Yangi

EIZ ishtirokchilari va xorijliklarni ishga jalb qilayotgan kompaniyalar uchun nimalar oʻzgaradi

30.01.25
EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida onlayn-auksionlar gʻoliblari qayta roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Yangidan roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs qayta roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab 10 kun ichida koʻchmas mulkni ijaraga olish yoki tekin foydalanish shartnomasini tuzishi shart. Bu va boshqa yangiliklar 22.01.2025 yildagi VMQ-30-son qarori bilan nazarda tutilgan. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Farmatsevtika tarmogʻini tartibga solishda narxlarni shakllantirishdan tashqari nimalar oʻzgaryapti

30.01.25
Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar retseptsiz dori vositalari narxlarini davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish va farmatsevtika korxonalarining barqarorlik reytingi asosida eksportni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bu 28.01.2025 yildagi PF-13-son Prezident Farmonida koʻzda tutilgan. Tafsilotlarni norma.uz portali keltiradi. Farmon 2025 yil 29 yanvardan kuchga kirdi:

Oʻzbekistonda 1 fevraldan nimalar oʻzgaradi

28.01.25
IT-park rezidentlari uchun soliqlarga oid oʻzgarishlar, eksportchilar uchun subsidiya va kompensatsiyalarning bekor qilinishi, temir yoʻl chiptalari narxining oshishi va 2025 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi boshqa yangiliklar va oʻzgarishlarni bizning sharhimizda oʻqing: Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

EIZ ishtirokchilari uchun eksportni qoʻllab-quvvatlashning qanday choralari bekor qilinmoqda

22.01.25
18.01.2025 yildagi VMQ-18-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlaridan JST bitimlariga muvofiq eksportni qoʻllab-quvvatlash choralari chiqarib tashlanmoqda.

Korxonalar hisobraqamida 2-kartoteka mavjud boʻlsa ham elektr energiyasi va gaz uchun toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin

20.01.25
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, gaz ta’minoti) uchun toʻlovlari ularning asosiy hisobraqamiga kelib tushgan mablagʻlar doirasida navbatdan tashqari amalga oshiriladi. Bu MB boshqaruvi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan belgilangan. Norma.uz portali batafsil ma’lumot bermoqda:

Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalarida nimalar oʻzgardi

14.01.25
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, hujjatga bojxona va soliq organlari oʻrtasida QQSni oʻzaro hisob-kitob qilish uchun toʻlov kodi qoʻshildi, deklarantning huquqiy maqomi qismida oʻzgarishlar bor, yangi bojxona postlari qoʻshildi va h.k. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.

Oʻzbekistonda 2025 yil uchun oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalari

13.01.25
Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati «Soliq qo'mitasi matbuot kotibi» guruhida Oʻzbekiston boʻyicha 2025 yil uchun oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalarini – hududlar kesimida (Surxondaryo viloyatidan tashqari) e’lon qildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

SK-2025: kam ta’minlangan oilalar va yoshlarga daromadlar boʻyicha imtiyozlar

10.01.25
24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-son Qonun kam ta’minlangan oilalar a’zolari va yoshlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlar taqdim etdi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligining Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV tafsilotlarni ma’lum qildi:

SK-2025: QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllash maqsadida XMI va XHMT mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar roʻyxati belgilandi

10.01.25
24.12.2024 yildagi OʻRQ-1014-sonli Qonun QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllash maqsadida XMI va XHMT mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari roʻyxatini belgiladi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari tafsilotlarini tushuntirib berdi:

SK-2025: yoʻlovchi tashish xizmatlariga QQS soligʻi joriy etiladi

10.01.25
2024 yil 24 dekabrdagi OʻRQ-1014-son qonun yoʻlovchi tashish xizmatlari boʻyicha QQS imtiyozini bekor qildi. Bekor qilish sabablarini buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari tushuntirib berishdi: