Yangi
28.02.22
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari buxgalteriya hisobini emas, balki hisobotni shakllantirish qoidalarini belgilaydi. Bu buxgalteriya hisobi tizimi ularda qanday shakllanganligidan qat’i nazar, barcha mamlakatlar uchun ularni universal qiladi. Oqibatda - MHXSda ham majburiy, ham tavsiyaviy Buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi haqida hech narsa aytilmagan. Ular hisobot koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi, korxona qaysi Schyotlar rejasidan foydalanishi esa - bu uning qarori. Asosiysi, pirovardida schyotlardan ma’lumotlar “Moliyaviy holat toʻgʻrisida hisobot” va “Jami daromad toʻgʻrisida hisobot”ning tegishli satrlariga tushishi lozim. Bunday yondashuvning barcha ijobiy jihatlariga qaramay, u muammolar tugʻdiradi, tavsiyaviy tusdagi namunaviy Schyotlar rejasi mavjud boʻlsa, ularni hal qilish oson boʻladi.
Moliya vazirligi MHXSga oʻtgan korxonalar uchun namunaviy Schyotlar rejasining loyihasini tayyorladi. U nima uchun zarurligini buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV tushuntirdi.
24.02.22
Moliyaviy hisobot boʻyicha xalqaro malakaga ega boʻlishni orzu qilasizmi? Birinchi galdayoq DipIFRni topshirishni xohlaysizmi? U holda DipIFR boʻyicha bepul darsga joyni band qilib qoʻying, siz unda: 1) imtihonga qanday tayyorlanish va qanday resurslardan foydalanishni; 2) imtihon qanday oʻtkazilishini; 3) uni topshirishda sizga nimalar kafolatli yordam berishini bilib olasiz.
24.02.22
Moliya vazirligi tomonidan MHXSni qoʻllaydigan tashkilotlarni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun namunaviy schyotlar rejasining dastlabki loyihasi ishlab chiqildi.
23.02.22
21 fevral kuni Prezident tomonidan PQ-137-son qaror imzolandi, unda import avtomobillar uchun bojxona boji stavkalari ikki bosqichda pasaytirilishi nazarda tutiladi.
16.02.22
Moliya vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi Axborot xabari bunday hisobotni topshirish uchun muhim aniqlashtirishlarni oʻz ichiga oladi.
15.02.22
Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlari professional hamjamiyatiga murojaat
11.02.22
DSQ aholiga vositachilik shartnomasi, boʻlib-boʻlib toʻlash (kredit) va oldindan toʻlov (boʻnak) asosida tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qiladigan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda 2022 yil yanvar uchun aylanmadan olinadigan soliq va QQS boʻyicha hisobotlarda avtomatik tarzda aks ettirilgan onlayn-NKM va virtual kassalar ma’lumotlarini olib tashladi. Ushbu aylanmalar hisobotlarda qanday aks ettirildi va endi soliq toʻlovchilar nima qilishlari darkor?
10.02.22
2021 yil oktyabr-dekabrda onlayn-NKM va virtual kassaga shtrix-kodlar va raqamli markirovkani oʻqiydigan va aniqlashni ta’minlovchi qurilmalar xarid qilgan tadbirkorlar PQ-5252-son qarorda nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllashlari mumkin.
04.02.22
DSQ mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisobotlarning elektron shakllariga oʻzgartirishlar kiritdi. Agar ushbu oʻzgartirishlar sizga daxl qilsa, hisob-kitoblarni qayta topshirishga toʻgʻri keladi. Gap nima haqida bormoqda?
03.02.22
Soliq uzilishi koeffitsiyenti, DSQning elektron servislaridagi turli kelishmovchiliklar va ularni bartaraf etuvchi yoʻriqnomaning mavjud emasligi buxgalterlarda tushunmovchiliklar va e’tirozlar uygʻotmoqda. Bunga javoban soliq idorasi tomonidan soliq toʻlovchilarda yuzaga kelgan savollar boʻyicha batafsil tushuntirish e’lon qilindi.
Tushuntirish matni haqiqatan ham qiziqarli va vaziyatni anglash uchun foydalidir. Uni oʻzgartirishlarsiz beryapmiz: