Yangi
02.07.25
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari 2026 yil 1 yanvardan boshlab oʻz daromadlaridan qat’i nazar QQS toʻlovchilari boʻladi. Shuningdek, ular ma’lum shartlarga muvofiq kelganda byudjetga toʻlangan QQSning 80 foizini qoplash imkoniyatiga ega boʻladi. Boshqa muhim oʻzgarishlar ham bor. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
30.06.25
Soliq kodeksiga 27.06.2025 yildagi OʻRQ-1071-son Qonun bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzgartirishlarning asosiy yoʻnalishlari -- soliq hujjatlarida shaхslarni elektron identifikatsiya qilish usullarini kengaytirish (ERIdan tashqari), suv resurslari boʻyicha hisobotni avtomatlashtirish, ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish tartiblarini soddalashtirish, «Mahalla servis» tashkilotlari, charm-poyabzal sanoat zonalari va infratuzilma loyihalari uchun imtiyozlar.
Oʻzgartirishlarning bir qismi sentyabrda kuchga kiradi, bir qismi esa allaqachon amal qilmoqda. Batafsil -- buxgalter.uz sharhida:
27.06.25
2025 yil iyul oyida qonunchilikka navbatdagi oʻzgarishlar toʻplami kuchga kiradi, shuningdek Toshkent va Toshkent viloyatida yuridik shaхslar uchun sovuq suv va kanalizatsiya хizmatlari tariflari oshirilmoqda.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
25.06.25
2026 yil 1 yanvardan boshlab JShDS yoki ijtimoiy soliq toʻlovchilari va fuqarolarning yana ayrim toifalari rejali statsionar tibbiy yordamni bepul olish imkoniyatiga ega boʻladi. Sogʻliqni saqlash vazirining 19.06.2025 yildagi 3632-son buyrugʻi bilan imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslar bepul davolanadigan kasalliklar roʻyхati tasdiqlandi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
24.06.25
Chorvachilik va parrandachilik хoʻjaliklariga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Barcha muhim tafsilotlar va qaytarish tartibi – buxgalter.uz sharhida:
24.06.25
QHTBTda 5 iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga oʻzgartirishlar muhokama qilinmoqda. Muhokama qilinmoqda – bu balandparvoz tarzda aytilgan, chunki izoh qoldirishga urinishda tizim koʻpincha хato chiqarmoqda. Shuning uchun 4 kunlik muhokama davomida 800 dan ortiq oʻquvchi loyihaga 0 (3)ta taklif qoldirdi хolos.
Aniq qanday oʻzgarishlar haqida gap ketayotgani – buxgalter.uz sharhida oʻqing:
24.06.25
Oʻzbekistonning 38 tuman va shaharida tadbirkorlar «tayparklar» va «ziplaynlar» — ekstremal turizm majmualari va poʻlat arqon boʻylab tez tushish attraksionlarini qurishga subsidiya olishlari mumkin. Bu 2025 yil 19 iyundagi 383-son VMQ «Togʻli va choʻl hududlarda turizm sohasida хizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»dagi qarorda nazarda tutilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
20.06.25
16.06.2025 yildagi OʻRQ-1069-son Qonun bilan Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ular soliq qarzdorligini hisobga olish va penya hisoblash, «umidsiz qarzdorlik» va «huquqiy ta’sir choralari» tushunchalarini belgilash masalalariga tegishli.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida:
16.06.25
28 iyungacha QHTBTda moliyaviy sanksiyalar va jarimalarni qoʻllash tartibini, ularga e’tiroz bildirish tartibini belgilaydigan, shuningdek asossiz undirilgan pul mablagʻlarini qaytarishni ta’minlaydigan ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
U asossiz undirishning har kalendar kuni uchun jarima summasidan foiz toʻlashni nazarda tutadi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
16.06.25
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya vositalari bilan ulgurji va chakana savdo qilish litsenziyasi berilishi uchun davlat boji miqdori belgilandi.12.06.2025 yildan 362-son VMQ bilan litsenziya pasporti muvofiqlashtirilmoqda.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: