Yangi
28.11.25
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga korporativ nazoratning ikkita yangi mexanizmi kiritildi:
1) birinchi marta majoritar aksiyador (aksiyalarning yirik paketiga egalik qiluvchi) maqomi belgilandi;
2) boshqaruv organlari uchun fidutsiar majburiyatlar (bir shaxs yoki tashkilotdan boshqa shaxsning eng yaxshi manfaatlarini koʻzlab harakat qilishni talab qiladigan huquqiy majburiyatlar) belgilandi.
AJ toʻgʻrisidagi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida batafsil buxgalter.uz sharhida oʻqing:
28.11.25
Tushunamizki, har kungi «qonunchilik yangiliklari» katta ehtimol bilan buxgalterlarning gʻashiga tegadi. Boshqa tomondan – yangi qoidalar bor va ularga amal qilish kerak...
Siz uchun – 2025 yil dekabr oyi uchun yangiliklarga oid sharhimiz. E’tibor uchun – yaxshi yangiliklar ham bor:
26.11.25
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.
Yangi hujjat tafsilotlari – sharhda:
21.11.25
22 noyabrga qadar QHTBTda Jamoat ahamiyatga ega tashkilotlar toifasiga kiritish mezonlari, ularning moliyaviy hisoboti va auditiga qoʻyiladigan talablar hamda Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bankning fikriga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab qaysi tashkilotlar ushbu toifaga kirishi kerakligini buxgalter.uz sharhida oʻqing:
20.11.25
2025 yil 1 apreldan dori vositalarining narxini shakllantirish va hisobga olish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Prezidentning 28.01.2025 yildagi PF-13-son Farmoni va undan keyin Vazirlar Mahkamasining 21.10.2025 yildagi 662-son qarori farmatsevtika mahsulotlari narxlarini shakllantirishga boʻlgan yondashuvni tubdan oʻzgartirdi. Shu bilan birga, 185-son VMQ va bir vaqtning oʻzida ikkita buxgalteriya hisobi milliy standartlari oʻrtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli muammolar ham yuzaga keldi.
Farmatsevtika mahsulotlarining buxgalteriya va soliq hisobini yuritishning yangi qoidalarini hisobga olgan holda buxgalter e’tiboridan chetda qoldirmaslik uchun soliq maslahatchilari Lola KARIMOVA va Gulnora ERGAShEVA bilan birgalikda quyidagilarni koʻrib chiqamiz:
18.11.25
14.03.2017 yildagi 2868-son Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma endi faqat Oʻzbekiston bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi. Shuningdek, BQDni toʻldirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Tuzatishlar 13 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
18.11.25
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Hujjat 14 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlarni buxgalter.uz sharhida koʻrib chiqamiz:
17.11.25
Biznesni boshlashda davlat xizmatlari va litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish maqsadida bir qator xizmatlar «toʻplami»ni taqdim etish Prezidentning tadbirkorlar bilan V ochiq muloqoti yakunlari boʻyicha navbatdagi Farmonining mavzusi boʻldi.
Hujjat 15 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
13.11.25
Yuridik shaxslarga ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun korporativ kartalar yordamida toʻlovlarni amalga oshirishga, shu jumladan – joylarda toʻlovni amalga oshirishga ruxsat berildi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa ularning faoliyati bilan bogʻliq hisob-kitoblar uchun maxsus «biznes-karta» joriy etilmoqda.
Hujjat 12 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:
13.11.25
Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari (konsullik muassasalari) orqali JShShIRni olgan IT-park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari raqamli identifikatsiyalash vositalari (Face-ID)dan foydalangan holda masofadan turib bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin.
Shuningdek, maxsus soliq rejimini olgan norezident jismoniy shaxslar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va voyaga yetmagan shaxslar uchun bank hisobvaraqlarini ochish shartlari aniqlashtirildi.
Hujjat 12 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: