Yangi

Soliqchilar kimlar uchun roʻyxatdan oʻtkazish bekor qilinishini tushuntirib berishdi

14.10.19
Soliq toʻlovchilar diqqatiga! Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi hollarda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan QQS toʻlovchisi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma BEKOR QILINIShI haqida xabar berdi:

Bosh buxgalterlardan ishdan boʻshashidan bir oy oldin ogohlantirishni talab qiladilar

11.10.19
QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Mehnat kodeksining loyihasiga bosh buxgalter yoki uning vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa xodim bilan mehnat munosabatlarining ayrim jihatlarini tartibga soluvchi moddalar kiritilgan. Ilgari ular bilan mehnat shartnomasi umumiy asoslarda tuzilgan va bekor qilingan.

Oʻzbekistonda soliq tekshiruvlariga nisbatan xavf-xatarga yoʻnaltirilgan yondashuv joriy etiladi

09.10.19
Insofli soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq auditi – bu inson resurslaridan samarasiz foydalanish. Soliq tekshiruviga nisbatan yangicha yondashuvlar haqida Moliya vazirligi vakillari soliq tekshiruvlari sohasida xalqaro amaliyotni qoʻllashga doir amaliy seminar chogʻida soʻzlab berishdi.

Kimlar QQS toʻlovchilar reyestriga kirmaydi va buning oqibati qanday boʻladi

09.10.19
DSQ QQS toʻlovchilarni roʻyxatga olish qoidalariga oʻzgartirish kiritishni rejalashtirmoqda. Bunda maxsus reyestrga barcha xohlovchilar ham kira olishmaydi. Bu Davlat soliq qoʻmitasining QHTBT portalida e’lon qilingan Qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Onlayn-NKM va virtual kassalarni joriy etishni nima qiyinlashtirishi mumkin

09.10.19
QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Vazirlar Mahkamasining qarori qayta ishlanishga muhtoj. Aks holda onlayn-NKM va virtual kassalarni joriy etish nafaqat tadbirkorlar va buxgalterlar uchun, balki DSQning vakolatli tashkilotlari uchun ham bosh ogʻrigʻiga aylanishi mumkin.

DSQ ish haqini yashirish holatlarini qanday aniqlaydi

08.10.19
DSQ xavfni tahlil etish tizimi ish haqini kamaytirish holatlarini aniqlashda qanday yordam berayotganligi haqida soʻzlab berdi.

Elektron mehnat shartnomalari joriy etilishi bilan ish beruvchilarni nimalar kutadi

07.10.19
Oʻzbekistonda Yagona mehnat milliy tizimi ishga tushirilishga tayyorlanmoqda. U ish beruvchilarga kadrlar ishini yuritishning yangi imkoniyatlarini, xodimlarga va davlat organlariga – fuqarolarning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan qulay foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.

DSQ 15% QQSga oʻtishning ayrim masalalariga doir tushuntirish berdi

07.10.19
QQS stavkasining 20 dan 15 foizga pasaytirilishi munosabati bilan Davlat soliq qoʻmitasi tushuntirish xati berdi.

Buxgalter 10 oktyabrga qadar nima qilishi kerak

04.10.19
Hurmatli buxgalterlarga oktyabr oyining yaqinlashib qolgan nazorat sanalari haqida eslatib oʻtamiz.

Markaziy bank import operatsiyalari boʻyicha valyuta konvertatsiyasi bilan bogʻliq cheklovlar toʻgʻrisida munosabat bildirdi.

03.10.19
Tovar va xizmatlar importi uchun moʻljallangan xorijiy valyuta konvertatsiyasini cheklash faqatgina davlat xaridlariga nisbatan amal qiladi va davlat ulushi boʻlgan korxonalarga nisbatan qoʻllaniladi. Boshqa xoʻjalik sub’yektlari tijorat banklarida cheklanmagan miqdorda valyutani sotib olishlari mumkin. Markaziy bank saytida e’lon qilingan izohda shu haqda ma’lumot beriladi.