Yangi
22.09.25
20 sentyabrdan boshlab Oʻzbekistonga olib kiriladigan yoʻlovchi va yuk tashish uchun moʻljallangan yangi gʻildirakli transport vositalarining («M» va «N» toifalari) ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilindi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
19.09.25
2026 yil 1 yanvardan boshlab «E-YER NAZORAT» elektron tizimi ishga tushiriladi – bu yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallash va bunday yerlarda noqonuniy qurilishlarni nazorat qilish va oldini olishning yangi mexanizmi. Mas’ul davlat organi – Kadastr agentligi (Bosh prokuratura va boshqa mas’ul davlat organlari koʻmagida).
Tafsilotlar buxgalter.uz sharhida:
19.09.25
Soliq qoʻmitasi Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Qaror loyihasi 2 oktyabrga qadar QHTBTda muhokama qilinmoqda.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
19.09.25
«Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga tuzatishlar kiritilgan Soliq qoʻmitasining qarori loyihasi 2 oktyabrga qadar QHTBTda muhokama qilinmoqda.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
18.09.25
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi talablar kiritildi. Ular yangi ob’yektlarning kanalizatsiya tarmogʻiga ulanishi, chiqindilar va tashlanmalar tarkibi, shuningdek tozalash inshootlarini oʻrnatish va xizmat koʻrsatish masalalariga taalluqli.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
18.09.25
Texnopark (IT-park) rezidentlari uchun mavjud koʻplab imtiyoz va preferensiyalarga yangilari qoʻshildi. Ular raqamli ma’lumotlar platformasi va «E-contract» tizimi bilan ishlash shartlari, ijara xarajatlarini qoplash va boshqa muhim masalalarga tegishli.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
16.09.25
Prezidentning 15 sentyabrdagi «Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-282-son qarori bilan yangi tizimli islohot boshlanadi.
Hujjat 2025 yil dekabr oyida kuchga kiradi. Asosiy oʻzgarishlar – buxgalter.uz sharhida:
15.09.25
Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom aktuallashtirildi.
Eslatib oʻtamiz: hujjat hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan operatsiyalarni hisobga olishni tartibga soladi, lekin iste’molchilar bilan hisob-kitoblar tartibi va shartnoma shartlari toʻgʻrisidagi normalarni ham oʻz ichiga oladi. Tafsilotlar - buxgalter.uz saytida:
12.09.25
Tadbirkorlik sub’yektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kichik, lekin muhim oʻzgartirish kiritildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz da:
11.09.25
Oʻzbekistonda 2026 yil martgacha aholi va biznes oʻrtasida huquqiy axborotni tarqatishning kompleks tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Qonunchilikdagi oʻzgartirishlar haqidagi axborot soliq.uz va YaIDXPdagi shaxsiy kabinetlar orqali, shuningdek boshqa kanallar orqali tarqatiladi.
Buxgalter.uz batafsilliklarni aniqlashtirdi: