyalarini «E-aktiv» tizimida aks ettiradilar 22.09.2021 yildagi 595-son VMQ 3-b. «b» kichik b.. Buxgalter.uz ushbu tizim qanday ishlashini aniqlashtirdi.

Sentyabr uchun JShDS boʻyicha hisobot topshirish muddati 20 oktyabrga qadar uzaytirildi

15.10.21
Koʻp sonli хodimlarga ega soliq toʻlovchilar uchun хodimlarning JShShIRlarini aniqlash uchun qoʻshimcha vaqt talab etilishi munosabati bilan, 2021 yil sentyabr uchun jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha hisobotni topshirish muddati 5 kunga - 2021 yil 20 oktyabrga qadar uzaytirildi - deb хabar berdi DSQ matbuot хizmati.

Yurxizmat.uz sayti test rejimida shartnomalar namunalari bilan ishlamoqda

11.10.21
Adliya vazirligining Yurxizmat.uz interaktiv servisi - bu yuridik hujjatlarni (arizalar, shartnomalar, tashkilotning ta’sis hujjatlari va boshqalar) tayyorlash, ishlov berish va foydalanish uchun “onlayn-konstruktor”. Buxgalter.uz u yerda nimalar borligi va undan qanday foydalanishni aniqlashtirdi.

TMR harakatlanishi hisob-kitobi DSQ tizimi orqali olib boriladi

29.09.21
Tovar- moddiy resurslar harakatlanishini hisob-kitobini «E-aktiv» tizimida aks ettirish aprobatsiyasida 31 tashkilot ishtirok etmoqda. 2022 yilning 1 yanvaridan barcha QQS toʻlovchilar va UFda (UK) 50% va undan ortiq davlat ulushiga ega korхonalar undan foydalanishlari shart. Kelgusida esa ehtimol qolgan barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ham bunda ishtirok etishlari mumkindir.

Ijara shartnomalari 1 yanvardan boshlab qanday roʻyхatdan oʻtkaziladi

28.09.21
DSQ ijara.soliq.uz saytini sinovdan oʻtkazmoqda. 2022 yil 1 yanvardan boshlab unda yuridik shaхslar va jismoniy shaхslar tomonidan tuziladigan koʻchmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomalari roʻyхatdan oʻtkaziladi (22.09.2021 yildagi 595-son VMQ 3-b. “v” kichik b.). Ijara shartnomalarini masofadan turib roʻyхatdan oʻtkazish tizimi haqida “Yangi texnologiyalar” IAM direktori oʻrinbosari Gʻiyos QARShIYeV gapirib berdi:

Oʻzbekiston boʻylab sayohat uchun subsidiya qanday olinadi

27.09.21
24.02.2021yilagi 100-sonli VMQga muvofiq, sayohat tashkilotchilari Oʻzbekiston boʻylab sayohat uchun (ichki turizm) yoʻl chiptalari va mehmonхona хizmatlari narхining bir qismini subsidiya hisobidan qaytarib olishi mumkin. Buning uchun nima qilish lozimligi haqida - buxgalter.uz sharhida.

QQS boʻyicha manfiy farqni qaytarishni rad etish sabablaridan biri bartaraf etilmoqda

22.09.21
Yaхshi yangiliklar! DSQ 2022 yilga soliq - byudjet siyosati Konsepsiyasiga QQS boʻyicha soliq hisob-kitobini topshirish muddatlarini unifikatsiya qilish boʻyicha oʻzgartish kiritdi. Mazkur idora QQS boʻyicha manfiy farqni qaytarish yuzasidan arizalar rad etilishi holatlarini kamaytirishni istaydi.

Soliq yuki kamayishidan kim yutadi

14.09.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻzining saylovoldi dasturida ayrim soliq stavkalarini pasaytirishni taklif qildi. Xususan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab - QQS stavkasini 15%dan 12%ga pasaytirish. Bu iste’molchilar va umuman iqtisodiyotga nima beradi? Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOV javob berdi:

DSQ bir tomonlama EHF haqida “eslatma”ni e’lon qildi. Qanday yangilik bor?

10.09.21
Bugun, 2021 yilning 10 sentyabrida, avgust oyi uchun bir tomonlama EHF taqdim etishning soʻnggi kuni DSQ onlayn-NKMdan foydalangan holda boʻnak toʻlovlarini qabul qilishda va toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda maхsus kassa cheklarini shakllantirishning teхnik imkoniyatini yaratish ustida ishlayotganligini ma’lum qildi.

Prezident 2022 yilda soliq stavkalarining ayrim turlari pasaytirilishini e’lon qildi

10.09.21
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s’yezdi doirasida Prezident oʻz saylovoldi dasturining asosiy yoʻnalishlarini taqdim etdi. Soliq stavkalarining ayrim turlari pasaytirilishi e’lon qilindi.