Yangi
19.11.19
2019 yil noyabr oyi uchun 1-NH shakli “Hisoblangan ish haqi miqdori boʻyicha xodimlar sonining taqsimlanishi toʻgʻrisida hisobot” davlat statistika hisoboti shakliga tuzatishlar kiritildi. Oʻzgartirishlarga 1 sentyabrdan boshlab EKIH oʻrniga MHEKM (634 880 soʻm) kiritilganligi sabab boʻldi.
18.11.19
Prezidentning 14.11.2019 yildagi «2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi.
18.11.19
Soliq toʻlovchi faoliyati amalga oshiriladigan joyda barcha turdagi tekshiruvlarni oʻtkazishda DSXO videotasvirga oladi. Dalillarni qayd etishning bunday usuli muhokama uchun e’lon qilingan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan (ID-10194). Uni batafsil koʻrib chiqamiz.
15.11.19
Joriy yilning noyabr oyidagi soliq kalendarining yaqinlashib kelayotgan «qizil» sanalari haqida hurmatli buxgalterlarimizga eslatib oʻtamiz.
15.11.19
Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi mahalliy korxonalar tomonidan Oʻzbekiston norezidentlaridan olingan foizsiz qarzlarga soliq solish masalasini tushuntirdi.
15.11.19
EHF operatorlaridan biri, «Didox» tizimini taqdim etuvchi «Venkon» kompaniyasi tashkil etgan seminarda elektron hisobvaraq-fakturalarni amalda qoʻllashning muammoli masalalari korxona rahbarlari va buxgalterlari tomonidan muhokama qilindi. Seminarda DSQ, DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAM vakillari, «Norma» MChJ va «Mentalist» oʻquv markazi ekspertlari ishtirok etdilar.
15.11.19
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritish
toʻgʻrisidagi qonun loyihasini muhokama qilish uchun taqdim etdi (ID-10142). Yengil sanoat korxonalari uchun foyda soligʻi, JShDS va mol-mulk soligʻi boʻyicha qoʻshimcha soliq imtiyozlarini joriy etish taklif etilmoqda.
14.11.19
Barter operatsiyalaridan butun dunyoda keng foydalaniladi. Biroq Oʻzbekistonda barter:
1996 yildan boshlab mamlakat doirasida taqiqlangan - eksport va import qilishga ruxsat etilgan, yuqori likvidli tovarlar bundan mustasno.
13.11.19
2020 yilda “Yagona milliy mehnat tizimi” dasturiy kompleksining (YaMMT) joriy etilishi tadbirkorlarni Soliq kodeksi yangi tahririning qabul qilinishi, elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKMga oʻtilishidan kam tashvishga solayotgani yoʻq. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «Mehnat.uz» MChJ dasturiy-kompyuter markazi direktori Alisher ELMURODOV tizimni sinab koʻrish lozim, biroq amaldagi mehnat shartnomalari boʻyicha butun ma’lumotlarni kiritishga shoshilmaslik kerak, deb hisoblaydi.
13.11.19
Davlat soliq qoʻmitasida 13 noyabrdan boshlab kuchga kiradigan foydalanilmayotgan ob’yektlarga soliq solishning yangi tartibining farqini tushuntirishdi. Eslatib oʻtamiz, yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 13.08.2019 yildagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 666-son qaroriga muvofiq joriy etilmoqda.