Yangi

DSQ «bolalar» nafaqasiga soliq solish boʻyicha oʻz pozitsiyasini tushuntirib berdi

22.07.20
DSQ buxgalter.uz portaliga yuborilgan quyidagi savollarga javoban 2 yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash nafaqasi summasiga JShDS boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani sharhlab berdi: 1. 2020 yil aprel-iyun oylari uchun ushbu nafaqalarga JShDS solinishi lozimmi? 2. Ushbu davrda nafaqalarga JShDS solingan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilish va toʻlangan summalarni byudjetdan olish mumkinmi? DSQning Soliq solish boʻyicha maslahatlar boshqarmasi boshligʻi Aziz XOShIMOVning ushbu savollarga javobi idoraning Telegram-kanalida e’lon qilingan:

Diqqat vebinar! «Buxgalteriya hisobi amaliyoti» kursining birinchi darsi

21.07.20
23 iyul kuni soat 10:30 da boshlanadigan «Buxgalteriya hisobi amaliyoti» kursining birinchi darsida bepul qatnashishga sizda hanuzgacha vaqt bor.

II chorak uchun moliyaviy hisobotni “ming soʻm”da topshiramiz!

21.07.20
Shu kunlarda buxgalter.uz DSQ tomonidan II chorakdan boshlab moliyaviy hisobotni toʻldirish chogʻida ma’lumotlarni soʻm birligida koʻrsatish talabi bilan bogʻliq qator savollarni qoʻygandi. Qoʻshimcha tushuntirishlar olish uchun biz DSQ axborot xizmatiga murojaat qildik. Natijada idora xabar e’lon qildi, undan ma’lumotlarni baribir “ming soʻm”da koʻrsatish zarurligi kelib chiqadi. Toʻgʻrisini aytganda, mamnunmiz!

"Avtotransport hisobi" vebinari

20.07.20
"Norma kompaniyasi" sizni 21 iyul soat 15:00 “Avtotransport hisobi” nomli ochiq vebinarga taklif qiladi.

Oʻtgan sana bilan yopilgan aksiyadorlar roʻyxati qabul qilinmaydi

17.07.20
Kapital bozorini rivojlantirish Agentligi hamda “Toshkent” RFB aksiyadorlik jamiyatlariga qoʻshimcha aksiyalar chiqarish hamda ularni olish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxatini yopish sanasini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlar boʻyicha axborotni toʻgʻri oshkor etishni tavsiya qiladi. Aks holda aksiyadorlar huquqlari cheklanadi.

DSQ soliqlar boʻyicha hisobotlar topshirish muddatini kechiktirdi

15.07.20
QQS, aylanmadan olinadigan soliq, JShDS, foyda soligʻi, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va dividend soligʻi boʻyicha yaqin kunlarda topshirilishi lozim boʻlgan hisobotlarni endi 2020 yilning 22 iyuliga qadar topshirish mumkin. Bu DSQning my.soliq.uz Elektron soliq xizmatlari portalida sodir boʻlgan texnik muammolar vaziyatida e’lon qilingan xabaridan kelib chiqadi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

«Buxgalteriya hisobi amaliyoti» vebinari

14.07.20
Zamira Djurayeva sizni 23 iyul soat 10:30 – 12:45 da «Buxgalteriya hisobi amaliyoti» vebinariga taklif qiladi.

DSQ “notoʻgʻri” narxlar uchun yangi jarimalar joriy etmaydi

02.07.20
Soliq qoʻmitasining ishontirishicha, QHTBT portalida joylashtirilgan MJTKga tuzatishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi tovarlar narxini hamda koʻrsatilayotgan xizmatlar haqini (naqd pul yoki plastik kartochkalar boʻyicha) toʻlash shakliga qarab ularni sun’iy ravishda oshirganlik yoki pasaytirganlik uchun yangi jarimalarni joriy qilishga olib kelmaydi.

Diqqat! Boshqaruv hisobi boʻyicha bepul mashgʻulot

01.07.20
2 iyul soat 9.00 ga qadar roʻyxatdan oʻting va «Norma» Professional rivojlantirish markazining “Boshqaruv hisobi” kursi boʻyicha birinchi ochiq onlayn-mashgʻulotda ishtirok eting. Siz masofaviy tizim ishini baholashingiz, oʻqituvchi Marina VANINA va uning oʻqitish uslubiyati bilan tanishishingiz mumkin boʻladi. Oʻquv kursi uchun bugun – 1 iyulda toʻlov amalga oshirilgan taqdirda – 290 ming soʻm miqdorida chegirmaga ega boʻlish mumkin.

Soliq toʻlovchilarni ShSBga oʻtkazish munosabati bilan nimalar oʻzgardi

01.07.20
1 iyuldan boshlab Toshkent shahridagi umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilarga Shahar soliq boshqarmasi xizmat koʻrsatadi. 1 oktyabrgacha mintaqalardagi tegishli funksiyalar viloyat soliq boshqarmalari zimmasiga yuklatiladi. Bularning barchasi soliqlarni toʻlash, hisobotlarni topshirishga oid mavjud amaliyotga va soliq organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishni talab etuvchi boshqa ishlarga qanday ta’sir koʻrsatishi haqidagi buxgalter.uz savollariga Toshkent shahar ShSB QQS boʻlimi boshligʻi Zafar VAHOBOV javob berdi: