Yangi
01.08.25
"Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun "Oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha tovarni topshirish muddatini buzish"ga oid yangi 121-modda bilan toʻldirildi.
29.07.25
MHTEKM va BHM oshirilmoqda, oziq-ovqat mahsulotlariga majburiy texnik reglamentlar va standartlar bekor qilinmoqda, ekonazorat inspektorlari tekshiruvni darhol, oldindan roʻyxatdan oʻtkazmasdan, ba’zi qoidabuzarliklar sodir boʻlganda boshlash huquqiga ega boʻldi...
1 avgustdan Oʻzbekistondagi shu va boshqa yangiliklar haqida batafsil – buxgalter.uz sharhida.
28.07.25
Yangi yildan boshlab TEFJMS (transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash) polislari narxi oshadi va sugʻurta qoplamasi koʻpayadi. Sugʻurta bozorida oʻzgarishlar, shuningdek, avtomobil egalarining huquqlarini himoya qilish uchun yangi normalar qabul qilindi.
24.07.25
Prezidentning 17.07.2025 yildagi 225-sonli yangi qarori bilan Moʻgʻulistondan mayda shoxli mollar importini qoʻllab-quvvatlash choralari tasdiqlandi. Tafsilotlar - sharhimizda:
24.07.25
Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik korxonalariga foyda soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlar berildi. Soliq qoʻmitasi ular qanday shartlar bajarilganda qoʻllanilishini eslatib oʻtdi. Batafsil – buxgalter.uz sharhida.
15.07.25
Oliy sud iqtisodiy sudlar tomonidan «Toʻlovga layoqatsizlik toʻgʻrisida»gi Qonun normalarini qoʻllashning 54 ta amaliy masalasiga aniqlik kiritdi.
Xususan, qarzdor korxonaning kreditorlari bankrotlik uchun ovoz bergan boʻlsa ham, sud buni rad etib, sanatsiyani qoʻllashi mumkin. Toʻlovga layoqatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻatishda prokurorning ishtiroki bekor qilindi. Ba’zi hollarda qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani berib, zarur hujjatlarni keyinroq taqdim etish mumkin boʻladi.
Ushbu va sud ishini yuritishning boshqa muhim aniqlashtirilgan qoidalari buxgalter.uz sharhida keltirilgan:
14.07.25
Prezidentning 11.07.2025 yildagi PQ-223-son qarori bilan Savdo-sanoat palatasi huzurida Soliq nizolari boʻyicha ekspert kengashi tashkil etildi. U tadbirkorlar va soliq organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qiladi hamda xulosalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun soliq, bojxona va boshqa tegishli davlat organlariga yuboradi.
Soliq maslahatchisi Irodaxon ABBOSXONOVA yangi tuzilmaning tashkil etilishi haqida fikr bildirdi:
14.07.25
QHTBTda 24 iyulga qadar «Moddiy madaniy meros ob’yektlarini va ularga tutash hududlarni ijaraga berish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi VMQ loyihasi muhokama qilinmoqda (ID 6607). Hujjat tarixiy va madaniy ob’yektlarni biznes maqsadlari uchun uzoq muddatli ijaraga berishni nazarda tutadi.
Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:
10.07.25
Internet tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish masalalarini tartibga soluvchi NHHlar paketi qabul qilindi. Ushbu sohadagi qoidabuzarliklar uchun eng kam ustav fondining 1 foizigacha miqdorda jarima solinadi. Oʻyinchilarning shaxsiy ma’lumotlari maxsus davlat reyestrida jamlanadi. Shuningdek, bozor ishtirokchilari uchun qoʻshimcha talablar belgilandi.
Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:
04.07.25
Oʻzbekistonda nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirish yoʻlga qoʻyilgan yangi choralar joriy qilinmoqda. Xususan, oliy oʻquv yurtlariga boʻlgan litsenziya va moliyaviy talablar yangilanmoqda, barcha oʻquv yurtlari oʻzlarining oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishga majbur boʻladi. Yangi 30.06.2025 yildagi 403-son VMQ 10 oktyabrda kuchga kiradi. Bunda ta’lim tashkilotlarini yaratishning yangi qoidalari 1 iyuldan qoʻllanilishi koʻrsatilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: